IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov 3-mavzu: Yurtim jamoli Kun shiori: “Tabiatni asragan odam – o`zini, oilasini va yurtini asragan bo`ladi”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz O`zbekistonimizni asrab-avaylashni, tabiatga bo`lgan mehrimizni yanada rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar, bayromona holat.
Doskada: “ Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi”.
O`qituvchi: Inson tabiatga, o`zini o`rab olgan muhitga nisbatan o`z munosabatini o`zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, organishi va ular asosida hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo`llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo`ladi va shu ofatlardan halok bo`ladi.
Bir necha million yillar davomida bunyod bo`lgan koinotning tabiiy ko`rinishi keyingi 10-15 yil ichida juda og`ir holatga tushdi.
Havo buzildi, ifloslandi. Jumladan, tuproq zaharli moddalar bois “jarohatlandi”, suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va hokazo. Bu holatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qila boshladi.
Inson onadan tug`ilib, dunyoga kelgan chog`idanoq, tabiat ehsonidan bahramand bo`ladi. Ilk bor havodan to`yib nafas oladi. Odamzod o`sib-unishi uchun oziq-ovqat,suv, quyosh harorati juda zarur bo`lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi. Shuning uchun uni “Ona-tabiat” deb atashadi. Odamzodning sog`lom bo`lishi uni o`rab olgan atrof-muhitga, tabiatga bog`liq. Tabiat musaffo bo`lsa, odam ham sog`lom, baquvvat bo`ladi.