O’zbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Psihiatriya va narkologiya kafedrasi «Psihopatologik sindromlar to’plami»



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.01.2017
ölçüsü0,83 Mb.
#5956
1   2   3   4

AFFEKTIV SINDROMLAR 

DEPRESSIV SINDROM 

 

Depressiv  sindrom tipik  xolatlarda (oddiy  depressiya)  depressiv triada:  tushkun,  gamgin 



kayfiyat  (gipotimiya),  tafakkurning  sekinlashuvi  va  xarakat  tormozlanishi  bilan  namoyon 

bo’ladi.  Tushkun  kayfiyat  turli  xil  ko’rinishlarga  ega  bo’lishi  mumkin:  gamginlik,  tushkunlik 

xissidan tortib chukur gam-gussalikgacha.  Ogir xollarda esa  azob beruvchi gamginlik  ustunlik 

qiladi,  bu  nafakat  ruxiy  azoblanish,  balki  yurak  soxasidagi,  ayrim  xolatlarda  bosh  yoki 

oyoklardagi    ogirlik  xissi  (vital  siqilish)  bilan  xam  kechadi.  Ideator  tormozlanish  sekinlashgan  

past  ovozli  nutq,  dikkatning  jamlanishining  qiyinlashuvi,  assostiastiyalar  kamayishi,  keskin 

xotiraning susayishiga bo’lgan shikoyatlar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Bunda bemorlarning 

xarakatlari  sekinlashgan,  mimikalari  qayguli,  qotib  qolgan  yoki  tormozlangan,  biror  bir 

faoliyatga  intilish  yuk.  Ogir  xolatlarda  to’liq  xarakatsizlik,  gamgin  qotib  kolish  (depressiv 

stupor)  kuzatiladi,  bu  xolat  ayrim  vaqtlarda  tusatdan  melanxolik  jazava  (raptus  melancholicus) 

ga o’tishi mumkin.  Depressiv xolatlarga, ayniqsa chukur bo’lmagan turlariga, sutka mobaynida 

umumiy xolatning yaxshilanishlari bilan kuzatiluvchi depressiya tebranishlari, kunning ikkinchi 

yarmi  va kechki  vaqtlarda ideator va xarakat tormozlanishining kamayishi xos.  Depressiyaning 

ogir  shakllarida  bunday  tebranishlar  kuzatilmaydi.  Depressiv  sindrom  uchun  uyqu  va  ishtaxa, 

oshkozon-ichak  tizimi  faoliyatining  (qabziyatlar)  buzilishlari  kabi  yaqqol  namoyon  bo’lgan  

somatovegetativ  buzilishlar  xos;  bemorlar  ozib  ketadilar,  ularda  endokrin  funkstiyalar  buzila 

boshlaydi va  x. Depressiv sindromlar turlari 

O’z  o’zini  ayblash  depressiyasi  –  o’z-o’zini  kamsitish,  xech  narsaga  yaroqsizligi, 

norasoligi,  o’tmishni  depressiv  baxolash  yuzaga  keladi;  ogir  xollarda  o’z  -  o’zini  ayblash 

ko’rinishida o’ta qimmatli oyalar yoki gunoxkorlik, aybdorlik vasvasalari kelib chiqadi;  suistidal 

fikr va xarakatlar depressiyaning ogirlik darajasini belgilab beradi. 

Anestetik  depressiya  -  melanxolik  derealizastiya  va  azobli  ruxiy  anesteziyadan 

(anaesthesia  psychica dolorosa)  tortib depersonalizastiya xolatlari,  xissiyotlarning  yuqolganidan 

azoblanish,  ichki bo’m-bo’shlik xissi, yaqinlariga mexr xissining yuqolishi, atrofdagi voqaelarga 

nisbatan xissiy kechinmalarning yuqolishi  ko’rinishlari bilan kechadi. 

Ironiyali (kulib  turuvchi)  depressiya –  layoqatsizligi ustidan uzi kuladi, tushkun kayfiyat  va bu 

vaziyatni o’zgartira olmasligi sababli xayoti ma’nosiz ekanligi ta’kidlaydi.   

Kuz  yoshli    depressiya  –  yigi  bilan  kechadi,affektni  tuta  olmasligi  va  layoqatsizlik  bilan 

namoyon bo’ladi. 

 Astenik  depressiya  -  tushkun  kayfiyat,  keskin  xolsizlik,  toliquvchanlik,  giperesteziya 

bilan kechadi. 

Adinamik depressiya-  xolsizlik, kam xarakatlik,   apatiya bilan kechadi.   

Xavotirli    depressiya  –  depressiyaning  klinik  manzarasida  xavotir  va  xavotirli 

xavfsirashlar  sezilarli  o’rinni  egallaydi,  u  gamginlik  affektidan  ustunlik  qiladi;  xarakat 

qo’zgalishlar  kam yoki ko’p darajada namoyon bo’ladi. 

Ajitirlangan  depressiya  –  birdan  kuchli  qo’zgalish,  o’ziga  jismoniy  zarar  etkazish,  

xavotirli verbigerastiya bilan kechadi.   

Depressiv  qo’zgalish  qo’rquv,    ipoxondrik  shikoyatlar  yoki  noturun  depressiv  vasvasa:  qisman 

o’zini ayblash, jazolash, o’lim oyalari bilan kechishi mumkin. 

Vasvasali  depressiya – depressiv vasvasa depressiv sindromning strukturasida markaziy 

o’rinni  egallaydi  va  turun  psixopatologik  xosila  bo’lib  xisoblanadi;  bu  murakkab,  «katta» 

depressiv sindrom. 

Vasvasali  buzilishlar  bunda  ko’pincha  fantastik  darajadagi  buyuklik  va  inkor  qilish 

oyalari shaklida uchraydi (Kotar sindromi). Ushbu sindromning bir kator variantlari mavjud: bir 

vaziyatda  xavotirli-vasvasali  depressiyaning  klinik  manzarasida  parchalanish  yoki  ichki 


a’zolarning butunlay yo’qligi oyalari bo’lgan nigilistik-ipoxondrik vasvasa ustunlik qilsa, boshqa 

xolatlarda    hech  qachon  o’lmasligi,  abadiy  azoblanish  mazmunidagi  depressiv  vasvasa 

kuzatiladi; ayrim vaqtlarda fantastik melanxolik vasvasa tashqi olamni inkor qilish oyalari orqali 

namoyon bo’ladi. 

Murakkab    depressiv  sindromlarning  boshqa  variantlari  xam  ajratiladi,  masalan  o’zini 

ayblash  va  jazolash,    ta’qib  qilish  vasvasasili  depressiya    mazmundagi  vasvasalar  bilan  yaqqol   

namoyon  bo’lgan  depressiv  affektli  murakkab  sindrom  (qo’rquv  va  xavotir  xissi  bilan) 

depressiv-paranoid  sindrom  deb  ataladi.  Bu  sindrom  cho’qqisida  ongning  oneyroid 

qorongulashuvi yuzaga kelishi mumkin. 

Murakkab  sindromlar  tarkibida  depressiya  katatonik  buzilishlar,  gallyustinastiyalar, 

psevdogallyustinastiyalar, ruxiy avtomatizm ko’rinishlari bilan qo’shilib kelishi mumkin. 

Depressiv  sindromlarning yuqorida yoritilgan shakllari bilan bir qatorda yashirin (niqoblangan,  

yashirin)  deb  ataluvchi    depressiyalar  xam  ajratiladi,  ular  birinchi  navbatda  turli  xil 

somatovegetativ buzilishlar bilan (masalan, kuchli bosh ogriklari yoki tananing turli qismlaridagi 

azobli  sezgilar    va  x.)  namoyon  bo’ladi.  Tipik  depressiv  simptomlar  bu  xolatda  ko’zga 

tashlanmaydi  yoki  vegetativ  buzilishlar  ortida  qoladi.  Bu  xolatlar  davriy  kechishi,  xolatning 

sutkalik  tebranishi,    antidepressantlarning  ijobiy  terapevtik  samarasi,  shuningdek,  anamnezda 

o’ziga  xos  affektiv  fazalarning  borligi  va  ko’pincha    affektiv  psixozlar  bilan  nasllanganlik 

asosida depressiv sindromlarga kiritiladi. 

Depressiv  bemorlardagi  xarakat  tormozlanishi  juda  yaqqol,  depressiv  stupor  xolati  – 

to’liq  xarakatsizlikgacha  bo’lishi  mumkin.  Stuporda  bemorlar  depressiyaga  xos  xolat  va 

mimikani  saqlab  qoladilar;  qiyinchilik  bilan  bo’lsa  xam,  ular  bilan  muloqot  o’rnatish  mumkin. 

Boshni  biroz  o’imirlatish,  ayrim  vaqtda  qovoqlarning  sezilar-sezilmas  xarakati  orqali  bemorlar 

javob  qaytaradilar,  suxbatdoshlarini  tinglayotganliklari  va  tushunayotganliklarini  shu  belgilar 

orqali  bildiradilar.  Depressiv  xolat  ko’pincha  vasvasa  oyalar,  ayniqsa  o’z  -  o’zini  kamsitish, 

ta’qib  qilish,  nigilistik  vasvasalar  bilan  kechadi.  Ogir  depressiyada  ogrikli  (azobli)  ruxiy 

anesteziya  simptomi  kuzatilishi  mumkin  (anaesthesia  psychica  dolorosa),  bunda  bemor 

avvalgidek xis  etish,  sevish, atrof-muxitdan emostional ta’sirlanish  qobiliyatini  yoqotadi  va   bu 

o’zgarishlar  unga  chuqur  azob  beradi:  «Men  o’glimni  bir  necha  yil  ko’rmadim,  uni  zoriqib 

kutdim, o’glim kelgan vaqtda esa xech qanday xursandchilikni xis etmadim, bu naqadar ogir». 

Depressiv  xolat  ko’pincha  xavotir  bilan  qo’shilib  keladi,  bu  xolatda  bemorlar  juda 

bezovta  bo’lishlari  mumkin,  bexalovat,  baland  ovozda  nola  qilishlari  mumkin  (ajitirlangan 

depressiya; lat. agitatus - qichqirmok, qo’zgalmoq). Ajitirlangan depressiyaning yuqori cho’qqisi 

-  «gamgin  portlash»  -  raptus  melancholicus  (lat.  rapio  -  ushlamoq).  Ogir  depressiyalarda 

ko’pincha depersonalizastiya xam kuzatiladi. Depressiv sindrom reaktiv xolatlarda, involyustion 

psixozlarda,  bosh miyaning organik kasalliklarida, maniakal-depressiv psixozda, shizofreniyada 

kuzatiladi. 

MASALA 


Bemor  O.,  54  yosh,  II  gurux  nogironi.  Psixiatrik  shifoxonada  davolanmoqda.  Bo’limda  

ko’zga tashlanmaydi, kam gap. Kun buyi xech nima bilan mashgul emas, o’z krovatida utiradi, 

tez-tez  ogir  xo’rsinadi.  Yuzida  gamginlik  va  xavotir  ifodasi.  Shifokor  bilan  suxbat  vaqtida 

xayajonlangan,  engil  titroq  bilan  tinimsiz  egnidagi  kiyimlarini  gijimlamoqda.  Ko’zlarida  yosh. 

Tushkun kayfiyat, uyqusizlik, o’yi haqidagi oxiri yo’k xavotirli o’ylarga shikoyat qiladi. Bemorga 

xayoti  mazmunsiz  va  keraksizdek  tuyulmoqda,  yashashda  ma’no  yo’k  deb  o’ylaydi.  quyida 

shifokor bilan bemor suxbatidan parcha keltirilgan. 

Shifokor:  nima  uchun  o’zingizni  xech  kimga  kerak  emasman,  deb  xisoblaysiz?  Uyda  siz  oilani 

boshqarayapsiz,  nevaralaringizni  tarbiyalamoqdasiz.  Siz  bo’lmasangiz  farzandlaringizga  qiyin 

bo’lar edi. 

Bemor: nevaralarim, menimcha, endi ular tirik emas... Ular yo’k! 

Shifokor: nima uchun bunday xulosaga keldingiz? Kecha o’glingiz bilan ko’rishdingiz. U   uyda 

xammasi joyida ekanligini aytdi. 

Bemor:  bilmadim...  Menimcha,  xammalari  xalok  bo’lishgan.  Doktor,  menga  nima  bo’lgan? 

Nimadir qiling, menga yordam bering... 

Depressiyaning qanday varianti haqida so’z yuritildi? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 

Bemordagi  depressiya  xaddan  tashqari  xavotirlanish  bilan  kechmoqda.  Xavotir  o’z 

ko’rinishiga ko’ra qo’rquv xissiga yaqin, biroq undan aniq yonaltirilgan ob’ektning yoqligi bilan 

farqlanadi. Xavotir qandaydir tuzatib bo’lmas falokat,  xissini u yoki bu xolat bilan boglamoqchi 

bo’ladi, baxtsizlik uning yaqinlari, o’zi bilan sodir bo’lishi mumkinligini taxmin qiladi. Xavotir 

nafakat bemorlarning gaplarida, balki, avvalambor ularning mimikasi, xulqida namoyon bo’ladi. 

