Faoliyatgayo’naltirilganyondoshuv. Shaxsningjarayonli sifatlarinishakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim.Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish usuli ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini ijodiy tarzda qo’llanilishi dialektik mushohadani shakllantiradiva rivojlantiradi natijada talabani mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.