Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 13-mavzu: Qomusimiz-baxtimiz (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega” Maqsad: O’quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
D oskada: “Bolalar huquqlari to’g’risida Konventsiya” O’qituvchi:
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo’shilgan.
1994 yil 29 iyundan Konventsiya O’zbekiston Respublikasida kuchga kirgan.
Bolalar huquqlari to’g’risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.
Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o’rinda ekanligi bilan ajralib turadi.
Konvensiyaga ko’ra, bolalarning ulg’ayishida asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo’lini cho’zadi.
Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo’yishi ham mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha belgilab qo’yilgan:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Har yili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.