Kam  xollarda  xavotirli  bemorlarning  xarakat  sust  bo’ladi.  Ko’pincha  ular  doimo  xarakatda, 

palata  bo’ylab  oldinga  va  orkaga  yuradilar,  narsalarni  qul  bilan  terib  chiqadilar.  Ushbu  bemor 

uchun aynan shunday xulq-atvor xos. Bu xavotirli depressiya. 

 

  

 



TEST 

1.

 



Depressiyaning uchligi 

A. Kayfiyatning pasayishi, fikrlashning sekinlashuvi, xaraktning pasayishi* 

V. Kutarinki kayfiyat, masxarabozlik, fikrlarning chalgishi 

       2. Depressiyaning turlari 

             A. reaktiv, nevrotik, endogen, involyustion. 

             V. astenik, anankastli, maskasimon, kuz eshli* 

 

MANIAKAL SINDROM 

Maniakal sindrom kutarinki kayfiyat (gipertimiya),  fikr tezlashuvi va xarakat tezlashuvi 

(maniakal  uchlik).  Fikrning  tezlashuvi  va  xarakat  tezlashuvi  nisbatan  sust  kechishi  mumkin  

(xursandchilik  maniyasi)  eki  aksincha,  fikrlarning  tezlashuvi  uzuk  yuluklik  bilan  kuzatiladi, 

yukori  xarakatchanlik    -  tartibsiz  xarakatlar  (aralash  maniya).  Maniakal  xolat  kupincha 

kuzgaluvchanlik, injiklik, jaxldorlik (jaxldor maniya). 



Yukorida  kursatilgan  belgilardan  tashkari  maniakal  sindromning  nisbatan  oddiy 

variantlari  kzatiladi:  maniakal  affektning  utkir  xissiy  vasvasalar  bilan  kuzatilishi  (bazan 

saxnalashtirish), utkir fantastik vasvasa (maniakal – vasvasaviy 

sindrom)  yoki  gallyustinator 

uzgarishlarning  kushilishi  (maniakal  –  gallyustinator  -  vasvasaviy  sindrom).  Maniakal  sindrom 

mezonida ba’zan uykusimon ongning nomozshomsimon xiralashuvi (oneyroid - maniakal xolat). 

Maniakal  sindrom  buyuklik  goyalari  bilan,  asosan  esa  xakikiy  vasvasani  xosil  kiladi. 

Maniakal  sindrom  kupincha  buyuklik  goyalari  bilan  kechadi,  kam  xollarda  xakikiy  vasvasalar 

kuzatiladi, uz  kechinmalari kuzatiladi. Xarakat kuzgaluvchanligi maksadga yunaltirilgan buladi 

(uta chalguvchanligi tufayli ishlarini oxiriga etkaza olmaydi). Bazan bemorlarda kaxrli maniyalar 

kuzatiladi,  sabab,  uning  bir  kator  istaklari  bajarilmasa.  Maniakal  sindrom  shubosimon  va 

rekkurent  shizofreniyada,  involyustion  psixozlarda,  maniakal-depressiv  psixozlarda,  bosh 

miyaning organik kasalliklarida.  

MASALA 


Bulim  eshigi  oldida  shifokorni  yosh  ayol  kutib  oldi.  Kuzlari  chaknagan,  kuzgalgan  va 

kayfiyati kutarinki. Xalatning ustidan yakkol kuzga tashlanib turgan bant kurinib turadi. Sochlari 

tuzgigan  ammo  bant  bilan  boglangan.  Kuzlari  va  lablari  yorkin  ranga  buyalgan.  Atrofdagilar 

bemorning nazarida juda xam xunuk va bemani tuyilyapti. Shifokorni «kulidan» ushlagan xolda 

bugik ovozlari bilan gapiryapti.  

-  Men  sizni  tezda  tanidim.Menga  kachon  javob  berasiz?  Men  soppa  sogman  fakatgina  menda 

maniakal xolat. Usul muxim emas, natija muxim. Ana u xamshira esa bugun ishga keldi, negadir 

kuylagi  osilib  kolgan.  Jumadan  keyin  esa  shanba  keladi.  Ertaga  esa  shanba,  siz  menga  javob 

berasizmi? Sizning esa fakatgina buyinbogingiz kiyshayib kolipti keling men tugirlab kuyaman. 

