Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


boshiga ko„targancha na‟ra tortayotgan sher misol



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə24/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

boshiga ko„targancha na‟ra tortayotgan sher misol ovoz chiqarardi”. Bu yerda
o„z jigargo„shasi, nuridiydasi bo„lgan farzandidan judo bo„lgan otaning dahshat 
to„la nidolari keltirib o„tilgan. Yusufning bu ayriliqqa bardosh berolmasligini,
ayniqsa, o„g‟li hali go„dak ekani, dunyoga to„ymay ketgani, yosh to„la 
ko„zchalarini dadasini bir bor ko„rib qolish ilinjida yuma olmay uni kutgani uning
ich-ichidan g‟azab to„la alam bilan shunday otilib chiqadiki, uning ovozi butun 
kasalxonani qoplaydi. Yusufning qiyofasini yaralangan sherga o„xshatadi. Sher
qachon na‟ra tortadi? U bir xavf –hatar tug‟ilsa, uni sezsa bor ovozi bilan o„kiradi. 
“yaralangan sher” ifodasida Yusufning yarasi-ayriliq, farzandidan judolik. U aybni
kimdan qidirishni, alamni kimdan olishni bilmaydi.Shuning uchun ham bor ovozi 
bilan atrofni qoplagudek baqiradi. Go„yo shu bilan ichidagi dardi chiqib
ketadigandek.


Shunda ko„zlari xuddi sichqonni ko„rib qolgan mushuknikidek chaqnab 

ketdi. Amir shifoxonada yotganda u yerda qorin to„yg‟izish birinchi tashvish edi.
Har kim o„z haqini birovga oldirishdan qo„rqardi. Bu yerda keltirilgan ibora esa 
Amirga nisbatan qo„llanilgan. Aldovga ishonib, ovqatini yeb qo„ygan sherigini
do„pposlagani uchun alohida joyga ajratilib qo„yiladi. Shunda qor ustida zo„rg‟a 
uchayotgan musichani ko„rib qoladi-yu, unga mushukdek tashlanadi. Ko„zlari
qinidan chiqqudek porlab, ochlik azobidan, yupun kiyimdaligiga ham qaramay, 
qo„llari qaltirab musichaga chang soladi.
Oilani ola xurjun deganlaricha bor ekan, mening adl qaddim, alp 

qomatim bir zumdayoq dol bo„ldi. Xalqimizda azaldan oilani “ola xurjun” deb
atash mavjud. Ola xurjunga o„xshatilish sababi ro„zg‟orda hamisha biror kamchilik 
bo„lib kelgan. Hech qachon bus-butun oila bo„lmaydi. Doim biror nima kam
bo„laveradi. “Ola”so„zi kamchilik, teshik degan ma‟nolarga yaqinlashtirilgan. Adl 
qad, alp qomat, dol iboralari ramziy ma‟noda qo„llangan. Adl, alp so„zlari tik dadil




69


turish, sog‟lomlik belgisi. Dol esa arab alifbosidagi boshi va tanasi egilgan
holatdagi harf. Personaj o„zini dolga o„xshatishi bu uning turmush sharoiti 
og‟irligi, uning kam-ko„stlarini to„lg‟izish uchun qaddi dol singari egilib ketgani,
turmush tashvishlari uni shu holga solganini aytmoqchi.

-Buni shunday izohlash mumkin: tasavvur qilki, musicha bu-men, uni qiynab 



patlarini yulayotgan, uchishdan va hatto hayotdan mahrum etayotgan odamlar bu- 

Xudoning taqdiri. Chunki, bilamizki, hamma narsa Yaratgandan”. Ma‟lumki,
tabiatan kichkina, uning harakatlarida qandaydir ma‟yuslik sezilib turadi. Go„yo 
boshqa qushlar unga jabr yetkazganday. Bu parchada Amir o„zini patlari yulingan
musichaga o„xshatadi. Uning nazarida bu patlar atrofidagi odamlarning unga 
nisbatan ko„rsatayotgan zug‟umlari. Hayot shunchalik shafqatsizki, hech kim
uning dardini tushunmadi. Balki, undan battarroq ahvolga tushib qolishiga 
sababchi bo„ldilar. Bu ham bo„lsa taqdirning unga ko„rsatgan shafqatsiz in‟omi.

Kechga tomon ular o„yin-kulgi va qiy-chuvlar ostida qishloqqa qaytishdi. 



Traktor aravasining ichi qizg‟aldoq bilan to„lgan, uzoqdan qaralganda 

bolalarninggina emas, balki o„tirib olgan kattalarning ham boshlari go„yo 

dengizdagi kemalardek ko„rinardi. Qizg‟aldoq dengizidan shodon qiyqiriqlar, 

kulgilar baland adirliklar bo„ylab olis-olislarga taralardi. Faqat yusufninggina 

ko„zlari yana qad rostlagan Ulug‟toqqa qadalgandi. Yusufning nazarida 

uzoqlashgan sayin tog‟ yaqinlashib kelardi. Go„yo Ulug‟tog‟ ularni ta‟qib 

etayotgandek edi…” Yusufning bolalik paytida qarindosh-urug‟, yaqin qo„shnilar
yig‟ilishib, qizg‟aldoq sayliga borish odat edi. Yozuvchi bu o„rinda o„xshatishdan 
juda mahorat bilan foydalangan. “O„tirib olgan kattalarning boshlari go„yo
dengizdagi kemalardek ko„rinardi” gapida qizg‟aldoqlar xuddi dengizdek keng 
maydonni egallagani, mayin shabadada tebranishlari dengizning to„lqinlanishiga
o„xshatilgan. Odamlar qizg‟aldoqlar orasida o„tirganda ularning faqat bosh qismi 
ko„ringan. Aynan kemaga o„xshatilishi ajoyib topilma. Dengizda kema qorayib
ko„rinadi. 
“Amir esa xotinidan uch qadamcha narida hamon o„sha alfozda o„tirar va
mayin ohangda qiroat qilar, faqat bir bahya oldin ko„zlariga to„lib turgan yosh endi 



70


yuzlaridan shashqator oqib tushar edi. Erining bu holi Gulshodaga ta‟sir qilmay
qolmadi. U xuddi shu ta‟sirga berilib, g‟azabini yutib yuborishdan saqlanish uchun 
ham ko„zlarini yumib oldi. Shunda bir-biriga urilgan kipriklar orasidan ikki tomchi
yosh gunohkorning jodida kesilgan boshidek dumalab ketdi“. 
Ulug„bek Hamdam asarlari tili o„ziga xos. Unda nasr bilan lirizmning
uyg„unligini kuzatish mumkin. Obrazlar asliyatini yoritishda murojaat 
shakllaridan, ritorik so„roq va so„roq gaplardan unumli foydalanadiki, bu bevosita
kitobxonga ham qaratilgan fikrlardek taassurot uyg„otadi.
Yozuvchi asarlarida majoz, majoziylik keng o„rin egallaydi. Shevaga xos
so„zlar, varvarizmlar nafaqat xarakter dunyoqarashi, balki muhitning ayricha 
jihatini tavsiflashda ham qo„l kelgan.




71



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin