Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar: kafedrasi mudiri, professor Nuruzova Z.A., dostent Aliev Sh.R.
Taqrizchilar:
Mirtazaev O.M. - TTA epidemiologiya kafedrasi professori ,t.f.d.
Shodmonova N.A. - Tosh VMOI mikrobiologiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent
Fanning ishchi o’quv dasturi Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasining 2016yil17 iyun 11-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri Nuruzova Z.A.
Fanning ishchi o’quv dasturi tibbiy profilaktika fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2016yil .... iyundagi ....-sonli bayonnoma)
Fakultet kengashi raisi Salomova F.I.
Kelishildi:
O’quv-uslubiy boshqarma
Boshlig’i Raximov B.B.
1.KIRISH
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Pedagogika” va “Sog’liqni saqlash” ta’lim sohalarida o’qitiladigan mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani umumiy va xususiy mikrobiologiya bo’limlaridan tashkil topgan.
Unda talabaning tabiiy va tibbiy-biologik fikrlashning shakllanishi uchun zarur bo’lgan, mikroorganizmlar biologiyasi, ularning odam va hayvon organizmi bilan o’zaro munosabatlarini ochib beruvchi mikrobiologiya, virusologiya, sanitar mikrobiologiyaning umumiy va hususiy, hamda immunologiya umumiy va infekstion bo’limlari haqida ma’lumotlar berilgan, Har bir bo’lim talabani bemor odam organizmida molekulyar, xujayraviy va organ darajasida ro’y berayotgan jarayonlarni tub mohiyatini anglab etish uchun zarur axborotlar bilan tanishtiradi. Mikrobiologiya, virusologiya iimmunologiya – zamonaviy tibbiyotning nazariy fundamenti hisoblanadi. Asosiy bilimlarni egallash orqali klinikaga yo’l ochiladi, uning yordamida shifokor tibbiy muammolarni malakali hal qilish imkonini beradi.
Ushbu dastur inson organizmining hujayralari, to’qimalari, a’zolari va sistemalarinnig embrional va postembrional taraqqiyoti, mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, ularning hayot faoliyati qonuniyatlari, fan tarixi va rivoji tendenstiyasi, istiqboli masalalarini qamraydi hamdabo’lg’usiumumiyamaliyotvrachlaridaklinikfikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: |