Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 46 mavzu



Yüklə 3,93 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#168255
Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 7 - sinf

Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

7-sinf Kimyo darsligi asosida 46 - mavzu

Reja:

Tuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH+4) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalarga aytiladi.


Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksidining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.

Tuzlarda metall atomlari kislota qoldiqlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘ hosil qilgan holda birikadi.

Tuzlar o‘rta, asosli, nordon tuzlarga bo‘linadi va ular shunga monand ravishda nomlanadi.


O‘rta tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.

Nordon tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuznomi o‘rtasiga «gidro» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidro+ +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.


Asosli tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomio‘rtasiga «gidrokso» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidrokso+ +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.

Tuzlar kislotalar va asoslar qoldiqlaridan (metall atomi yoki ammoniy + NH 4 va b.) tuzilgan deb hisoblash mumkin.


Tuzlarning formulalarini tuzishda quyidagi qoidani yodda tutish lozim:

Asos qoldig‘i (metall atomi yoki ammoniy NH 4 va b.) indeksidagi sonning uning valentligiga ko‘paytmasi kislota qoldig‘i indeksidagi sonning shu qoldiqning valentligiga ko‘paytmasiga teng.

Tuzlarning toifalanishi


Tuzlar
O‘rta tuzlar: KNO3, Na2SO4, CaCO3
Nordon tuzlar: NaHSO4, Ca(HCO3)2
Asosli tuzlar: (CuOH)2CO3, CaOHCl
Tuz kristallari
Tuzning suvdagi aralashmasi

Tuzlar orasida ikki tuzning birgalikda uchrab turish holati ham ma’lum bo‘lib, bunday tuzlarni qo‘sh tuz deb ataladi va kimyoviy formulalari qo‘shib yozilishi ham, alohida yozilishi ham mumkin: masalan, kaliy-aluminiy sulfat (achchiqtosh) KAl(SO4)2 yoki K2SO4 · Al2(SO4)3.


NaCl

Tuzlar – kristall tuzilishdagi qattiq, turli rangdagi moddalar bo‘lib, suvda har xil erish qobiliyatiga ega. Tuzlar tarkibida kristallizatsion suv tutishi mumkin.


Fizik xossalari.

Kimyoviy xossalari. Tuzlar kimyoviy jihatdan faol moddalar bo‘lib, ko‘plab o‘zgarishlarga uchraydi.

Tuzlar metallar bilan ta’sirlashadi: yangi tuz va metall hosil bo‘ladi. Metallarning faollik qatorida turgan har bir metall o‘zidan o‘ng tarafda turgan metallni tuzidan siqib chiqaradi.

Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5% turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi.

Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaCl·KCl) Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi. Fosforit (Ca3(PO4)2) Markaziy Qizilqum, Qoraqat, Shimoliy Jetitov konlaridan olinadi


Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin