MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 18-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i.
Kun shiori: “Kitob – aql chirog`i” Maqsad: O`quvchilarda kitobga bo`lgan qiziqishini oshirish, Vatani va o`zbek xalqining kelib chiqish tarixiga bo`lgan hurmatni va qiziqishni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Turli xil kitoblar shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi: Dunyoda kitobdan yaxshi do'st va sodiq hamroh yo'q.
Uning sehri-yu betakror olamiga, mo'jizalariga oshno bo'lmagan, undagi qahramonlar bilan sarguzashtlarni birga kechirib, do'st tutinmagan kitobxon bo'lmasa kerak. Bu borada bolalar adabiyotining o'rni beqiyos. O'quvchi-yoshlarda kitobga bo'lgan muhabbatni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ularning adabiyotga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida viloyat axborot-resurs markazida "Ko'kda quyosh ziyosi, qo'lda kitob dunyosi" shiori ostida "Bolalar kitobi" festivali o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakulteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig'i Ziyovuddin Mansurov hamda bir qator taniqli shoirlar, shu bilan birga viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. "Namangan" nashriyoti tomonidan chop etilgan 30 dan ziyod yangi badiiy asarlar, o'quv qo'llanmalari hamda she'riy to'plamlar o'quvchilar hukmiga havola etildi. Tadbirda Namangan shahridagi 71-DIUMning iqtidorli o'quvchilari ham o'zlarining she'r, qo'shiq hamda raqslari bilan qatnashdilar. Ayniqsa, ular tomonidan ijro etilgan "Farmonbibining so'nggi farmoni" nomli sahna ko'rinishi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.