O’rin-ko’rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo’lishi lozim. Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo’lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo’lishi, yuzasi tekis, ustiga to’shak tashalgan, uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari osilib, o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko’rpa toza, yengil, issiq bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. YOz oylvarida bemorlar matoli ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga ko’rpajild kiygizili shart. Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda o’tirishlari kerak.
Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki a’zolar patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning ustidan to’shak tashlanadi.
Og’ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan holat). Funktsional krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq.
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini bintlashda yordamchi vazifani va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo’lib, bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda bemor yarim o’tirgan holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi.
Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari, kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib turadi.
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi.