Tushuntirish xati


Topshiriq: Yoshlar uchun bugungi kunda qanaqa imkoniyat eshiklari ochildi



Yüklə 6,15 Mb.
səhifə16/42
tarix10.09.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#142482
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
7-sinf Sinf soati

Topshiriq: Yoshlar uchun bugungi kunda qanaqa imkoniyat eshiklari ochildi? “Davra suhbati” o`tkaziladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
11-mavzu: Bayrog’imiz-faxrimiz (18 noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Bayrog’imiz-nomusimiz, orimiz,faxrimiz-g’ururimiz”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarish ularning farzandlik burchi ekanligini uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
F oydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`zbekistonimiz bayrog`i ilohim jahon uzra yuksaklarga ko`tarilaversin!”
O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i, o`z ko`rinishiga ko`ra, butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i tasdiqlanishi munosabati
bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi:
“1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni,
halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur
davlati bayrog`i ham moviy rangda edi; 2) Bayroqdagi oq rang-
Muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot
yoritkichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik,
soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsolidir; 3)Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi;
4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;
5) Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog`liq.Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir;
6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e’tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o`n ikki yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim”.

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin