Tuzuvchi: Ne’matov Rustam Abduvaid o’g’li, o’qituvchi Fan/modul



Yüklə 40,53 Kb.
səhifə2/5
tarix29.01.2023
ölçüsü40,53 Kb.
#81606
1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QITUVCHI SILLABUSI

Baholashmezonlari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 9- avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligidan 2018-yil 26- sentabrdagi 3069-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘gʼrisidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi. Baholash ON, YaN dan iborat.
A. Baholash
1) Oraliq nazorat – 40 %, o‘z ichiga:
− Seminarlarda faol ishtiroki – 5%;
− O‘quv-mashg‘ulot (topshiriqlarni bajarishi) – 5%;
– Case study imtihoni (yakka yoki guruhda ishlash, taqdimot, tahliliy maqola) –30%;
2) yakuniy nazorat (test asosida javob berish) – 60%.
B. Baholash




Baholash
usullari

Og‘zaki so‘rov, taqdimotlar, yozma topshiriqlar







Fan bo‘yicha talabalar


bilimini nazorat qilish va baholash

Nazorat shakllari
Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, og‘zaki savol- javob, yozma ish, taqdimotlar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin.
Mustaqil fikrlash va tanqidiy mulohazani o‘zida ifodalagan mukammal ish bajarilishi ko‘zda tutiladi. Qo‘yilgan masalalar talaba tomonidan tegishli metodologiya, uslub va ma’lumot manbalaridan foydalangan holda, ishonchli dalillar asosida ochib berilishiga qaratiladi. Mulohazalarni yеtarli darajada rivojlantirish, analitik fikr yuritishga o‘rgatiladi.




5 (A)

100-86


Ish yеtarli darajada mustaqil va tanqidiy fikr-mulohazalarni, analiz va sintez qilish qobiliyatini, mantiqiy izchillikni, qator manbalardan foydalanilib keng mushohada yuritishni hamda mavzuni mukammal tushunishni namoyon etadi. Shuningdek, ish juda yaxshi tadqiq qilinib, javobda asosli mulohazalar bildirilgan bo‘ladi. Ushbu ish original va talqin mohirona olib borilganligi, tadqiqot tanqidiy tahlil va tanqidiy baholash orqali zarur tadqiqot metodologiyasi, uslublari va manbalaridan foydalanilgan holda yondashilganligi bilan ajralib turadi. Ish yuqori ta’lim standartlari asosida yozilgan bo‘lib, biroz tahrir qilish orqali mukammal
darajaga еtkazilishi mumkin.




4 (B)

85-71


Ish mavzuning aniq anglanganligi va tadqiqot sohasidagi munozaralarda tanqidiy ishtirok etish imkoniyatini ifoda etib, malakali va metodologik xususiyatga ega. Tadqiqot masalalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan va javob berilgan. Asosiy mulohazalar aniq, misollar hamda asoslar o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “A” darajadagi ishlarga qaraganda pastroq sifatda va unchalik original emas. Ishda fikrlar yaxshi tartibda keltirilgan, bayon aniq hamda mantiqan izchil, kirish va xulosa qismlari ravon ifodalangan. Manbalardan yuqori darajadagi ishlardek tizimli yondashilmagan bo‘lsa-da, o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “A” darajadagi ishlar kabi izchil bo‘lmasa-da, tahliliy qobiliyatni namoyon etadi. Ushbu ish yaxshi
ta’lim standartlarini o‘zida ifodalagan holda jiddiy grammatik va sintaktik xatolardan holi ravishda yozilgan.







3 (C)
70-56

Ishda ishonchli talqin va asoslar keltirishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Savolga qisman javob berilgan. Ish asosan bayoniy tarzda (tahlildan holi) ifodalangan. Mantiqiy bog‘lash еtarli darajada emas. Ba’zi xulosalar xato keltirilgan. Ushbu darajadagi ishlar muammo mavzusini bazaviy anglashni va bilimni qo‘llash bo‘yicha ma'lum ko‘nikmalarni namoyon etadi. Manbalar ko‘rsatilmagan yoki to‘g‘ri ko‘rsatilmagan yoxud еtarli darajada ko‘rsatilmagan. Ushbu ish qoniqarli
talablar asosida, biroq bir qancha grammatik va sintaktik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda yozilgan.







2 (D)
55-49

Talabga javob bermaydi (nazoratdan o‘tmagan).
Ishning katta qismida mavzudan chetga chiqilgan, markaziy fikr mavjud emas, manbalar va havolalardan noizchil yoki еtarli darajada foydalanilmagan hamda grammatik va sintaktik xatolarga takror-takror yo‘l qo‘yilgan. Mulohazalarni bazo‘r fahmlash mumkin, juda yomon tartib berilgan, fikrlarni anglab olish mushkul yoki anglashning imkoni yo‘q. Ish mavjud g‘oyalarni tanqidiy fikrlashsiz takrorlaydi. Ish ko‘plab isbotlanmagan qarashlar va bayonotlarni o‘z ichiga olib, dalillar keltirilmagan yoki asossiz va cheklangan.




0 (F)

Plagiat. Savolga umuman javob berilmagan. Unga aloqador bo‘lmagan ma'lumotlar keltirilgan. Talaba ish haqida tasavvurga ega emas va materiallardan
foydalana olish bo‘yicha bazaviy bilimlarni ko‘rsata olmagan. Shu bilan birga ish plagiat bilan yozilgan.





Yüklə 40,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin