Topshiriq: O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidagi “Bag`ri keng o`zbekning o`chmas imoni ” so`ziga kichik hikoya tuzish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 15- mavzu: Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi Kun shiori: Yoshlar o`rtasida jinoyatni olidini olish
Mashg’ulotning maqsadi: ifodali o’qish, qayta so’zlash ko’nikmasini shakllantirish. O’quvchilarda mehnatsevarlik,tejamkorlik fazilatlarini shakllantirish. lug’at boyligini oshirish ,mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish,og’zaki nutqini rivojlantirish.
TK2 -turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.TK3 o‘zini nazorat qilish;og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish. TK4maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish.
I. Tashkiliy qism : a) Salomlashish. Navbatchi axboroti. davomatni aniqlash.
II:Asosiy qism O‘qituvchi: Prezidentimiz raisligida joriy yil 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar hamda ularni hal qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2017-yilning 10 oyi davomida yurtimizda 22 ming nafar yosh jinoyatga qo‘l urgani, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 875, maktab o‘quvchilari tomonidan 310 og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgani qattiq tanqid qilindi.
Xo‘sh, o‘smirlar nega jinoyatga qo‘l urmoqda? Ularning ota-onasi, ta’lim muassasasi, mahallasi bunday holatga nega befarq, loqayd munosabatda bo‘lmoqda?
Farg‘ona viloyatida bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarning darsga muntazam qatnashishi nazoratga olinib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan har bir huquqbuzarlik va jinoyat chuqur tahlil qilinib, mas’ul rahbarlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.