Tushuntirish xati


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə16/36
tarix13.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#84046
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
6-sinf Sinf soati pechatniy variant

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA
Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov
13-mavzu: 8 dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstituitsiyasi qabul qilingan kun
Kun shiori: “Asosiy Qonunim-Konstitutsiyam”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Huquqiy madaniyat- Fuqaroning huquqiy madaniyati;Jamiyat huquqiy madaniyati; Huquqqa hurmat bilan munosabatda bo’lish, o’zgalarning huquqini hurmat qilish; Amaldagi qonunlarni bilish; Huquqiy normalarning talablarga muvofiq harakat qilish
Qonun oldida yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansabi va hokazalardan qat’I nazar davlatning barcha fuqarolariga tatbiq etiladi. Biron-bir fuqaro Konstitutsiya bilan belgilangan burchlardan bo`yin tovlamasligi yoki ozod etilmasligi shart. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish davlat fuqarolarining eng asosiy burchidir. O`zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va ma’naviy merosi butun xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomida yaratildi va har birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishimiz lozim.
Huquqiy madaniyat insonning qonunlarni bilish va ular asosida yashash yo'lida orttirgan bilim va tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko'nikmalari majmui, umumiy huquqiy saviyasidir.
Topshiriq: “Qadam-baqadam” treningi. Bunda o`quvchilar bir-biriga qarama-qarshi so`zlarni topish orqali yaxshi, iliq so`zlar va unga qarama-qarshi bo`lgan sovuq, yomon so`zlar bilan tanishadilar, ularning hayotdagi o`rnini aniqlaydilar.
Misol tariqasida: “Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so`zlarni ayt” mavzusida:
1-qadam-o`quvchilar o`qituvchi tomonidan tarqatma materialda yozilgan so`zlarni diqqat bilan o`qib chiqishlari va har bir so`zning qarshisiga ahamiyati bo`yicha qarama-qarshi bo`lgan so`zlarni yozishlari zarur:
Huquqiy madaniyat-
Huquqiy ong-
Huquqiy ma’rifat-
Huquqiy savodxonlik-
Qonun-
2-qadam-o`quvchilardan har bir so`zga ta’rif berish talab qilinadi.
3-qadam-guruhlarga bo`linib, keltirilgan so`zlar ishtirokida hikoya yoki ertak tuzish tavsiya etiladi.
4-qadam- guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari) yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
5-qadam- guruh ishlari o`zaro baholanadi.
6-qadam-o`qituvchi mashg`ulotni yakunlaydi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin