IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish. MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov 14-mavzu: Milliy iftixor tuyg`usi ( 10 dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam ” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Doimo madhingni kuylaymiz, jonajon Yurtim!” O`qituvchi:
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida tasdiqlangan.
Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo`lib, davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o`tkaziladigan tantanali marosimlar boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlanadi.
Madhiya- “madh” (maqtov) so`zidan kelib chiqqan. Madhiya-gimn o`z mustaqilligiga ega bo`lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir.
Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi so`zini O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov, musiqasini O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.