Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


III BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə25/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

III BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
III bob yuzasidan quyidagi xuloslarga keldik: 
Adib asarlarida epik rivoya rang-barang ekanligi bilan xarakterlanadi. Unda
roviy, muallif, personaj bayonlari turlanib turadiki, bu asarga polifoniklik 
bag„ishlaydi. Muallifning roviyi xolis bayonchi maqomida turib, voqelikni
kuzatuvchi sifatida haqqoniy bayon qilish barobarida barobarida qahramonlar 
dardini o„z qalbidan o„tkazib, asar davomida ular bilan birga “yashaydi” ham.
Natijada kitobxon ham ana shu asarning muhim bir qismiga aylanadi.
Ulug„bek Hamdam roman janri imkoniyatlarini teran anglagan holda, uning
janriy qonuniyatlari doirasida 3 ta roman yaratish barobarida, o„zbek adabiyoti 
uchun butunlay yangi hodisa - mini roman yaratish yo„lida tajriba qilib ko„rdi.
Natijada, avvalo, o„zbek adabiyotida yangi atama - mini roman va uning
namunasi paydo bo„ldi. Bu bilan adib romanning kanonik talablarida belgilangan
shakl borasidagi qarashlar eskirganligiga uzil-kesil nuqta qo„ydi. 8 sahifadan
iborat asar romanda epik voqelik, romanga xos yuk muhim ekanligini isbotladi.
Bu bilan nafaqat she‟riyat, balki nasr ham qisqalik sari intilayotganligini namoyon 
eta oldi.
Ulug„bek Hamdam asarlari tili o„ziga xos. Unda nasr bilan lirizmning 
uyg„unligini kuzatish mumkin. Obrazlar asliyatini yoritishda murojaat
shakllaridan, ritorik so„roq va so„roq gaplardan unumli foydalanadiki, bu bevosita 
kitobxonga ham qaratilgan fikrlardek taassurot uyg„otadi.
Yozuvchi asarlarida majoz, majoziylik keng o„rin egallaydi. Shevaga xos 
so„zlar, varvarizmlar nafaqat xarakter dunyoqarashi, balki muhitning ayricha
jihatini tavsiflashda ham qo„l kelgan. 



72


XULOSA

Ulug„bek Hamdam ko„p asrlik tarixga ega o„zbek adabiyoti rivojiga o„zining 


salmoqli hissasini qo„shib borayotgan mahoratli yozuvchidir. U hikoyanavis,
romannavis sifatida adabiyot xazinasini yetuk asarlar bilan boyita oldi.
Ulug„bek Hamdam ijodida milliylikdan umuminsoniylik sari o„sib chiqqan
asarlar borki, ular chet el adabiyotida ham munosib baholandi. Yozuvchi adabiy 
an‟analarning munosib voris sifatida davom ettirish barobarida shaklan ham
mazmunan yangilanishlar yo„lida urinishlarni amalga oshirdiki, adabiy 
tanqidchilikning munosabatiga tayangan holda ularni muvaffaqiyatli chiqdi, deya
ayta olamiz. Ilmiy tadqiqotimizda adib ijodini an‟anaviylik va novatorlik 
tamoyillari asosida tadqiq etib quyidagi umumlashtiruvchi xulosalarga keldik:
1.

Adabiyot taraqqiyotida adabiy an‟ana va novatorlik masalasi ko„p


asrlik tarixga ega dolzarb masaladir hamda bu boradagi tadqiqotlar ijodkor uslubi, 
davr adabiyoti tavsifida juda muhim.
2.

Ulug„bek Hamdam o„zbek adabiyotida bayon uslubi, obraz yaratish


mahorati, asar kompozitsiyasi va asar poetikasi yuzasidan adabiy an‟analarni 
munosib davom ettirdi. Shitob bilan yangilanib borayotgan adabiyotda
an‟anaviylik asosida ham barcha adabiyot ahlini befarq qoldirmaydigan asar 
yaratish mumkinligini qator hikoyalari va “Muvozanat” romani misolida isbotladi.
3.

Yozuvchi ijodida mavzular ko„lami u qadar keng bo„lmasa-da, yangi,


dolzarb muammolarning ko„tarib chiqilishi va chuqur falsafiy mushohada asosida 
talqin etilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
4.

Ulug„bek Hamdam o„zbek hikoyanavisligi an‟analarini davom


ettirgani holda, shakl masalasining kengligi, obrazlar tanlovi, modernistik 
talqinlarga murojaat jihatidan yangilanishlar kashf etdi. Ayniqsa, yozuvchining
tush hikoyalari bayon uslubi, kutilmagan yechim bilan yakun topishi, katarsis 
hodisasining millat va yosh jihatidan qat‟iy nazar chuqur anglanishi kabilar bilan
yangilik kasb etadi. Mazkur hikoyalarda mifologik, diniy, falsafiy qarashlar
uyg„unlashib ketgan.




73


5.
Ulug„bek Hamdam “Muvozanat” romani bilan XX asr o„zbek 
adabiyotida an‟anaviylik bilan ham yangi badiiy-estetik tafakkurni ifodalash
mumkinligini to„la isbotladi. Ayniqsa, asardagi Amir obrazi o„zbek adabiyotiga 
butunlay yangi timsol bo„lib kirib keldi. Uning vositasida insonni kashf etishda
adabiyotning ochilmagan qirralari, muammolari borligi ayon bo„ldi.
6.
Yozuvchining “Isyon va itoat” romani novatorona izlanishlar 

samarasidir. Unda modernizmga xos bayon uslublarini ham, asar syujetining xos


qurilishini ham, asar tilidagi ayrichalikni ham kuzatish mumkin. Eng asosiysi, 
insonni anglash yo„lidan, o„zlikni anglash sari boriladigan talqinlar adabiyot uchun
yangi topilmadir. Shuningdek, adibning “Sabo va Samandar” romanida ham 
bunday yangicha yondashuvlar salmoqli o„rin tutadi.
7.

Ulug„bek Hamdam yaratgan obrazlar bugungi kunning kishilari


bo„lib, ulardagi ko„ngil tovlanishlari, xarakterlardagi nozik qirralarini berilganligi 
diqqatga sazavordir.
8.

Ulug„bek Hamdamning romanlari alohida mavqeda turishi, ulardagi


mavzu va g„oya uyg„unligi, o„ziga xos uslub va mahorati, obrazlarning yangicha 
talqinda berilishi, xarakterlarning hayotiyligi bilan ajralib turadi.
9.

Adibning romanlarida muvozanat tushunchasi keng va ta‟sirli


ifodalanadi. Jumladan, har narsada me‟yor bo„lganidek, botiniy va zohiriy 
muvozanat, moddiy va ma‟naviy muvozanat kabi. Muallif olamda muvozanat bilan
muvozanatsizlik o„zaro almashinib turishi qonuniyat maqomidagi hodisa, shunga 
qaramay, inson dunyoning mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirishga intilib
yashashi zarur, bu insonlik vazifa, inson hayotining mazmuni ekanligini aks 
ettirgan. Asardan shunday xulosaga kelish mumkinki, butun olam muvozanat
qonuni asosida turgan bo„lsa, jamiyat ham, uning asosini tashkil qilgan insonlar 
ham ayni muvozanat tufayli barqarordir. Muvozanat buzilgan zahoti hayotda,
demak, uning a‟zolari orasida har xil kutilmagan o„zgarishlar, hatto izdan 
chiqishlar boshlanadi.
10.

Obraz yaratishda adib ramziylikka keng o„rin ajratadi. Jumladan,


qahramonlarning ismlari ham bunga misol bo„la oladi. 



74


11.
Romanlardagi voqelik “obrazlar tili” bilan yaratiladi. Qahramonlar 
hayot yo„lining birligi romanlarda aks etgan voqelikning qay darajada
dolzarbligini ko„rsatadi; 
12.
Asarlarda tasavvuf ta‟limotidagi “komil inson” ni emas, aksincha, real 

hayotda yashab kelayotgan, his-tuyg„ulari, dunyoqarashi, ma‟naviy-ruhiy


olamining o„ziga xos tomonlari mavjud bo„lgan obrazni yaratish maqsad qilib 
qo„yilgan.
13.

“Isyon va itoat” romani insoniyat hayotini uning ichki olamini,


mohiyatini chuqur tadqiq etadigan asar. Unda odam bolasi o„z qismatida 
peshonasiga yozilgan taqdirini agar o„zi xohlasa yaxshi tomonga bura olishi,
ichidagi, o„z yuragidagi isyonni jimgina ko„tarib yurmaslik, bunday holatda odam 
bolasiga kun yo„qligi, halovat yo„qligi asar mazmunida anglashiladi.
14.

Ulug„bek Hamdam roman janri imkoniyatlarini teran anglagan holda,


uning janriy qonuniyatlari doirasida 3 ta roman yaratish barobarida, o„zbek 
adabiyoti uchun butunlay yangi hodisa – mini roman yaratish yo„lida tajriba qilib
ko„rdi. Natijada avvalo, o„zbek adabiyotida yangi atama – mini roman va uning 
namunasi paydo bo„ldi. Bu bilan adib romanning kanonik talablarida belgilangan
shakl borasidagi qarashlar eskirganligiga uzil-kesil nuqta qo„ydi. 8 sahifadan 
iborat asar romanda epik voqelik, romanga xos yuk muhim ekanligini isbotladi.
Bu bilan nafaqat she‟riyat, balki nasr ham qisqalik sari intilayotganligini namoyon 
eta oldi.
15.

Adib asarlarida epik rivoya rang-barang ekanligi bilan xarakterlanadi.


Unda roviy, muallif, personaj bayonlari turlanib turadiki, bu asarga polifoniklik 
bag„ishlaydi.
16.

Ulug„bek Hamdam asarlari tili o„ziga xos. Unda nasr bilan lirizmning


uyg„unligini kuzatish mumkin. Obrazlar asliyatini yoritishda murojaat 
shakllaridan, ritorik so„roq va so„roq gaplardan unumli foydalanadiki, bu bevosita
kitobxonga ham qaratilgan fikrlardek taassurot uyg„otadi.



75


17.
Yozuvchi asarlarida majoz, majoziylik keng o„rin egallaydi.
Shevaga xos so„zlar, varvarizmlar nafaqat xarakter dunyoqarashi, balki muhitning
ayricha jihatini tavsiflashda ham qo„l kelgan. 
Xulosa o„rnida aytish mumkinki, Ulug„bek Hamdam ijodi XX asr o„zbek
adabiyotida ijodiy izlanishlarga boyligi jihatidan salmoqli o„rin tutadi. Uning 
ijodidagi shakliy va mazmuniy yangilanishlar o„zbek nasrining imkoniyatlari
kengligini isbotladi va uni yana bir pog„ona yuqori ko„tara oldi.



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin