Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə22/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
18-mavzu: Kitob ma’rifat chirog’i
Kun shiori: “Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o’rgatuvchi murabbiydir”
“Amir Temur o’gitlari”
Maqsad: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O’quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg’ularini singdirish.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Kitob – inson hayotining ajralmas bir bo’lagi”
O’qituvchi:
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo’qdir. Kitob fasohat, balog’atda, latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg’izlikda va g’amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so’zlarida yolg’on va xato bo’lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malolik yetmaydi. U o’z do’stining dilini og’ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g’iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.Kitobdek do’st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.
Muhammad Jabalrudiy
Mashriqzamin - Hikmat Bo’stonidan.
Topshiriq: “Men yoqtirgan kitob-bu” mashqi. Har bir o’quvchi o’zi yoqtirgan kitoblari haqida suhbat o’tkaziladi va ta’tilda ko’proq kitob o’qish talab etiladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin