9-MAVZU: Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (Yo‘l harakati qoidalari). Maqsad: Yo` harakati qoidalari
Jihozr:Mavzuga doir turli rasmlar va she’rlar
Kun shiori: Temir yo`l qismida harakatlanish
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
O’qituvchi: Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish.Avtomagistrallarda harakatlanish. Turarjoy dahalarida harakatlanish. Tik nishablik va balandlikda harakatlanish. Tayanch iboralar. Temir yo‘l kesishmalariga kirish to‘xtash taqiqlangan holatlar. Temir yo‘l kesishmasida majburiy to‘xtash. Avtomagistrallarda taqiqlangan holatlar. Turar joy dahalarida taqiqlangan holatlar. Tik nishablik va tik balandlikda harakatlanishdagi talablar.Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi: 1-band. Temir yo‘l kesishmalarida poezd (lokomotiv, drezina) larning imtiyozini;
2-band. Temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashayotgan haydovchiga majburiyat yuklaydi, haydovchi barcha yo‘l belgi va chiziqlariga, svetafor va navbatchi ishoralariga, shlagbaum holatiga, yaqinlashib kelayotgan poezd yo‘qligiga ishonch hosil qilishi shart;
3-band. Temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlangan holatlarni, ya’ni quyidagi xonalarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi: Svetofor ishorasidan qat’iy nazar shlagbaum yopiq bo‘lganda; Shlagbaumdan qat’iy nazar svetaforning taqiqlovchi ishorasida; Navbatchini taqiqlovchi ishorasida. Agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmagan poezd yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa; Kesishmadan keyin hosil bo‘ladigan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga majbur bo‘lsa.