17-mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatyanni (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Askarlari baquvvat yurt- qudratli bo`lur!” Amir Temur. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yurtimiz posbonlari va zamonaviy jangovar texnika Vatanimiz himoyasiga shay!” O`qituvchi:
“Armiya saflaridagi o’g’lonlarimiz nafaqat jismonan baquvvat, eng zamonaviy harbiy texnika va texnologiya-larning sir-asrorini puxta egallagan bo’lishi, ayni vaqtda yuksak aql-zakovati, intellektual salohiyati, mustahkam irodasi, o’z xalqiga sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlari bilan ham ajralib turishi lozim.”
“Harbiy xizmat jarayonida har bir yosh askar bilan alohida ish olib borishimiz, ularni, avvalo, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi jasur ajdodlarimizning munosib vorislari, ona Vatanimizning haqiqiy himoyachilari etib tarbiyalashimiz darkor”
“Milliy armiyamiz tashkil topgan sanani bayram qilganda, Qurolli Kuchlarimizning tamal toshini qo’ygan insonlarni, mard va fidoyi yurtdoshlarimizni minnatdorlik tuyg’ulari bilan esga olish nafaqat tarixiy, ayni paytda tarbiyaviy nuqtai nazardan ham har tomonlama o’rinli bo’ladi”
“Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz, uning shakllanish tarixi, bugungi hayoti qanday aks ettirilayotgani, bu xususda bolalarimizga qanday darslik va kitoblar orqali qay yo’sinda ma’lumot berilayotgani ham doimiy e’tiborimiz markazida bo’lishi zarur”.
“Biz zamonaviy, professional asosdagi armiyani barpo etishda, avvalambor, millati, tili va dinidan qat’i nazar, shu yurtning suvini ichib, tuzini tatigan, shu zaminda tarbiya topgan, voyaga yetgan vatanparvar fuqarolarimizga tayanamiz”