Tuxum tolqoni. Qaysi xom ashyo ishlatilganiga qarab tuxum tolqoni (tuxum oqi bilan sarig‘ining aralashmasig), shuningdek tuxum oqi va sarig‘i chiqariladi. Tuxum tolqoni olish uchun tuxum massani melanj tayyorlanganidek tayyorlanad'i, lekin tuxum oqini va sarig‘ini plyonkali yoki purkash usulida quritiladi. Tuxum tolqonnning rangi och sariq, butun massa bо‘ylab bir jinsli, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos, begona ta’msiz va hidsiz, konsistensiyasi kukunsimon, dumaloqlarsiz bо‘ladi. Eruvchanligi oliy navida kupi bilan 85% va 1-navida ko’pi bilan 70%. Namligi ko’pi bilan 9%. Namiqqan mog‘orlagan, begona maza va hid aralashgan tuxum tolqon bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Quruq quymoq. Tuxum tolqondan farqi shundaki, bunga pasterizatsiya qilingan sof sut yoki yog‘i olingan sut qо‘shiladi.
Tuxum tolqon 100, 200 g dan briket qilib, faner barabanlarga 50 kg dan, germetik yopiladigan oq tunuka bankalarga esa og‘irligi 10 kg gacha qilib joylashtiriladi. Tuxum melanji—9°S dan yuqori bо‘lmagan haroratda, nisbiy namligi 80—85% bо‘lgan havoda 8 oygacha saqlanadi. /Tuxum tolqon +10°S dan —2°S gacha haroratda, nisbiy namligi 70% dan ortiq bо‘lmagan havoda germetik yopilmagan idishda 8 oygacha, germetik idishda esa 12 oygacha saqlanadi.
Tvorog. Bu oqsilli qatiq mahsulot. Unda tо‘la qimmatli sut oqsillaridan tashqari, yana odam uchun muhim mineral moddalar ham bor. Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog‘sizi), shuningdek о‘rqa va suyak sili kasalliklariga, oshqozon, buyrak xastaliklariga duchor bо‘lganlarga foydali bо‘ladi.
Ishlab chiqarilish usuliga kо‘ra tvorog pasterizatsiya qilingan sutdan olingan kislota-shirdonli tvorog kо‘p kislotali pasterizatsiya qilingan sof yoki yog‘i olingan sutdan olingan kislotali tvorog, pasterizatsiya qilingan sutdan olingan atsidofil-achitqili tvorog bо‘ladi. Pasterizatsiya qilingan sutdan olingan tvorogni bevosita tanovul qilaverish mumkin, pasterizatsiya qilinmagan sutdan esa yarim fabrikatlar ishlab chiqarilib, iste’mol etishdan oldin ularga termik ishlov beriladi.
Kislota-shirdonli tvorog olishda sutni sof sut kislota bakteriyalar solib ivitiladi va shirdon fermenti qо‘shiladi (shirdon fermenti qо‘zilar, buzoqlar me’dasining bir bо‘limidan— shirdonidan olinadi), oqsil moddasi ivigandan keyin zardobi ajratib olinadi. Kislotali tvorog ishlab chiqarilayotganda zar-dob ajralishini tezlatish uchun hosil bо‘lgan quyuqlikni isitib turiladi. Atsidofil-achitqili tvorog faqat saryog‘ qilib chiqariladi, u sal surkaladigan konsistensiyali va achitqi hidi kelib turadigan bо‘ladi.
Tarkibidagi yog‘iga qarab seryog‘ tvorog—18% yog‘i, kam yog‘ tvorog—9% yog‘i bor va yog‘siz tvorog bо‘ladi. Yumshoq parhezbop tvorog yog‘i olingan sutga qaymoq qо‘shib olinadi. Unda yog‘ 11% dan kam bо‘lmaydi. Krestyanskiy tvoroga ham yog‘siz sutga qaymoq qо‘shiladi. Unda yog‘ 5% dan kam bо‘lmaydi. Xonaki pishloq yoki qaymoq aralash donador tvorog tarkibidagi oqsillari, yog‘i, namligi jihatidan kam yog‘ tvorogga yaqin bо‘ladi, lekin tuzilishi donador bо‘ladi. Tarkibida 8% yog‘i, 1% tuzi bо‘ladi.
Tvorogning sifat kо‘rsatkichlari. Seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvorog oliy va 1-navlarga bо‘linadi. Tvorogning boshqa turlari navlarga bо‘linmaydi. Tvorog yumshoq bо‘lishi kerak; konsistensiyasi bir xil bо‘lmasligi mumkin, yog‘siz tvorog esa qumoq, oz-roq dona-dona tvorog bо‘lishi, ozroq zardob ajralib turishi mumkin. Parhezbop tvorog konsistensiyasi salgina surtiladigan mayin, begona ta’msiz va hidsiz bо‘lishi, 1- nav tvorogda sezilar-sezilmas yem-xashak ta’mi, idish mazasi kelib turishiga, salgina achchiqlik bо‘lishiga yо‘l qо‘yiladi. Tvorogning rangi oqsariqroq aralash oq yoki sal sarg‘ish bо‘lishi kerak.
Kislotaliligi quyidagidan iborat (°T hisobida, kupi bi-lan): seryog‘ida—210, kamyog‘ida — 225, yog‘sizida—250, yumshoq parhezbopida—210, krestyanskiyda—200, donadorida—150. Shilimshiqlangan, mog‘orlagan, konsistensiyasi chо‘ziluvchan va kirlangan tvorog sotuvga chiqarilmasligi kerak.
Tvorogni joylashtirish, tamg‘alash saqlash. Tvorog sotuvga tortib sotiladigan va qadoqlangan tarzda chiqariladi. Seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvorog g‘о‘la kо‘rinishida pergamentga, podpergamentga, polimer qoplangan qog‘ozga asosan 250 g dan og‘irlikda, parhezbop donador tvorog esa paketdarga, polimer materiallardan yasalgan stakanchalarga 100, 200, 250 g dan qilib qadoqla-nadi.
Tortib sotiladigan tvorog yog‘och bochkalarga 50 kg gacha, temir flyagalarga 35 kg dan, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanadi. Idishni og‘zigacha tо‘ldiriladi, ustidan pergament yopiladi, qopqog‘ini zichlab yopiladi va tamg‘alanadi, qadoqlangan tvorog yog‘och va polimer yashiklarga yoki karton qutichalarga 12 kg dan qilib joylanadi, yog‘och va polimer yashiklar plombalanib, karton idishlarga esa qog‘oz lenta yopishtirib qо‘yilishi kerak. Sovitilgan tvorog magazinlarda 8°S li haroratda ko’pi bilan 36 soat saqlanadi.
Uzoq vaqt saqlash uchun tvorogni—25°S li haroratda muzlatib, harorat—18°S bо‘lgan joyda: qadoqlangan tvorog—4 oygacha, tortib sotiladigan tvorog—6 oygacha saqlanadi.
Tvorogli mahsulotlar. Bu seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvorogdan olingan oqsilli mahsulotlar bо‘lib, pasterizatsiya qilingan sutdan qand, saryog‘, qaymoq, tuz, shuningdek ta’m beradigan va xushbо‘y moddalar (sukatlar, mayiz, kakao tolqoni, vanilin va h. k.) qо‘shib hosil qilinadi.
Massalarning retsepturasi va ishlov berilishiga qarab ular sirki va massalarga, tortlar, kremlar, pastalarga bо‘linadi.
Sirki va tvorog massalar tvorogni maydalab va ta’m beradigan hamda xushbо‘y tо‘ldirgichlar bilan birga yaxshilab aralashtirib olinadi.
Sirki shirin va shо‘r, yog‘i kо‘paytirilgan (20 dan 40% gacha), seryog‘ (13 dan 17% gacha), qamyog‘ (5 dan 9% gacha) va yog‘siz qilib chiqariladi. Sotuvga quyidagi yog‘i kо‘paytirilgan mahsulotlar chiqariladi: massa va Osobiye sirki, Detskiye sirki, Qoplamali sirki, Slavyanskiye sirki.