O’zbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Psihiatriya va narkologiya kafedrasi «Psihopatologik sindromlar to’plami»



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix21.01.2017
ölçüsü0,83 Mb.
#5956
1   2   3   4

PSIXOORGANIK SINDROM 

Umumiy  ruhiy  holatni  xotira  pasayishi,  anglashni  susayishi  va  affektni  nazorat 

qilolmaslik(Valter-Byuel triadasi) bilan xarakterlanuvchi holat. Bemorlarda eslab qolish buziladi, 

juda  parishonxotir  bo’lib  qolishadi;  yaqin  o’tmishdagi  voqealarni  unutishadi,  anglash  xajmi  va 

aniqligi kamayadi, tushunchalari kambaallashadi. Bemorlar mantiqsiz bo’lib qoladi, fikr yuritishi 

susayadi,  vaziyatga  moslashish  qiyinlashadi.  Assostiativ  jarayonlar  sustlashadi,  perseverastiya 

(fikrlashning  tiqilib  qolishi)  kuzatiladi.  Affekt  juda  o’zgaruvchan,  ba’zida  jizzakilik  oshib, 

azablanish  darajasigacha  boradi.  Affektiv  labillikda  ba’zan  eyforiya,  boshqasida  –  depressiya 

ustunlik qiladi, eng ko’p o’tkinchi qo’zaluvchanlik uchraydi. Psixoorganik sindromning engil va 

o’rta  oir  darajasida  yuqorida  keltirilgan  simptomlar  bilan  birga,  vaxima  oyalar  va  verbal 

gallyustinastiyalar  uchrashi  mumkin.  Bemorlarning  o’z  o’ziga  tanqidi  ko’pincha  butunlayq, 

ba’zida qisman yoki biroz saqlangan bo’ladi. 

Keltirilgan  ruhiy  faoliyatning  umumiy  o’zgarishlari  ko’pincha  o’choqli  sterebral 

(nevrologik)  buzilishlar  (afaziya,  agnoziya,  paralich  v.b.)  kuzatiladi.  Bundan  tashqari, 

psixoorganik sindromni o’zi bir qator lokal bosh miya ruhiy buzilishlarini qamraydi. Shu sababli 

hamisha shartli ravishda peshona, ustun va boshqa sindromlar ajratiladi. 

Peshona  bo’lak  zararlanganda  boshqa  psixoorganik  sindromlar  qatori  istakni  yo’qolishi, 

maqsadsizlik,  adinamiya,  apatiya,  ba’zida  akineziya  va  mutizm  (apatiko-abulik  sindrom) 

kuzatiladi.  Bunday  holatni  kam  hollarda  qarama    qarshi  holat:  maylni  ortishi,  noaxloqiy  hatti 

harakatlar, tanqidni yo’qolishi,  eyforiya,  qo’pol  hazillarga  moyillik,  o’z  shaxsiy  imkoniyatlarini 

yaqqol bo’rtirib ko’rsatish (moriya) almashtiradi yoki biroz vaqt davomida ustunligi kuzatiladi. 

Miya  ustuni  zararlanganda  mayl  va  affekt  susayishi,  ruhiy  faoliyatni  qiyinchilik  bilan 

ishlashi  (bradifreniya)  kuzatiladi.  qarama-qarshi  o’zgarishlar  -  mayl  ortishi,  impulsiv  hatti 

harakatlar  va  affektiv  qo’zaluvchanlik  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.Oraliq  miya  zararlanishida 

ruhiy  quvvatni  yo’qotilishi,  doimiy  charchoq,  apatiya,  depressiya,  uyquchanlik  kuzatiladi.  Bir 

qancha holatlarda polyar buzilishlar - eyforiya, disforiya, affekt va maylning qo’pol ko’rinishlari 

uchraydi.  Ushbu  hududning  zararlovchi kasallik  xususiyatiga ko’ra tegishli  endokrin  va  modda 

almashinuvi  buzilishlari  kuzatilishi  mumkin.  Tasvirlangan  o’choqli  buzilishlarning  maxsusligi 

juda nisbiydir. Ularni tor doirada emas, balki funkstional-biologik aspektda ko’rib chiqish kerak 

[Walther-Buel H., 1951]. 

Psixoorganik sindrom nomidan ko’rinib turibdiki, bosh miya organik zararlanishida kelib 

chiqadi.  Zararlanishning  tabiatiga  ko’ra  u  o’tkir  (jarohat,  insult),  ongning  xiralashuvi  bilan 



kechuvchi  (oir  zaharlanishlar,  gipoksiya)  bo’lishi  mumkin,  ammo  ko’pincha  doimiy 

rivojlanishda  (  bosh  miya  o’sma  kasalliklari  v.b.)  kuzatiladi.  Uning  keyingi  ahvoli  ham  o’sha 

kasallikkka  boliq:  biroz  yaxshilanishi,  istisno  hollarida  ruhiy  faoliyatning  to’la  tiklanishi  yoki 

jarayon  cho’zilib,  surunkali  shaklga  o’tishi  mumkin.  Bosh  miyaning  organik  zaralanishi  o’sib 

borsa, ruhiy ko’makka muhtojlik oshaveradi va aqliy zaiflik darajasiga boradi. 

MASALA. 


Bemor  A.,  52  yosh,  ishchi.  Ko’p  yillar  davomida  psixonevrologik  dispanser  nazoratida 

turadi. Kasalligini Armiyada olgan bosh miya qontuziyasi bilan bolaydi. Bosuvchi xarakterdagi 

bosh  oriqlariga,  holsizlikka,  tez  charchashga,  jizzakilikka  shikoyat  qiladi. Uyda  bezovtalanadi. 

Ayolining har bir so’zida o’ziga qaratilgan kamsitishlarni, harakatlarida hurmatsizlikni ko’radi, 

bolalarning shovqini jizzakiligi oshishiga olib keladi. Bir kuni tramvayda undan bir necha marta 

chipta  olganligin  so’raganda  janjal  ko’targan,  qo’pol  so’kingan,  yo’lovchilar  bilan 

yoqalashgan.  Milistiya  bo’limiga  olib  kelinganda  o’zini  boshqarolmay  yilab  yuborgan  va 

kechirim  so’ragan.  Dispanserdagi  qabulda  bemor  kayfiyati  tushkun,  xavotirli,  ko’zlarida  yosh, 

yuzi qizil dolar bilan qoplangan. O’zini nazoratsizligini kasallik tufayli ekanligini a’lo darajada 

tushunadi,  ayoli  va  bolalariga  achinadi,  vrachdan  yordam  berishini,  nimadir  tinchlantiruvchi 

dori  yozib  berishini  iltimos  qiladi.  So’rovlarda  aniqlanishicha  bemor  yurganda  ba’zida  oyoq 

ostida  «pol  chayqalishi»ni  sezadi;  bunda  o’zini  odatdagidan  engil,  xuddi    pardek  his  qiladi. 

O’ringa yotganda bir necha marta krovati bilan xudi «to’lqin» kabi tebranayotganini, yuqoriga 

ko’tarilayotgani yoki ship unga tushib kelayotganini his qilgan. Bir necha marta oyoqlari xuddi 

uzayib ketganday tuyulgan. Oyoqlarini ko’rib, paypaslagach hammasi o’z holidaligiga ishongan, 

ammo  bu  tuyu  o’tib  ketmagan.  Bir  kuni  buni  yolonligini  unutib,  o’z  imqoniyatlarini  yuqori 

baholab  keng  ko’lmakdan  sakramoqchi  bo’lgan,  ammo  suvga  tushgan.  Tunlari  qo’rqinchli 

tushlar tufayli uyqusi buzilganligin aytadi. Bir necha marta oqshomda nimqoroni xonasida ko’zi 

oldida  suzuvchi  odamchalarni,  qo’irchoq  teatri  o’yinchoqlarini  eslatuvchi  jismlarni  ko’rgan. 

Bunda qo’rquv emas, balki qiziqishni his qilgan, «tasavvur o’yini» deb bilgan. Ba’zida qoroni 

xonada uning yonidan shovqinsiz odam o’tib ketganday tuyuladi. Bu nima? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI. 

Keltirilgan  sindrom  murakkab,  o’ziga  bir  qancha  element  –simptomlarni  qamragan. 

