Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
17-mavzu: 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Kun shiori: “Yigitlari mard, g’ururli, or-nomusli, bir so’zli yurt - qudratli bo’lur!” Maqsad: O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo’lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
Abad qutlug’ bo’lsin qo’ygan qadaming,
Yo’ling yoritguchi chiroqman, Vatan
Sarhadingda sergak posboning bo’lay,
Bo’stoning yashnatgan bog’boning bo’lay,
Tepangda tip-tiniq osmoning bo’lay,
Menga suyan, senga tirgakman, Vatan.
“Xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo’lmish armiyamiz har jihatdan qudratli, qurol-yarog’ va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo’lmasligi lozim. Albatta, bu juda muhim masala. Lekin armiyaning kuch-qudratini to’la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofisterlarimiz- Vatan va xalq o’z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o’g’lonlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go’zal hayotni o’zi va oilasi, kelajak avlodlar uchun ham beg’ubor va boqiy saqlashga mas’ul ekanini teran his eta olsin ”.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.