Sizga  xushomad  kilyapti  dib  uylamang.  Dunyoga  necha  marotaba  tushuntirildi,  birovni  ishiga 

aralashish  eng  yomoni.  Senga  bu  erda  nima  kerak!  (tusatdan  bemor  boshka  bemorga  tashlana 

boshladi,  urmokchi  buldi,  ammo  shu  zaxotiyok  yuzida  kulgu  paydo  buldi,  shifokorga  yana 

mulozamat  kilishni  boshladi).  Men  sizni  sevib  koldim,  nima  bubdi.  Sevgi  bu  chuchkalik.  Men 

yana talaba Leshani  xam  sevaman.  U  meni kurgan imeni oldimga kecha keldi.  Men unga  she’r 

ezib kuydim, xoxlaysizmi ukib beraman? – va x.k. Bulimda  bemor  xamma ishlarga aralashadi, 

xech  kimga  tinchlik  bermaydi.  Bemorlarni  yigib  uyin  kulgu  kiladi  va  kuylar  kuylaydi.  Katta 

mikdorlarda  neyroleptik  dori  vositalari  kilinsa  xam  kuzgalish  kupirovat  kilinmaydi.  Bemorda 

kanday xolat? 

TUGRI JAVOB NAMUNASI 

 Maniakal sindromning uchligi kuzatiladi. Birinchidan – kutarinki kayfiyat. Bemorda bu 

xolat  nafakat  mimikasida  balki,  xarakatlarida  xam  kuzatiladi  (namoyishkorona  kiyinadi,  juda 

xushchakchak,  raksga  tushadi,  kuylaydi).  Shu  bilan  birgalikda  kaxr,  gazab  va  agressiya  xam 

kuzatiladi. Ikkinchidan – tafakur tezlashishi. Bemor  sergap,  fikrlari  biridan  ikkinchisiga  sakrab 

ketadi.  Fikr  ketma  –  ketligining  buzilishi  kuyidagi  suzlarda  kuzatiladi:  «Jumadan  oldin  shanba 

keladi.  Ertaga  shanba…».  Shu  suzlari  ketidan  bir  kancha  makollarni  aytib  tashlaydi. 

Uchinchidan,  xarakat    faolligining  oshishi.  Bu  xolat  bemorning  barcha  ishlarga  uzini  urib 



ketishidan kuzatiladi. Shu bilan birgalikda jinsiy mayllarini xam oshishi kuzatiladi. Bu maniakal 

sindrom. 

Savol 

1.

 



Maniakal sindromni gebefren sindromdan farklang. 

2.

 



Maniakal sindromni asasiy simptomlarini sanab bering. 

IPOXONDRIK SINDROM 

Ipoxondrik sindromlar (ipoxondriya) xilma-xil. O’z salomatligiga xaddan tashqari e’tibor, 

soglik  uchun  xavotir    ,  doimiy  shubxalar,  tuzalmas  kasallik  bilan  ogrib  qolishdan  ko’rkish  – 

shilqim    ipoxondriya  orqali  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Boshqa  xolatlarda  doimiy  xolsizlikka, 

tananing turli qismlarida ogriqlarga, tuzalmas ogir kasallikak duchor bo’lgani, tushkun kayfiyat- 

depressiv ipoxondriyani tashkil qiladi.  Kasallikni tasdiqlovchi turli dalillar bilan kechganida esa 

bu   - paranoyyal ipoxondriya deyiladi.   Nixoyat, u  ko’plab  senestopatiyalar yoki ta’sir qilish 

vasvasasi, kimdir tomonidan o’qitilganligi, sexru-jodu qilinganligi, bilan kechuvchi senestopatik 

avtomatizm - paranoid ipoxondriya ko’rinishida yuzaga keladi. 

Ipoxondrik sindrom nevrozlar, psixopatiyalar, shizofreniyada uchrashi mumkin. 

MASALA 

Bemor N., 35 yosh, slesar. Bir necha oylar mobaynida ishlamaydi, doimo turli xil shifokorlarga 

yordam  so’rab,  murojat  qiladi.  Xolsizlik,  ishtaxaning  yo’qligi,  uyqusizlikga  shikoyat  qiladi. 

Tanasining  barcha  qismlarida  ko’plab  noxush  sezgilarni  xis  etadi:  nafas  olishga  qiynaladi, 

yuragiga «guyo qaynoq nimadir quyilgandek» va u yorilib ketish arafasida. Qandaydir issiqlikni 

xis  qiladi,  boshi  «achishishi»,  to’la  mix»,  ekanligi  tomirlarida  qon  qotib  qolgandek,  tanasi 

bo’ylab  «ignalar  yugurmoqda».  Bemorda  tekshiruvlar natijasida  ichki  a’zolar  tomonidan  xech 

qanday  patologik  o’zgarishlar  aniqlanmadi.  Tekshiruvlarning  manfiy  xulosasiga  qaramay, 

bemorda xavotir, o’zida qandaydir jiddiy kasallik mavjudligini taxmin qilmoqda. 

Bu qanday xolat? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 

Ushbu  xolatda  bemorning  o’ylari  qandaydir  ogir  kasallik  haqida,  o’z  salomatligi  uchun 

asoslanmagan  xavotir  tanadagi  ko’plab  noxush  sezgilar  bilan  qo’shilib  keladi.  Soxta    somatik 

sezgilarni  (senestopatiyalar)  yashirin  somatik  kasallikning  klinik  belgilaridan  farqlash  qiyin. 

Ichki  a’zolar  tekshiruvlaridan  olingan  kasallikni  inkor  etuvchi  ma’lumotlar  e’tiborga  olinishi 

zarur.  Biroq  bu  etarli  emas.  Xar  bir  psixiatr-  shifokorga  shunday  ko’plab  xolatlar  ma’lumki, 

«senesto-ipoxondrik  sindrom»li  bemorlar  mukammal  va  malakali  somatik  tekshirilganda, 

bemorda  avval  aniqlanmagan  ichki  a’zolar  kasalliklari  topilgan  (surunkali  pankreatit, 

buyraklardagi  kistalar  va  x.)  va  ular    noxush  sezgilarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo’lgan. 

Shuning  uchun,  senestopatik  sezgilarning  o’ziga  xosligiga  e’tibor  qaratish  lozim.  Ular, 

birinchidan,  azobli  xis  ekanligi  bilan  xarakterlanadi  (bemorninng  aytishicha:-  «bu  ogriq  emas, 

lekin  ogrikdan  yomon»).  Ikkinchidan,  ular  aniq  lokalizastiyaga  ega  emas.  Uchinchidan, 

kechinmalarning  o’ziga  xosligi  sababli,  bemorni  ularni  turli  obrazli  taqqoslashlar  orqali 

tasvirlaydi  («Xashamatli  obrazli  taqqoslash»).  Masalan,  bemor  o’z  sezgilarini  tanada  ignalar 

yugurgani,  boshi achishishi va x. lar bilan taqqoslaydi. Bu  ipoxondrik sindrom. 

    


 

 

ShILQIM HOLATLAR SINDROMI 



Shilqim  Holatlar.  Bu  Holatlarning  klinik  manzarasida  shilqim  Holatlar  ustunlik  qiladi, 

ayrim  vaqtlarda  ular  yagona  belgi  bo’lib  Hisoblanishadi:  turli  xil  fobilar,  xavotirli  shubHalar, 

rituallar,  «aqliy  saqich»  va  H.  Ayrim  vaqtlarda  bemorni  shilqim  Holatlarning  bir  turi  bezovta 

qilsa,  boshqa  Hollarda  ular  turli  tuman,  ritual  Harakatlar  bilan  murakkablashgan.  Shilqim 

Holatlar ko’pincha juda darajada intensiv  bo’ladiki, bemorlar  meHnatga layoqatsiz, uy ishlarini 

bajarish, atrofdagilar  bilan  muloqotda bo’lish  va odatdagi Hayot  bilan yashash imkonidan Ham 

maHrum  bo’ladilar.  Tushkun  kayfiyat  umidsizlik,  ruxiy  etishmovchilik,  ipoxondrik  shubHa 

Hislari  bilan  ustunlik  qiladi.  Ko’p  Holatlarda  bemorlarning  Hulqida  pedantizm  va  nutqida 

quyushqoqlik kuzatiladi. 

Shilqim Holatlar (obsessiyalar) 

Shilqim  Holatlar  mazmuni  (obsessii  -    obsido  so’zidan  –  kamrab  olish)  fikr,  tasavvur, 

xotira,  shubHa, qo’rquv, intilish,  faoliyat, Harakatlarni  majburiy,  nasilstvennom,  engib bo’lmas 

yuzaga  kelishidan  iborat.  Insonlarda  bu  xolatga  nisbatan  tanqid  saqlanadi.  Shilqim  Holatlarga 

(aqliy  saqich), shilqim  sanash,  xotirada unutilgan ism,  familiyalar,  terminlar, ta’riflarni  shilqim 

tiklash,  so’zlarni  bo’ginlarga  ajratish  kiritiladi.  Shilqim  xotiralar  yopishkok,  buysinmaydigan, 

avvalda  bulib  utgan  vokea  xotiralarni  eslash  bilan  kuzatiladi.  Bu  xotiralar  azoblantiruvchi  uyat 

Hissi,  afsuslanish  bilan  kechadi.  Unutishga,  eslamaslikga  qaratilgan  barcha  Harakatlar  puchga 

chikadi.  Shilkim  xisiyotlar antipatiya – ixtiyorga  buysinmagan  xolda  vaziyatga  mos  bo’lmagan 

xolda  xayrixoxlik  kiladi  v  yakin  insoniga  nisbatan  gazab  chakiradi.  Shilqim  mayllar 

(kompulsiyalar)  –  aql,  iroda  va  Hissiyotlarga  qarshi  qandaydir,  ma’nosiz,  ko’pincha  xavfli 

Harakatlarni amalga oshirishga  intilish. To’satdan ko’chadagi  o’tkinchilarni urish, Haqoratlash, 

jamoat  joylarida    so’kinish,  yuqori  qavatlardan  odamlarning  boshiga  ogir  narsalarni  tashlash 

istaklari paydo bo’ladi va H. Shilqim mayllar, odatda, amalga oshirilmaydi. Shu xususiyati bilan 

u  impulsiv Harakatlardan  farqlanadi. Shilqim  qo’rquvlar (fobiya) – ma’noga ega bulmasa  xam 

ulardan kutilishga xarakat kiladi. Bemorlarda qamrab oluvchi engib bo’lmas qo’rquvlar kzatiladi.  


Fobiyalar  mazmuni, insonlarning real  xavotirlari kabi,  judayam  xilma-xil. Shilqim  shubHalar  - 

yopishkok,  bajaralayotgan  vokea  xodisalar  ixtiyorga  buysinmagan  xolda  yuzaga  keladi. 

Kandaydir  bir  narsalarni  kayta  kayta  tugri  yoki  notugriligini  tekshirish  uchun  takrorlaydi.  Bir 

necha  marotaba  tekshirsa  xam  kungli  joyiga  tushmaydi.  Shilkim  shubxalar,  shilkim  xavotirlar 

shilkim  xaraktlar  ketma  ketligini  olib  keladi.  Shilqim  Harakatlar  bir  xil  namoyon  bo’lmaydi. 

Ularning ayrimlari fobiyalar bilan namoyon bo’lmaydi, boshqalari esa – ular bilan yoki shilqim 

shubHalar bilan bir vaqtda yuzaga keladi va rituallar deb ataladi. 

Birinchi  turdagi  shilqim  Harakatlarga  Hoxish-istaklarga  qarshi  bajariladigan  Harakatlar 

kiritiladi.  Giperkinezlardan  farkli  ravishda,  ixtiyorsiz  va  irodaga  buysinmaydigan  xarakatlar 

kuzatiladi.  Ayrim insonlar  ba’zida  vakti –  vakti bilan tepa  labini pastki labi bilan artib kuyadi, 

ba’zilari  kullari  bilan  yuzlarini  ushlaydilar,  boshkalari  yanoklarini  ushlaydilar,  yana  kimlardir 

tinmay  sochlarini  tekislaydilar,  buyinlarini  aylantiradilar,  kuzlarini  kisadilar,  oyoklarini 

shikillatadilar.  Shilkim  xarakatlarga  kushimcha  suzlarni  kuyish  bilan  “demak”,  “tushunarli” 

suzlarni  kushish  bilan  kuzatiladi.  Amalga  oshirilmagan  shilqim  Harakatlar  ongda  ustunlik 

qilishni boshlaydi, bajarilmaguncha chalgitaveradi. 

Rituallar  –  shilkim  xarakat  va  xolatlar,  fobiyalar  bilan  birgalikda  xosil  buladi,  shilkim 

shubxalar  uz  navbatida  xarakatlar  bilan  ximoyalanish  kuzatiladi.  Bular  akilga  sigmagan  xolda 

buladigan noxushliklarni oldini oladi dib biladi. Ulimdan kurkan xolda uydan chikishdan oldin, 

uch  marotaba  oynasidan  karab  sungra  kuchaga  chikadi,  yuu  bilan  ulimning  oldini  olmokchi. 

Obsessiv  sindrom  nevrotik  buzilishlarda,  psixopatiyalarda,  sust  kechuvchi  shizofreniya, 

psixozlar  debyutida  kuzatiladi.  Vasvasa,  o’ta  qimmatli  goyalar,  ruHiy  avtomatizmlar, 

paroksizmal Holatlar bilan qiyosiy tashHis o’tkazishni talab qiladi. 

MASALA 

Bemor  O.,  42  yosh,  injener.  Bir  kuni  ishidagi  noxushliklardan  so’ng,  o’zini  yomon  His 

qildi, yurak soHasida ogriq, xansirash paydo bo’ldi. Tez yordam shifokori tomonidan qo’yilgan 

tashHis: miokard infarkti – keyinchalik inkor etildi. Biroq shu vaqtdan boshlab bemorni istalgan 

vaqtda yiqilishi va o’lishi Haqidagi fikrlar ta’qib qila boshladi. Bu xavotirli fikrlar bemor dim 

xonada  yoki  odamlar  zich  to’plangan  joylarda  bo’lganda  kuchayib  bordi.  Shu  sababli  u 

tramvaey,  avtobusda  yurmay  qo’ydi,  vagonlarning  eshiklari  yopilgan  zaHoti,  bemorni 

nepreodolimыy  strax  smertbutun  fikrini  egallab  olardi.  Bemor  uzoq  vaqt  barchadan  o’zining 

ogir kechinmalarini yashirib yurdi, turli baHonalar bilan majlislarda qatnashishdan bosh tortib 

yurdi,  kinolarga  bormadi.  Keyinchalik  yangi  qo’rquv va  xavotirli  fikrlar  paydo bo’ldi.  Ertalab 

uydan  chiqa  turib,  qo’rquv  bilan,  aynan  shu  vaqtda  ish  joyida    uning  aybi  bilan  katta 

avtoHalokat  sodir  bo’lganligini  o’yladi.  Mexanizmlar  sozligini  qayta-qayta  ko’rikdan  o’tkazdi, 

texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini tekshirdi, shu sababli asosiy ishiga ulgurolmay 

qoldi.  Shunday  kunlarning  birida,  ishga  ketayotgan  vaqtida,  bemor  temir  yo’lni  kesib 

o’tayotganda,  uning  miyasiga  fikr  keldi:  agar  u  sekin  Harakatlanayotgan poezd  vagonlarining 

tagidan o’ta olsa, ish joyida Hammasi tartibda bo’ladi. Keyinchalik bemor bir necha marotaba, 

Hayotini xavfga qo’yib, buni amalga oshirdi. Oxir oqibatda bu Holatlarning barchasi bemorni 


shifokorga  murojaat  qilishga  majbur  qildi  va  u  ruHiy  stastionarga  yotqizildi.Ushbu  yoritilgan 

kasallik manzarasini qaysi ruHiy patologiyaga kiritish mumkin? 

TO’GRI JAVOB NAMUNASI 

Ushbu  keltirilgan  Holatda  shilqim  Holatlar  sindromining  barcha  asosiy  xususiyatlari 

mavjud:  ma’lum  bir  fikr,  qo’rquv,  xavotirlarning  doimiyligi  va  turgunligi,  ular  bilan  bemor 

tinimsiz  kurashadi  va  ularning  asossizligini  bemorning  o’zi  yaxshi  tushunadi.  Bu  fikr  va 

qo’rquvlar  bemorning  ongini  egallagan,  majburiylik  xarakteriga  ega.  Fikrlar  tegishli  rituallar 

bilan kechadi, bularga bemorning quyidagi xavfli Harakatlarini misol qilish mumkin.Bu shilqim 

Holatlar  sindromi. 

Savol 

1.

 



Shilkim xolatlar kanday xolat xisoblanadi. 

2.

 



Shilkim xolatlar sindromining asosiy simptomlarini sanab bering. 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin