Nazorat savollari:
1. Tibbiy etika nima?
2. Tibbiyot xodimining axloqiy burchi nima?
3. Deontologiya qanday o'rganiladi?
4. Tibbiy deontologiya vazifalari qanday?
5. Tibbiy xodimlarni o’rtasidagi aloqalqr bolalar kasalxonasi sharoitida qanday bo’ladi?
6. Post hamshirasi va bemor bolaning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning axloqi qoidasi qanday?
7. Tibbiy xodim qaysi qoidalar va tamoyillarga amal qilishi kerak?
8. Tibbiy sir nima?
Adabiyotlar:
A.F. Dronov, A.I. Lenyushkin, L.M. Kondrat’yeva. Obshiy uxod za det’mi s xirurgicheskimi zabolevaniyami, uchebnoye posobiye, M., Meditsina, izdaniye-1-e, 1987.
Zolikina L.S. Bemorlarni umumiy parvarishi, 1995.
Petrova N. N. Psixologiya dlya meditsinskix spetsial’nostey. Uchebnik / N. N. Petrova. – M.: AKADEMIYA, 2008. – 320 s.
Mashg’ulot №3
ANTISEPTIKA VA ASEPTIKA ASOSLARINI O’RGANISH, XIRURGIK BEMOR BOLALARNI QABUL QILISHDA SANITAR ISHLOV BERISHNING AXAMIYATI.
Jaroxatda og’ir yiringli jarayonni chaqiruvchi har xil mikroorganizimlarga qarshi kurash mexanizimlarini ishlab chiqilmaganda, hozirgi xirurgiya yutuqlariga erishilmasdi. Xirurgiya tarixidan bilamizki, infektsiyalarga qarshi kurashning ikki xil yo’li bulgan: Antiseptika va Aseptika
Antiseptika (grek. so’z bo’lib anti- qarshi, septika- yallig’lanish) jaroxatga yoki to’qimaga tushgan mikroblarga qarshi kurash va aseptika (tozalik) – jaroxatga infektsiya tushishini oldini olish. Rejali ravishda qilinadigan aseptika va antiseptika zamonaviy xirurgiyaning muhim tamoyillaridan sanaladi. Aseptika antiseptika bilan birgalikda steril sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan tadbirlarga asosan xirurglar faoliyatiga imkoniyatlar ochadi. Mikroblarni rivojlanishi uchun, xayoti uchun qulay sharoit kerak, ya’ni: harorati, osmotik bosimi va ion bir hilligi ta’minlanishi kerak. Klinik amaliyotda antiseptik vositalarni ishlatilganda mikroorganizimlarda moddalar almashinuvi va strukturasi buziladi. Shu tariqa antiseptik vositalar o’zining bakteriosatik ta’sirini bildiradi. Agar antiseptik moddalar mikrob plazmasiga kirsa tarkibidagi oqsil moddasini ivishiga olib keladi, o’z yo’lida mikrob xujayrasini o’limiga sabab buladi va bunda antiseptik moddalar o’zining bakteriolitik ta’sirini bildiradi.
Antiseptik omil turlari mikroorganizmga ta’siriga qarab bo’linadi:
- Mexanik
- Fizikaviy
- Kimyoviy
- Biologik
Dostları ilə paylaş: |