Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов


Organizmga infitsirlangan qon tushishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə57/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Organizmga infitsirlangan qon tushishi: Tibbiy shpritslarini sterillamasdan ko’p ishlatish, kam miqdordagi qonni bir odamdan boshqa odamga o’tishi va buning oqibatida OIV bilan zararlanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun OIV narkomanlar orasida keng tarqalishi kuzatiladi. Ular bitta shpritsdan bir nechtasi foydalanishi oqibatida OIV bilan zararlanish extimoli juda katta. Har bir ishlatilgan shpritsdan sterillanmagan holda qayta ishlatish, bu zararlangan odamdan keyingi shu shpritsni ishlatgan odamga virus o’tishi aniq. Shpritsda yoki ninada qoladigan qon 80%ga xatarli hisoblanadi. Zararlangan qon faqatgina shprits yoki ninada emas, balki narkotik tayyorlashda ishlatiladigan boshqa uskunalarda ham, narkotik moddaning o’zida ham bo’lishi mumkin. Kompaniyada in’yeksion narkotiklarni qabul va iste’mol qilish – bu o’yin «rus ruletkasi» ham deyiladi. Umumiy ninani bir marta ishlatish ham OIV-infeksiyasi bilan zararlanishga olib kelishi mumkin. Infitsirlangan bemorning qoni infitsirlanmagan odam yarasiga tushishi natijasida ham OIV-infeksiyasi bilan zararlanish mumkin. OIV-infeksiyasi tozalanmagan, sterillanmagan quloq teshuvchi, tatirovka qo’yish uchun ishlatiladigan instrumentlar orqali ham o’tishi mumkin. Bu maqsadda ishlatiladigan ninalar, har bir o’tkazilgan seansdan so’ng sterilizatsiya qilinishi shart. Tish yuvish shetkasi, soqol oladigan britvalar ham alohida bo’lishi kerak. Donor qonini quyishdan oldin antitel OIV ga tekshirilgan bo’lishi shart. OIV bilan zararlangan bemorlar donor bo’lishlari mumkin emas.

  • Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi: Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi mumkin: homiladorlik paytida yoki tug’adigan paytda. Statistikada, zararlanish o’rtacha 25-50% ni tashkil etadi. Virusning onadan bolaga o’tishi ko’krak bilan emizgan vaqtida ham o’tishi mumkin. Homiladorlik paytida erta ro’yxatga olish, erta test o’tkazish, OIV-infitsirlanganligini vaqtida bilish bu juda katta rol o’ynaydi. Onani OIV-infitsirlanganligini bilgandanoq, majburiy tartibda, tekin profilaktik davolash o’tkaziladi, homiladorlikning 28 haftasigacha, tug’ish paytida va tug’ishdan keyin. Tug’ilgan chaqaloq ham profilaktik davo muolajalarini oladi, bu esa bolaning zararlanish yoki infitsirlanish foizini OIV-infitsirlangan onasidan o’tishini 25-50% dano 2% gacha kamaytiradi.


    Yüklə 0,96 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin