Tushuntirish xati



Yüklə 6,15 Mb.
səhifə27/42
tarix10.09.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#142482
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
7-sinf Sinf soati

Suyak chiqishi — suyak boʻgʻim uchlarining boʻgʻimdan tashqariga siljishi. Suyak boʻgʻimdan toʻliq yoki qisman chiqadi. Kelib chiqish sabablariga koʻra Sch. travmatik, odatiy, tugʻma va patologik turlarga boʻlinadi.
Travmatik Suyak chiqishi aksariyat hollarda boʻgʻimni tashkil qiluvchi distal suyakka bilvosita qattiq itaruvchi yoki tortuvchi kuch taʼsir etganda va boʻgʻimda keskin harakat qilish oqibatida roʻy beradi. Odam tanasida eng koʻp Sch. (barcha chiqishlarning 50%) yelka boʻgʻimida uchraydi. Deyarli hamma hollarda suyak chiqqanda boʻgʻim kapsulasi yoriladi va atrof toʻqimalarga ichki qon quyiladi. Chiqqan suyak boshchasi atrofdagi yirik qon tomirlari va nerv tolalarini ezib qoʻyishi mumkin.
Tashqi koʻrinishdan Suyak chiqishi jarohatlangan boʻgʻimda kuchli ogʻriq, qoʻl yoki oyoqning majburan noqulay holatda boʻlishi, boʻgʻimda harakatning keskin cheklanishi va oʻziga xos deformatsiyalar bilan tavsiflanadi. Chiqqan suyakni joyiga iloji boricha barvaqt solish kerak, eskirgan Suyak chiqishini bartaraf etish vaqt oʻtishi bilan qiyinlashib boradi. Suyak chiqishini joyiga solish uchun bir qancha usullar tatbiq etilgan. Ulardan baʼzilari (mas, Gippokrat usuli, Ibn Sino usuli) bir necha asrlardan buyon keng qoʻllanib kelinadi.
Travmatik Suyak chiqishida birinchi yordam — qoʻl yoki oyoqni roʻmol bilan bogʻlash yoki taxtakachlash, ogʻriq qoldiruvchi dori berish va travmatologga murojaat etish. Mutaxassis boʻlmagan odamning suyakni joyiga solishga urinishi ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Baʼzan, suyak chiqqan vaqtda boʻgʻim xaltasi va bogʻlamlarining choʻzilib, boʻshashib ketishi oqibatida, shuningdek, Suyak chiqishi yetarli davolanmaganda, arzimagan kuch taʼsirida ham suyak yana qayta chiqib ketaveradi. Bu — odatiy Suyak chiqishidir. Bu xil Suyak chiqishi operativ yoʻl bilan davolanadi.


MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
22-mavzu: Fan, texnika – sirli tilsim (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori: “O`zbekiston- bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar zamini”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishga, matematika, informatika fanlariga bo`lgan qiziqishini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin