1.1. Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot Asosan tovuq tuxumi sotishga chiqariladi. Tuxum muhim ovqat mahsuloti, chunki' uning tarkibida tо‘la qimmatli oqsillar, yog‘lar, mineral moddalar, suv, A , D, YE, V vitaminlari bor. Tovuq tuxumining og‘irligi 45 dan 75 g gacha bо‘ladi.
Tuxum pо‘choqdan (tuxum massasining 12%), oqidan (56%) va sarig‘idan (32%) iborat. Tuxumning pо‘chog‘i g‘ovak, tashqi tomoniga yupqa plyonka qoplangan, uning ichki yuzasida esa pо‘choqosti plyonkasi va oqining plyonkasi orasida havoli bо‘shlig‘i bor, g‘ovaklar orqali tuxum ichkarisiga havo, mikroorganizmlar kira oladi.
Tuxum oqi tarkibida suv, oqsil moddalar, yog‘lar, uglevodlar va mineral moddalar bor. U uch qismdan iborat: tashqi va ichki qismlar — eng suyuq, о‘rta qism — quyuqroq va mag‘izcha — eng‘ quyuq qismi. Shu mag‘izcha borligi sababli tuxum sarig‘i tuxumning о‘rtasida turadi. Tuxum sarig‘ining‘ rangi sariq, ustida yupqa qobi-g‘i bо‘ladi. Uning yuzasida kichkina pusht (zarodish) bо‘ladi. Tuxum sarig‘i tarkibida suv 48,5%, oqsillar 16%, yog‘lar 32%, uglevodlar 1%, mineral moddalar, fermentlar, bо‘yoq moddalar bor. Tuxum sarig‘i uning eng qimmatli qismi hisoblanadi. Oqsillar bilan yog‘larni kishi organizmi oson hazm qiladi. Tuxum sarig‘i ichaklar ishini yaxshilaydi.
Saqlash usuli va muddati, sifati va massasi qandayligiga qarab tovuq tuxumi parhezbop va xо‘raki bо‘ladi.
Massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan tashqari 7 sutkadan kechikmay sotishga chiqarilgan, minusli temperaturada yoki ohak eritmasida saqlanmagan tuxum parhezbop deyiladi. Har bir parhezbop tuxumning pо‘chog‘ida xо‘jalikning yoki korxonaning nomi, tuxum qilingan oy, kun, tuxumning turi va katego-riyasi (D Dg) kо‘rsatilgan shtamp bosilgan bо‘ladi. Massasi 43 g (saqlangan muddatidan qat’i nazar), shuningdek massasi 44 g va undan ortiq bо‘lsa ham qо‘yilganidan keyin 7 sutka о‘tib bо‘lgan tuxum xо‘raki deyiladi. Bular yangi qо‘yilgan, muzxonada turgan va ohaklangan tuxumlarga bо‘linadi.
Yangi qо‘yilgan xо‘raki tuxum — bu qо‘yilgan kunidan beri— 1°S dan—2°S gacha kupi bilan 30 sutka saqlangan tuxum.
Muzxonada turgan tuxum — bu qо‘yilgan kunidan boshlab — GS dan — 2°S gacha 30 sutkadan ortiq saqlangan tuxum.
Ohaklangan tuxum — bu ohak eritmada saqlangan tuxum.