MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 14-mavzu: O`zbekiston – Sharq mash’ali (10 dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Serquyosh hur o`lkam elga baxt najot” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`zbekiston o`z madhiyasiga ega bo`lgan kun” O`qituvchi:
Bu dunyoda millatlar ko`p, ellar ko`p,
Elatlar ko`p, taqdirlar ko`p, yo`llar ko`p.
Bir yon chaman, bir yon sahro, cho`llar ko`p,
O`zing mening yagonamsan diyorim.
Durlar ichra durdonasan diyorim,
Vatan – aziz, senga ota-onadir,
Dunyodagi hamma narsaning ma’no-mazmuni o`zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan, Vatanning ham timsollari ko`p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy bo`lishi mumkin. Mamlakatimizning davlat ramzlari – bayrog`imiz, gerbimiz va madhiyamiz, shuningdek, respublika Prezidenti, parlamenti, hukumati, Konstitutsiyasi, davlat tili, poytaxt kabi davlatchilik belgilari ham rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati – ozodligi va mustaqilligi, davlat suverenitetini ifoda etadi.
Rasmiy timsollar Vatanning mustaqil davlatchilik an’analari bilan bog`liq. Mustaqil bo`lmagan, ya’ni o`z davlatiga ega bo`lmagan xalqning rasmiy timsollari ham bo`lmaydi.
Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday sharoitda ham o`z yurti manfaatlari uchun kurashishga da’vat etadi.
Vatanimizning davlat ramzlaridan yana biri – O`zbekiston madhiyasidir. Uning matnini O`zbekiston Qahramoni, shoir Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa kompozitor Mutavakkil Burhonov yaratgan.
Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo`lib xizmat qiladi
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butun dunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh etilgan.