Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə5/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Biologik antiseptika – bu tirik organizimlar hayot faoliyati natijasida olinadigan maxsus preparatlar: zardoblar, vaktsinalar, tabiiy biologik antibiotiklar va faglarni o’z ichiga oladi.
Antiseptik vositalar (yunoncha «anti»- qarshi, «septikos» - yiringli, yiringlashni chaqiruvchi) keng ta’sir doirali mikrobga qarshi vositalar, asosan yiringli yalliglanishli jarayonlarini oldini olish, yoki davolash uchun mahalliy qo’llaniladi (shilliq kavatlarga).
Kam zaxarliligi bilan ajralib turuvchi antiseptiklar guruhiga kiruvchi ba’zi preparatlar infektsion kasalliklarda, kimyoterapiyalarda ham qo’llanilishi mumkin. Antiseptikada sifatli kimyoviy moddalar ishlatiladi. Ular mikroorganizmlarni yo’q qilishda yuqori aktivlikga va qisqa muddat ichida mikroblarni yo’qotish hususiyatiga ega, mahalliy qo’llanilganda zaharli hususiyati judayam past, jaroxatni bitishini tezlashtiradi va mahalliy allergik hususiyati kam.
Aseptika deb jarohatga infeksiya tushmasligi uchun ko’riladigan chora-tadbirlar sistemasiga aytiladi. Aseptika deganda jarrohlik uchun ishlatiladigan asbob-anjomlarda, turli xil matolarda infektsiyalarni batamom yo’q qilishi yoki sterilizatsiya qilish tushuniladi.
Jaroxatga mikroorganizmlar tushish yo’llari quydagicha bolishi mumkin:

  • xavo – tomchi yo’li orqali (xavodagi changlardan, mayda so’lak tomchilardan)

  • anjomlardan (jarroxlik instrumentlaridan, bog’lov materiallaridan va steril bo’lmagan qo’llardan)

  • kontakt yo’li orqali

  • implantatsion yo’l orqali (jarroxlik iplaridan, har xil protezlardan

  • endogen yo’l orqali (organizmning o’z infektsiyasi)

Bu yo’llar bilan jaroxatga turli xil infektsiyalar tushishi mumkun. Agar operatsiya paytida va undan keyin aseptikaga rioya qilinsa jaroxatga infektsiya tushishini oldi olinadi. Bu o’z navbatida jaroxatda yiringli-yalliglanish jarayonini oldini olgan bo’ladi.
Nazorat savollari:

  1. Antiseptika haqida tushuncha?

  2. Antiseptikada qanaqa omil turlarini bilasiz?

  3. Qanaqa antiseptik dorilarni bilasiz?

  4. Aseptika nima?

  5. Jaroxatga infeksiya tushish yo’llarini ayting?



Adabiyotlar:

  1. Gostishev V.G. Umumiy xirurgiya. Uchebnik. – M. GEOTAR-MED. 2002. 608 s.

  2. Zolikina L.S. Bemorlarni umumiy parvarishi, 1995.

  3. Struchkov V.I., Struchkov YU.V. Umumiy xirurgiya. Uchebnik. – M. Meditsina. 1988. 480 s.

  4. Tursunov B.S. Xirurgik bemorlar parvarishi, Ibn Sino nomidagi matbuot birlashmasi, 1995.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin