Topshiriq: “SAN” texnologiyasi. (uchlik-samarali, axloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi:
O`quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko`nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko`nikmalarini rivojlantirish.
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
O`qituvchi o`quvchilar auditoriyasini o`tkaziladigan mashg`ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o`quvchilarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi.
Kichik guruhlarda o`quvchilar quyidagi rollarga bo`linadi:
Rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner. Keyin har bir guruh vakili o`qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin: (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabat bilan)
devoriy gazeta (biror bir mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag`ishlangan) eskizini tayyorlash;
bayram (yoki biror-bir tadbir) ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash;
turli tadbirlar (masalan, bayram) ga bag`ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash;
tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;
Biror tadbir o`tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash.
Kichik guruhlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 10 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o`zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar, namoyish etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o`z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida o`quvchilar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o`qituvchining o`zi yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o`quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog`oziga yozib boradi.
Mashg`ulot oxirida o`qituvchi o`quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar bo`yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.