Abdulla Oripov O`qituvchi: Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko`plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish. „Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
O`qituvchilik kasbi ana shunday haqiqiy qahramonlikni taqazo etadi. Biz sizni Respublikamizda faoliyat olib borayotgan o`z fanining qahramonlari bilan tanishtiramiz. Shu o’rinda o’quvchilarga bir qancha fidoyi ustozlar haqida so’zlab berish. Ta’lim tizimidagi “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sovrindorlari bizning faxrimiz va g`ururimiz, ulardek bo`lish esa orzuimiz. Ta’lim yulduzlari biz pedagoglarga ibratdir. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan: Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb so’rashganida, alloma kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug` bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida e’tirof etganligi bejiz emas.Zero, Sharq ta’lim tizimining mazkur ilg`or usuli yevropolik tadqiqotchilar tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.
Hamma ustozlarga sog`lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-
“… Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”. Topshiriq: Har bir maktabning faxrli va keksa avlod vakillari bo`ladi, o`quvchilar ularga atab dil izohlarini taqdim etadilar. Bunda o`quvchilarning so`z boyligi va adabiyotga ixlosi kuzatiladi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.