Tushuntirish xati


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə50/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#46035
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
8-sinf Sinf soati

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ayol, ona hammamizga hayot ato etgan zot”

Abdulla Oripov

O`qituvchi:

Bugun O`zbekistonda xotin-qizlarga ehtirom ko`rsatish, ularning huquqlarini muhofaza qilish, salomatliklari uchun qayg`urish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ayollarimiz mohir uy bekasi, jonkuyar ona bo`lishi bilan birga yurtimizdagi ijtimoiy, madaniy va siyosiy jabhalarda erkaklar bilan birdek faol ishtirok etayotirlar.

Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarimiz salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijodiy-aqliy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo`lmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o`z ifodasini topgan. Insonning, shu jumladan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimiz me’yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga hamohangdir.

Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar”, degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo`lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o`z mavqeiga ega bo`lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan birga, ayollik iffatini saqlab, o`z sha’niga dog` tushirmaslikka harakat qilishi lozim. Ularni turli yomonlik, xavf-xatar va illatlardan himoyalash, hurmatini joyiga qo`yib, chiroyli munosabatda bo`lish esa erkaklarning zimmasidadir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga yaxshi munosabatli bo`lishga buyurib, bunday marhamat qiladilar: “Mo`minlarning imon jihatidan komilrog`i xulqi yaxshi bo`lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o`z ahlu ayoliga yaxshi bo`lganlaringizdir”.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin