Tuzuvchi: Ne’matov Rustam Abduvaid o’g’li, o’qituvchi Fan/modul



Yüklə 40,53 Kb.
səhifə1/5
tarix29.01.2023
ölçüsü40,53 Kb.
#81606
  1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QITUVCHI SILLABUSI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI TARIX KAFEDRASI

O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QITUVCHI SILLABUSI




Tuzuvchi: Ne’matov Rustam Abduvaid o’g’li, o’qituvchi

Fan/modul kodi
100.2UZT2M

O‘quv yili
2020-2021

Semestr
2 (bahorgi)

ECTS - Kreditlar
4

2-semestr - Kredit
4

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
2

Fan darajasi
Yuqori darajadagi fan 100

Fan/modul turi
majburiy

Modul rahbari
Ne’matov Rustam Abduvaid o’g’li, o’qituvchi,
rnematov60@gmail.com

Universitet kampusi
1-blok

Hafta kunlari
Seshanba, Chorshanba, Payshanba/Shanba

Vaqti
Kunning birinchi, ikkinchi yarmida




Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

O‘zbekistonni eng yangi tarixi

2-semestr
30

2-semestr
30

2-semestr
60

1-semestr

Modul 1 Ma’ruza

15

15

30

Modul 2
Semenar

15

15

30




JAMI

30

30

60




Fanning tavsifi:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z ketganda, avvalo 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday
o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.

Fan mohiyati:
mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
maʼnaviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy gʼururni shakllantirishdan iborat.

Fanning natijasi:
mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik gʼoyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan

jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʼliqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, maʼnaviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik gʼoyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 40,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin