O’zbekiston Respublikasi soliqni
saqlash vazirligi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Psihiatriya va narkologiya kafedrasi
«Psihopatologik sindromlar to’plami»
O’zbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Psihiatriya va narkologiya kafedrasi
«Tasdiqlayman»
Ilmiy kengash raisi
Akademik Sh.I.Karimov
«___»_________2014 y.
Psihopatologik sindromlar to’plami
(o’quv – uslubiy qo’llanma)
Toshkent 2014
Tuzuvchilar:
Yadgarova N.F. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, katta o’qituvchi
Ruzieva G.H. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent
Tolipova N.Sh. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent
Xayredinova I.I. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent
Kevorkova M.A. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent
Taqrizchilar:
Ashurov Z.Sh. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent.
Abdullaeva V.K. – TPMI «Psihiatriya va narkologiya, bolalar psihiatriyasi»
kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent.
Kafedra majlis bayonnomasi: № 14. 03/05/2014 y.
TTA ichki kasalliklar fani seksiyasi bayonnomasi: № 9. 06/05/2014 y.
Ilmi – uslubiy kengash bayonnomasi: № 9. 20/05/2014y.
Ilmiy kengash bayonnomasi: № 11. 25/06/2014y.
O’quv – uslubiy qo’llanma bakalavtiatura bosqichi talabalari uchun tavsiya etiladi.
TTA ilmiy kengash kotibi, t.f.n., dost. Nurillayeva N.M.
PARANOYYAL SINDROM
Paranoyyal sindrom - ma’lum bir mavzuni qamrab olgan, sistemalashgan interpretativ
birlamchi vasvasa bilan namoyon bo’ladigan xolat (rashk, ixtirochilik, ta’qib va x.). Vasvasa
tizimi sub’ektiv dalil, faktlar zanjiri asosida tuziladi, bemorlar keltirgan isbotlarini bir
tomonlama talqin qiladilar; isbotlarga qarshi faktlar paydo bo’lganda, ular inkor qilinadi.
Gallyustinastiyalar, psevdo-gallyustinastiyalar va ruxiy avtomatizmlar kuzatilmaydi. Odatda
fikrlashning kuyushqoqligi bilan kechadi. Ong tinikligicha qoladi. Paranoyyal bemorlar odatda
yuqori faolligi bilan ajralib turadilar: vasvasaning mavzusiga monand ular ta’qib qiluvchilar
bilan ko’rashadilar yoki aksincha, qochishga, yashirinishga xarakat qiladilar; turmush urtoqlari
ketidan kuzatib, mavjud bo’lmagan raqibni qidiradilar; kasallik tashxisini tasdiqlash maksadida
xar tomonlama tibbiy tekshiruvlardan utadilar va x.
Kechishiga ko’ra o’tkir va surunkali paranoyyal sindromlar farqlanadi.
O’tkir paranoyyal sindrom (vaqt buyicha chegaralangan interpretativ vasvasa) – shunday
xolatki, bunda vasvasa kechayotgan voqealarni to’satdan «tushunib etish» ko’rinishida yuzaga
keladi. Surunkali paranoyyal sindrom vasvasaning progredient rivojlanishi, uning patologik
mazmunini asta-sekin kengayishi va tizimlashuvi, yaqqol affektiv buzilishlarning bo’lmasligi,
tafakkur buzilishlari (monoton, kuyushqoq fikrlash ko’rinishida) va usib boruvchi shaxs
uzgarishlari bilan kechadi.
Paranoyyal sindrom shizofreniya, bosh miyaning organik shikastlanishlari, bosh miyaning qon
tomir va atrofik kasalliklarida rivojlanadi.
MASALA
Bemor K., 33 yosh, stex ustasi. Kasallik ishdagi kelishmovchiliklardan sung boshlandi.
Uz ishchilarini «davlatga qarshi siyosat», axloqsizlik va x.larda ayblab, turli muassasalarga
ular ustidan ko’plab shikoyatlar yozishni boshladi. Turmush qurgunlariga qadar, xotini
muassasa direktori bilan aloqada bo’lganligi xaqida fikr paydo bo’ldi. Xotinining ta’siri
direktorga kuchli bo’lganligi sababli, u barcha savollarni, xattoki, xizmatchilarni chet el ish
safarlarigacha xal qila olishini tushunib etdi. Bemor uzining iltimosi bo’yicha direktor bir
qancha boshqa ishga utkazilgan ishchilarni o’z joyiga qaytarilganligini eslay boshladi. Stexni
kuzatib yurgan direktor uning yoniga kelib qo’lini qisganligini yodga oldi. Bularning xammasi
bemorning fikriga ko’ra, uning xotini bilan direktor urtasidagi aloqani isbotlaydi. Shuning
uchun, direktor fosh bo’lishdan qo’rqib, uni ishdan bo’shatmokchi. Direktorning buyrugi
bo’yicha, xamkasblari bemorga ishdan ketishga «ishora» qilishmoqda, ko’shnilari uning xotini
bilan bo’lgan barcha suxbatlarini yozib olib, direktorga etkazishmoqda, davolovchi shifokorga
xam ataylab, noto’ri ma’lumotlar berishgan va x. Bemorning o’ylari «ta’qib» fikrlari bilan
band. Xar qanday suxbatda o’zini qanday ximoya choralar bilan ta’minlaganligi va qaerlarga
murojaat qilganligi xaqida gapirishni boshlaydi. Bemor o’zining mavqei baland do’stlari
borligiga ishora qilib, ular yordami bo’lmaganda «allaqachon Sibirga surgun qilinardi». Bemor
kurashni davom ettirib, «tegishli shaxsni fosh etmoqchi».
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Paranoyyal sindrom. Birinchidan, vasvasaning sistemalashgan turi bilan xarakterlanadi.
Bemorning xotinining xiyonati, zavod direktorining ta’qibi xaqidagi fikrlari o’ziga xos mantiqiy
jixatdan boliq, biroq bir xato muloxazadan ikkinchi xuddi shunday yolgon fikr kelib chiqmoqda.
Vasvasa monotematik. Vasvasa oya qanday shaqllanmasin, u bir mavzu doirasida yuzaga
kelmoqda: zavod direktori uning xotini bilan ishqiy aloqada va shuning uchun, undan
qutulmoqchi. Nixoyat, paranoyyal vasvasa rivojlanish jarayoni doimiy kengayish xususiyatiga
ega, vasvasali mushoxadaga yangi shaxs va xodisalar qo’shilib boraveradi (vasvasa jarayoniga
ketma-ketlikda dastlab xamkasblar, so’ngra qo’shnilar, davolovchi shifokor va x.lar jalb
etilmoqda). Paranoyyal vasvasada gallyustinastiyalar kuzatilmaydi.
Test
1.
Parranoyal sindrom kechishiga ko’ra
A.
O’tkir*
B.
Surunkali*
C.
tezkor
D.
uzilib boruvchi
E.
sirkulyar
2.
Paranoyyal sindrom bu –
A.
ma’lum bir mavzuni qamrab olgan, sistemalashgan interpretativ birlamchi vasvasa bilan
namoyon bo’ladigan xolat*
B.
sindrom birlamchi vasvasa, verbal gallyustinastiyalar va ruxiy avtomatizm
ko’rinishlaridan tashkil topgan
C.
yorqin xissiy-plastik tasavvurlar oqimi, ko’plab obrazli, uzluksiz yuzaga keluvchi,
ko’rgazmali xotiralar xos
D.
O’z salomatligiga xaddan tashqari e’tibor, soglik uchun xavotir, doimiy shubxalar,
tuzalmas kasallik bilan ogrib qolishdan ko’rkish – shilqim ipoxondriya orqali namoyon
bo’lishi mumkin
E.
F.
Paranoyyal
sindrom
PARANOID SINDROM
Paranoid (gallyustinator-paranoid) sindrom birlamchi vasvasa (ta’qib qilish va fizik ta’sir
vasvasasi), verbal gallyustinastiyalar (ko’pincha psevdogallyustinastiya) va ruxiy avtomatizm
ko’rinishlaridan tashkil topgan (Kandinskiy-Klerambo sindromi).
Ruxiy avtomatizm ko’rinishlari – turli energiya bemorni qamrab olganligi, ya’ni o’z
ta’siriga olganligi xissi.
Ruxiy avtomatizmning uchta turi farqlanadi:
- ideator (assostiativ);
- sensor (senestopatik);
- motor (kinestetik).
Ideator avtomatizm – bemorning ruxiy faoliyatiga aniqrogi fikrlash jaraeniga ta’sir
utkazayotganligi xissi
Sensor avtomatizm – tashqi olamdan ta’sir o’tkazilishi natijasida paydo bo’layotgan noxush
sezgilar(senestopatiya ko’rinishida).
Motor avtomatizm – tashqi olamdan nimadir eki kimdir tomonidan bemor xarakatlarini
boshqarayotganlik xissi. O’tkir va surunkali paranoid (gallyustinator-paranoid) sindromlar
ajratiladi. O’tkir paranoid - tranzitor paranoid sindrom bo’lib, reallikka yakin bo’lgan ta’qib
vasvasa, aloxida verbal illyuziya va gallyustinastiyalar, qo’rquv, xavotir, sarosima bilan kechadi.
O’tkir gallyustinator-paranoid sindrom – uning tarkibida xissiy (obrazli) vasvasa ustunlik qiladi,
u sistematizastiyaga moyil emas, ruxiy avtomatizmning barcha shakllari va affektiv buzilishlar
(xavotir, qurquv, sarosima, depressiya yoki kutarinki kayfiyat) yaqqol namoyon bo’lgan,
psevdogallyustinastiyalar xam kuzatiladi.
Surunkali gallyustinator-paranoid sindrom sistemalashgan yoki sistematizastiyaga moyil
vasvasa, sarosima va yaqqol affektiv buzilishlar bo’lmasligi, psevdogallyustinastiyalar bilan
xarakterlanadi,
Gallyustinator-paranoid sindromlar shizofreniya, epilepsiya, surunkali alkogolizm, bosh
miyaning organik kasalliklarda kuzatiladi
MASALA
Bemor Sh., 26 yosh, injener. Kasallik nisbatan o’tkir boshlangan. Xavotirga tushgan,
bezovtalangan, o’z xonasiga berkinib olib, derazalarni pardalar bilan to’sgan, qarshi
tomondagi uydan uni kuzatishayotganligini e’lon qilgan, o’z kiyimlari va dastrumolchalarini
mayda bo’laklarga kesib tashlagan. Psixiatrik kasalxonaning bo’limida asabi taranglashgan,
gumonsiragan, qurquvda. Deraza va devor orqali qandaydir ovozlar, taqillash, musiqani
eshitmoqda, quloqlarini paxta bilan berkitmoqda. Shifokorga shubxa bilan qaramoqda, kayfiyati
tushkun. O’zini soglom deb xisoblaydi, kasalxonadan chiqarib yuborishlarini talab qilmoqda.
Atrofidagi barcha narsalar «uyushtirilgan», shifokorni taniqli kinoaktrisa, bemorlarni – rus xalq
xori artistlari kabi idrok etmokda: «bu erda qandaydir maskarad, barcha bemorlardek uzlarini
tutmoqda, vaxolanki, ular artistlar!». Atrofdagilar suzlarida o’ziga qaratilgan «piching»,
taxdidlarni eshitmoqda. Butun borliq bemor uchun aloxida ma’no anglatmoqda: yulakdagi
gilam – qabristonga yul («bu tez orada o’lishini anglatmoqda»); shifokor bilan suxbat vaqtida
uzini xuddi shpiondek sezadi.
Bu qanday xolat?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Kasallikning kechishida vasvasaning ustunligi- bemor tomonidan atrof-muxitni noto’ri
taxlil qilishi mumkin. Bu vasvasa qo’rkuv, xavotir xissi va sarosimaga to’la. Vasvasa oyalar
konkret, lekin tartibsiz, mazmuniga ko’ra xilma-xil. Ta’qib (boshqa uyning derazalaridan
kuzatishmoqda, taxdid qilishmokda), ma’noli (bemor shifokorning xulqida, devordagi surat va
x.larda o’ziga xos ma’noni ko’radi) intermetamorfoza (soxta tanib olishlar, barchasi
uyushtirilganlik xissi, bemor va shifokor artistlar singari qabul qilinmoqda) kabi vasvasa oyalari
mavjud; idrok etish buzilishlari chin eshituv gallyustinastiyalar va verbal illyuziyalar –
shuningdek, uzuq-yuluq va fragmentar ko’rinishda namoyon bo’ladi. Bu o’tkir gallyustinator-
paranoid sindrom.
Test
1.
Ruxiy avtomatizm ko’rinishlari
A.
ideator (assostiativ); - sensor (senestopatik); - motor (kinestetik)*.
B.
Absans
C.
Trans
D.
Fuga
2.
Qaysi kasallikda vasvasa goyalari kuzatiladi?
A. shizofreniya*
B. nevrasteniya
C. isterik psixoz
D. isterik nevroz
Doiralarni ko’paytiring:
PARAFREN SINDROM
Parafren sindromda sistemalashgan ta’qib va ta’sir vasvasasining fantastik mazmundagi
buyuklik vasvasasi, turli xil ruxiy avtomatizmlar va ko’pincha fantastik konfabulyastiyalar bilan
qo’shilib kelishi kuzatiladi. Bu xolatda bemor ta’qib va ta’sir haqidagi shikoyatlardan tashqari,
o’zining kosmosga xukmronlik qilishi, xudolarning xudosi, Erning xoqimi, dunyo bo’yicha
qudratli ekanligini aytadi; Erda jannat yaratishini, tabiat qonunlarini va iqlimni tubdan
o’zgartirishga va’da qiladi.
PARANOID
SINDROM
konfabulyastiyalar – bu bemorning xayotida guyoki kuzatilgan xodisalar haqidagi soxta
xotiralari.
Bu xolatda bemorning kechinmalarida Marsda yashovchilar bilan uchrashuv, Xudo bilan
suxbatlashuv va x.lar kabi fantastik yolon xotiralar bilan kuzatilishi mumkin. Bunday
konfabulyastiya va fantastik buyuklik vasvasasining mazmuni umumiy, kengayib borish
xususiyatiga ega, doimo yangi faktlar bilan boyib boradi.
Parafren xolatlarning sindromal xususiyatlariga xos ravishda, o’tkir va surunkali turlari
farqlanadi.
O’tkir parafren sindrom affektiv buzilishlar fonida (depressiv yoki maniakal) o’tkir
xissiy vasvasa, psevdogallyustinastiyalar va ruxiy avtomatizm turli ko’rinishlarining rivojlanishi
bilan xarakterlanadi. O’tkir xissiy vasvasa o’tkir fantastik vasvasa (antagonistik) bilan
almashinadi. Buyuklik vasvasa oyalari noturun, uzgaruvchan; affektiv buzilishlar yorqinligi bilan
farqlanadi; sindrom tarkibida katatonik buzilishlar ma’lum bir urinni egallaydi. O’tkir parafren
xolat cho’qqisida ko’pincha ongning oneyroid xiralashuvi rivojlanadi. Surunkali parafren
sindrom uchun vasvasaning turunligi, affektning monotonligi, xissiy vasvasaning nisbatan kam
ulushi xos.
Kasallik kechishida surunkali vasvasali va gallyustinator-vasvasali sindromlar ketma-
ketlikda o’zaro almashinishi mumkin: paranoyyal paranoidga (gallyustinator-paranoid,
Kandinskiy - Klerambo sindromi), keyinchalik u parafren sindromga o’tishi mumkin, bu
ularning patogenetik jixatdan umumiyligidan dalolat beradi. Tegishli sindromlar klinik
manzarasi xususiyatlaridagi mashxur qonuniyatni xam ta’kidlab o’tish lozim: gallyustinastiya,
psevdogallyustinastiya va ruxiy avtomatizm turli ko’rinishlarining qanchalik yorqin, intensiv,
xilma-xilligi kuzatilsa, vasvasalar xosil bo’lishi shunchalik kam namoyon bo’ladi, va aksincha
(buni ko’p mualliflar qayd etishgan, shu jumladan V.A. Gilyarovskiy xam, 1954). Gallyustinator
buzilishlarning vasvasalardan ustunlik qilishi ruxiy faoliyatning ogir shikastlanganligini
ko’rsatadi.
MASALA
Bemor B., 50 yosh. Psixiatrik stastionar bo’limida o’ziga ishonchi yuqori, kibr bilan
gapiradi, jaxldor, tajovuzkor. Uzini «feldmarshal», «dunyoning xokimi» deb xisoblaydi. Boshqa
dunyolardan keluvchi «ovozlarni eshitadi», ular bilan gaplashadi. Oy, Yupiter va boshqa
sayyoralarga erkin ucha olishini, u erdan osmon jismlari xarakatini, butun dunyoni boshqara
olishini xabar qiladi. Ko’pincha maxsus texnika orqali burniga yuborilayotgan benzin, spirt
xidlarini xis qiladi. Bu xolatdan asabiylashib, «bema’nilikni darxol tuxtatishlarini» talab qiladi.
Apparat yordamida unga «protonlar» bilan ta’sir qilinayotganini, «noto’ri fikrlar» xosil
etilayotganini, «miyasini urab tashlanligini», Londondan «elektronlar» orqali zarar
etkazishayotganini sezadi. Ko’zlarini yumganda turli xil xayvonlarni - kisqichbaqa, chayon va
x.larni ko’radi. Darxol kasalxonadan chiqarib yuborishlarini talab qiladi; Moskvaga ketishni
xoxlaydi, u erda unga qancha kerak bo’lsa, shuncha pul berishlarini aytadi. Shu bilan birga,
boshqa mavzular doirasidagi suxbatlarda etarlicha muloxazaga egaligi aniqlanadi, uz ishchilari
va bo’limdagi bemorlar haqida aniq xulosa beradi, kechayotgan siyosiy vokealarni yaxshi taxlil
qiladi va x. Bu qanday xolat?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Mazkur bemordagi psixopatologik simptomatika murakkab va xilma-xil. Bu xolatda
eshituv va xid bilish gallyustinastiyalari (chin va psevdogallyustinastiyalar), shuningdek
gipnagogik ko’ruv gallyustinastiyalari, ta’sir va ta’qib vasvasalari, ruxiy avtomatizm
ko’rinishlari mavjud. Shu bilan birga, bemorda aqlga simas, fantastik buyuklik vasvasasi
rivojlangan. Ko’plab gallyustinastiyalar mavjudligi, obrazli fantastik vasvasaning uz mazmuniga
ko’ra gallyustinator kechinmalar xarakteri bilan boliqligi yoritilgan parafren sindromning
mazkur varianti, gallyustinator parafreniya nomini olgan (E. Krepelin).
Test
1.
Parafren sindom mezonini ko’rsating
A.
Ihtirolik vasvasasi*
B.
Boylik vasvasasi*
C.
Oliy nasablik vasvasasi*
D.
O’z-o’zini kamsitish vasvasasi
2.
Parafren sindromni psihoorganik sindromdan farqini ko’rsating
A.
Ihtirolik vasvasasi*
B.
Boylik vasvasasi*
C.
somatik kasalliklar natijasida rivojlanadi
D.
affektiv labillik va hotiraning pasayishi
RUHIY AVTOMATIZMLAR (KANDINSKIY-KLERAMBO) SINDROMI
Kandinskiy-Klerambo sindromi (ruhiy avtomatizmlar sindromi) – o’zaro boglangan
simptomlar yigindisidir (psevdogallyustinastiyalar, ta’qib va ta’sir vasvasalari, qamrab olinganlik
va ochiqlik). Begonalik simptomi, ruxiy faoliyatning uziga boshlik emasligi, tashqaridan kimdir
doimiy ravishda ta’sir etishi kuzatiladi.
Ruhiy avtomatizmlar sindromi ko’rinishlari xilma-xil. Assostiativ avtomatizm –
majburiy ravishda fikrlarning quyilib kelishi, irodasiga bogliq bo’lmagan xolda fikrlar yigindisi,
ixtiyorsiz ravishda obrazlarning quyilib kelishi (mentizm); begonalik «qilinganlik» fikri,
«uyushtirilganlik» tasavvurlari, atrofdagilarni fikrlarini kaytarish fikrlari, fikrlarini ochikligi,
xattoki eng uyatli fikrlarini xam bilib olishayotganligi, fikrlarini «o’girlash», majburiy ravishda
uzib tashlash, obrazli qilinganlik, «ko’rsatish» tushsimon («uyushtirilgan» tushlar); (exo fikrlar)
qilingan fikrlarning kaytarilishi. Bemorlar fikran o’zlarining ta’qibchilari bilan suhbatlashadilar,
ular bilan bahslashadilar, qarshilik ko’rsatadilar, ichki «ovozlar, «pichirlagan» yoki «baland»
fikrlar,
ovozsiz
ko’rinishda
javoblar
oladilar.
Assostiativ
avtomatizmga
psevdogallyustinastiyalarning barcha turlari, shuningdek, hissiyotlarning begonalashuvini his
etish ham kiritiladi, bunda o’z xissiyotlari kayfiyatg bogliq bo’lmagan xolda kutarinkilik, gam
gussa qaxr – gazab, xayajon va xavotir kuzatiladi.
Senestopatik avtomatizmlar ta’sir qilish maqsadida maxsus hosil qilingan turli xil haddan
tashqari noxush, azobli sezgilar hissi bilan namoyon bo’ladi. Ta’qibchilar achishish, muzlash,
bosim, jinsiy qo’zgalish, ichaklar go’ldirashini keltirib chiqaradilar, diurez, defekastiya
jarayonini to’xtatib qo’yadilar, yoki, aksincha, u yoki bu chaqiriqlarni paydo qiladilar.
Avtomatizmning bu turiga hid va ta’m bilish psevdogallyustinastiyalari Ham kiritiladi.
Kinestetik avtomatizm – harakat va faoliyatning begonalashuvi. Bemorlarning ishonchi komilki,
barcha xarakat va fikrlarni quyib quyishyapti va kimlardir tomonidan uyutirilayapti. Goyibdan
qo’llarini kutarishyapti, boshlarini burashyapti va kuzlarini gilay kilishyapti Avtomatizmning bu
turiga nutq-Harakatga bogliq psevdogallyustinastiyalar, «uyushtirilgan» nutq jarayoni kiritiladi.
RuHiy avtomatizmning barcha ko’rinishlari odatda tizimlashgan ta’qib va ta’sir vasvasalari bilan
kechadi. Bemorlar endi o’zlariga tegishli emas – ular o’zlarini ta’qibchilari Hukmi ostida, ular
marionetkalar, ularning qo’llarida o’yinchoq (kamrab olganlik xissi), ular doimo tashkilotlar,
agentlar, ilmiy-tadqiqot institutlari ta’siri ostida o’zlarini His qiladilar. Ularning irodasidan
nurlar, gipnoz, elektr toki, atom energiyasi, kosmik nurlar, ultratovush bilan ta’sir qilib maHrum
qiladilar, fikrlar, xissiyotlar, sezgilar va xarakatlar (ta’sir vasvasasi) beradilar. Televizor,
radiolokastiya, magnitofon yordamida fikrlari yozib olinadi, kuzatuvlar olib boriladi.
Bemorlarning barcha Harakatlari, Hattoki eng intim Holatlari Ham, ta’qibchilarga ko’rinarli.
Ular o’zlarining apparatlari bilan ogriq chaqiradilar, a’zolar faoliyatini buzadilar, jinsiy faoliyatni
susaytiradilar, bola ko’rish xususiyatidan maHrum qiladilar, saraton, sarkoma keltirib
chiqaradilar. Ta’qibchilar bemorlarni Hayvonlarga, boshqa jins vakillariga, jonsiz buyumlarga
aylantiradilar. Bemorlar o’zlaridan yung, pat, soqol o’sayotganini His etadilar (metamorfoza
vasvasasi). Boshqa bemorlar ichlariga tirik, noxush, ayrim vaqtlarda fantastik jonivorlar -
shayton, ruHlar kirib olganini, ularni mikroblar va viruslar bilan dimlarganligini ta’kidlashadi.
Ba’zan ta’sirlar yaxshi ma’nolarda, kayta tarbiyalash, chiniktirish va davolash maksadida
kuzatiladi(yaxshi sifatli ta’sir vasvasasi).
RuHiy avtomatizm shuningdek “egizaklar”vasvasasi bilan kechadi – bemorlarning
aytishicha bemorning uziga uxshagan va uxshasha insonlar bir nechta ekanligi bilan xam
kechadi. Kandinskiy-Klerambo sindromida ko’pincha psevdogallyustinator xotiralar kuzatiladi.
Bular tusatdan xosil buladi (ortga kaytish xissi), barcha ikir – chikirlari bilan, xudi bulagandek
kuruv psevdgallyustinastiyalari, xuddi avval bulgan lekin esdan chikarilgandek kuzatiladi.
Shunga uxshash psevdogallyustinator xotiralar vasvasaning mezoniy tuzilishiga kiradi.
Kandinskiy-Klerambo
sindromi ko’pincha
tranzitivizm
bilan kechadi. Bemorlarning
takidlashicha «ovoz»larni nafakat uzi balki, uning karindoshlari, atrofdagilar, yakinlari va xatto
vrachlar xam ta’sirlarni sezadilar, - deydi. Kandinskiy-Klerambo sindromi ko’pincha
shizofreniyada, kam Holatlarda – epilepsiyada, bosh miya jaroHatlarida, qon tomir
kasalliklaridagi psixozlarda (aloHida komponentlar ko’rinishida psixozlar cho’qqisida) uchraydi.
MASALA
Bemor T. 22 yosh, II guruH nogironi. Bo’limda ko’p vaqtini boshiga choyshabini yopinib
yotgan Holda, nimalarnidir pichirlab, kulimsirab o’tkazadi. Muloqotga xoHlamasdan kirishadi.
SuHbat vaqtida bemorda ko’pchilik odamlarning “ovoz”larini eshitishini ma’lum qildi, bu
ovozlar uning boshiga qandaydir apparatlar yordamida «joylashtirilmoqda». Bu odamlarni
bemor Hech qachon ko’rmagan, biroq ularning suHbatidan faqat «jinsiy Hayot bilan
shugullanishlarini» tushundi. Bu insonlarning miyasi uning miyasi bilan boglangan va shuning
uchun, u ular bilan o’zaro fikr almashishi mumkin. Bunday Holatni bemor «gipnoz» Holati deb
atamoqda. Bu odamlar uning jinsiy a’zolariga ta’sir utkazyaptilar, «ayol urnida ishlatyapti»,
germofroditga aylantiryaptilar, kayfiyatini uzgartiryapti, ovkatlarning mazasi va xidlarini
aynityapti, bularni iskirt odam xidiga aylantiradi, barcha fikrlarni bilib olyapti va «bosh bum
bush, TAMOM. «Ovoz» egalari uni va barcha odamlarni robotlarga aylantirganiga ishonchi
komil. Bu qanday sindrom?
TO’GRI JAVOB NAMUNASI
Bemorda yoritilgan Holatning psixopatologiyasida senestopatik avtomatizm ko’rinishlari
ustunlik qiladi. Bemorning fikriga ko’ra, qandaydir odamlar uning tana sezgilarini
o’zgartirmoqdalar: jinsiy a’zolariga ta’sir qiladilar, noxush Hidlarni Hosil qilmoqdalar, ovqat
ta’mini o’zgartirmoqdalar. Shuningdek fikrlarni ugirlash simptomi, o’z kayfiyatini beixtiyoriy
o’zgarganlik Hissi, tasavvurdagi odamlar guruxi bilan fikrlarni majburiy almashish ideator
(assostiativ) avtomatizm simptomlari Ham mavjud. Bularning psevdogallyustinastiyalar, fizik va
gipnotik ta’sir vasvasasi bilan birga kechadi. Bu Kandinskiy-Klerambo sindromi.
TEST
1.
Kandinskiy-Klerambo sindromi mezonlari.
A. psevdogallyustinastiyalar*
B. tasir va takib vasvasasi*
V. chin gallyustinastiyalar
G. bekorchilik vasavasasi
2. Kandinskiy-Klerambo sindromi kaysi kasalliklarda kuzatiladi ?
A. shizofreniyada, epilepsiyada, bosh miya jaroHatlarida, qon tomir kasalliklaridagi
psixozlarda (aloHida komponentlar ko’rinishida psixozlar cho’qqisida)*.
B. xech kaysi kasalliklarda kuzatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |