Mashg’ulot №16 Operatsiyadan keyingi davrda patsiyent va uning qarindosh-urug’lari bilan OIV/OITS profilaktikasi to’g’risida etika asoslari bo’yicha muloqat.
OIV-infeksiya – sekin rivojlanadigan infeksion kasallik bo’lib, odam immunotanqis virusi bilan zararlanganda paydo bo’ladi. Kasallik immun sistemasini zararlantiradi va inson organizmida ikkilamchi infeksiyalar bilan zararlanish moyilligi kuchayadi (oldin kasallik chaqirmaydigan holatlarda ham har xil kasalliklar paydo bo’lish ehtimoli kuchayada (opportunistichek infeksiya – bakterial zotiljam, ya’ni pnevmoniya, odam virusli papillomasi, kandidoz, gerpes va boshq.)) va yomon sifatli o’sma, ohiri o’lim holatiga olib kelishi mumkin. OITS (orttirilgan imun tanqisligi sindromi) – kasallikning oxirgi yoki terminal bosqichi.
Zararlanish manbayi – virus bilan infitsirlangan odam, – virus olib yuruvchi yoki OITS kasal. Virus olib yuruvchi bemor ko’pincha o’zini sog’lom deb yuradi, infitsirlanganligi to’g’risida shubxa tug’dirmaydi, chunki bir necha yil kasallikni belgilari ko’rinmaydi.
OITSni yuqish yo’llari: Shuni bilish kerakki, OIV-infeksiya organizmning hamma suyuqliklarida bo’ladi, amma kam konsentratsiyasi qonda, spermada, ayollar urug’ligida, ko’krak sutida ham bo’ladi. Shuning uchun infektsiya o’tishi uchta asosiy yo’llar bilan o’tadi: jinsiy yo’l orqali, organizmga infitsirlangan qon orqali va infitsirlangan onadan bolaga.
Jinsiy yo’l orqali: himoyalanmagan holda (prezervativsiz) jinsiy aloqada OIV-infitsirlangan partner bilan bo’lish. OIV qon aylanish sistemasiga zararlangan odamdan jinsiy a’zolar orqali o’tish. OIV erkakdan ayolga, ayoldan erkakka, erkakdan erkakka, ayoldan ayolga ham o’tishi mumkin. Ko’p hollarda siz sizning partnerda OIV borligini bilmaysiz. Sizning partnerda OIV borligini bekitishga ko’pgina sabablar bo’lishi mumkin. O’zingiz himoyangiz uchun partneringizga aybni to’nkashga harakat qilmang. Bunday holatlarda o’zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin? Prezervativ ishlating, u sizni ham, partneringizni ham OIV dan va boshqa venerik kasalliklardan himoya qiladi. Bu yerda ishonish yoki ishonmaslik to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Jinsiy aloqa havfsiz bo’lishi kerak.