Shuning  uchun,  holatni  to’liq  yoritish  uchun    asosiy  diqqatni  markaziy  asab  tizimi  organik 

zararlanishini  ishonchli  tarzda  ko’rsatuvchi  simptomlarga  qaratish  kerak.  Bunga  vestibulyar 

simptomlar kiradi: fazoda mo’ljal olishning buzilishi - optiko-vestibo’lyar buzilish (oyoq ostida 

«pol chayqalishi», shipning tushishi, bemor o’zini engil his qilishi, go’yoki bo’shliqda uchishi – 

bularning  bari  vaznsizlik  holatida  yuz  berishi  kerak  voqealar).  Bu  erga  o’ng  chakka  bo’lagi 

po’stloq  qismi  va  dienstefal  soha  zararlanganda  uchrovchi  tana  tuzilishini  buzib  anglanilishi 

(oyoqlarning «uzayishi») kiradi (M.O. Gurevich). Va nihoyat, bosh miya retikulyar formastiyasi 

jarohatlanganda  uchrovchi  o’ziga  xos  qoroni  xonada  va  «tasavvur  o’yini»ni  eslatuvchi  ko’ruv 

gallyustinastiyalari  (Lermitt  pedunkulyar  gallyustinozi)  kiradi.  Barcha  simptomlar  qo’shilishib, 

umumiy psixoorganik sindromni tashqil qiladi. 


 

 

KORSAKOV SINDROMI 

Korsakov sindromi - amnestik sin-dromning bir kurinishidir. Asosi bulib bulayotgan voka 

xodisalarni  eslay  olmaslik kuzatiladi (fiksastion amneziya) u  yoki  bu  saklangan  saklangan  eski 

xotiralarning  foni.  Bu  bilan  birgalikda  muljal  buzilishi  xam  kuzatiladi  (amnestik 

dezorientirovka).  Birinchi  urinda  vaktga  nisbatan  muljal  buziladi.  Bundan  tashkari  atrofga  va 

zamonga  xam  muljal  buziladi.  Yana  bir  asosiy  siptom  -  paramneziya,  asosan  konfabulyastiya 

yoki  psevdoreminisstenstiya  kurinishida,  yana  kriptomneziya  xam  kuzatilishi  mumkin. 

Paramneziya  –  yolgon  xotira.  Konfabulyastiya  –  yolgon  xotira.  Kriptomneziya  –  xotiraning 

aynishi, eshitgan, kurgan, bilganlarini uziniki kilib olishi. Sindrom birinchi bulib S.S. Korsakov 

(1889)  tomonidan  mustakil  kasallik  sifatida  aniklangan  (enstefalopatiya),  surunkali  alkogolizm 

natijasida yuzaga keladi deb bilingan. Keyinchalik kuzatuvlardan shu ma’lum buldiki, bir kancha 

bosh  miya  kon  tomir  kasalliklarida  xam  kuzatilganligi  ma’lum  buldi.  Bir  kancha  mualliflar 

korsakov  va  psixoorganik  sindrom  orasida  fark  borligini  ma’lum  kildilar  (E.  Bleuler,.  K. 

Jaspers).  

Korsakov  sindromida  xotiraning  xozirgi  va  avvalgi  vokealarga  nisbatan  tulik  yukolishi 

kuzatiladi.  Barcha  yangi  kechinmalar  bir  vaktning  uzida  uchib  ketadi.  Bu  erga  kaerdan 

kelaganlari, bugun xaftaning kaysi kuni, atrofida kimlar, nechanchi yil, kim bilan gaplashgandi, 

kimlarni  kurdi,  nima  istemol  kildi,  va  x.k.  Kasallik  boshlanishidan  avval  barcha  vokea  va 

xodisalar  yodida  buladi.  Shu  bilan  birgalikda  amaliy  kunikmalar  xam  saklangan  buladi. 

Bemorlarda  konfabulyastiya  shakllanadi.  Konfabulyator  chalguvchanlik  vakt,  zamon  va 

makonga  nisbatan,  shu  bilan  birgalikda  insonlarni  xam  yoddan  chikaradi.  Natijada  fikrlarning 

uzuk  yulukligi  kuzatiladi  va  ongning  nomozshomsimon  xiralashuvidan  farklash  lozim  buladi. 

Ongning  nomozshomsimon  xiralashuvida  atrofdagi  narsalarni  notugri  idrok  eta  boshlaydilar. 

Konfabulyator  chalguvchanlikda  esa  –  narsalarni  anik  va  tinik  keltiradilar.  Gallyustinastiya  va 

illyuziyalar 

kuzatilmaydi, 

yakkol 


namoyon 

buladigan 

inkogerenstiya 

kuzatilmaydi. 

Inkogerenstiya – nutk va fikr bogliqsiz, assosastiya, analiz, sintez buziladi, atrofni tuliklik bilan 

anglash  buziladi,  nutk  tuturiksiz  va  grammatik  va  ma’no  jixatidan  notugri  tuziladi.  Korsakov 



sindromida  xolsizlik,  uta  charchash  va  ba’zan  eyforiya  kuzatiladi.  Korsakov  sindromi  alkogol 

komponentli korsakov psixozini tashkil kiladi.  

MASALA 

Bemor  F.,  72  yosh,  pensioner.  Bir  necha  xaftadan  beri  ruxiy  kasalliklar  kasalxonasida 

davolanadi.  Ung  kuzining  kurishi  sustligiga  shikoyat  kiladi.  Boshka  shikoyatlari  yuk.  Bulimda 

tinch,  bemorlar  bilan  bir  nimalar  xakida  suxbatlashadi.  Shifokor  bilan  gaplashaganda 

shirinsuxan va muloyim.   Muloyim kurishadi va xozirgina shifokor bilan suxbatlashagan bulsa 

xam yana kurishadi. Eshikni ochib bir necha marotaba okulist kelidmi yukmi suraydi. Oy, vakt 

va  xaftani  bilmaydi,  aytib  bera  olmaydi.  Ok  xalatda  yuragnlarni  kurib  kasalxonada  bulsam 

kerak,  lekin  aysi  kasalxonada  va  nimaga  olib  klishganligini  bilmaydi.  Aytishicha  kechagina 

kishlokdan kelgan, «otini kuchaga boglab kuygan, xozirgina borib em berib keldim» - deyapti. 

Professor maslaxatidan kaytgach – professor uni shampan vinosi bilan mexmon kilgan, bunday 

bo’lmagan  desalar  jaxli  chikardi.  Yoshligi  xakida  gapirishni  yaxshi  kuradi.  maktab  davrlarini 

eslaydi,  Ulug  Vatan  urushi  davrlarni  esladi.  Farzandlarni  ismlarini  biladi,  amma 

nabiralarinikini ayta olmaydi, yanishtiradi. Sindrmning nomi? 

 TUGRI JAVOB NAMUNASI 

Korsakov  amnestik  sindromining  barcha  simptomlari  kuzatiladi.Xozir  kechayotgan 

vokealarni  unitib  kuyishi,  yangilarini  unitishi  va  eskilari  xali  saklanganligi  kuzatiladi.  Eslab 

kolish  bilan  birgalikda  vaktga  nisbatan  muljal  buziladi  (psevdoreminisstenstii)  yoki  bulmasa 

xotiraning  bush  joyini  fantastik  uydirmalar  bilan  tuldiradi  (konfabulyastii).  Xotiraning  kupol 

buzilishi  bemorni  ruxiy  buzilishiga  olib  keladi.  Vakt  va  zamonga  nisbatan  muljal  buzilishi 

(amnestik  dezorientirovka),  xatti  xarakatlari  buziladi,  moslashish  kiyinlashadi.  Barcha  xolatlar 

akli zaiflashuvidan dalolat beradi.  

Savol 


1.

 

Korsakov amnestik sindromini korsakov psixozidan farklang. 



2.

 

Korsakov sindromining asosiy sipmtomlarie 



ONGNING NAMOZSHOMSIMON QORONULASHUVI 

  

Bu  buzilish  to’satdan  kuzatiladi,  odatda  uzoq  davom  etmay  xuddi  shunday  yo’qoladi  – 



shuning  uchun  tranzitor,  tez  o’tuvchi  deb  baholanadi.  Bu  sindromga  gallyutsinoz  va  o’tkir 

«obrazli»  vasvasa  rivojlanishi  bilan  kechuvchi  atrof  muhitga  chuqur  dezorientastiya,  qayu 

affekti, azab va qo’rquv, jazavali qo’zalishlar  yoki tashqi odatiy xulq qo’shilib kelishi xosdir. 

  

Vasvasa,  gallyutsinatsiya  va  zo’riqqan  affekt  ta’siri  ostida  bemor  to’satdan  juda  xavfli 



harakatlarni  amalga  oshiradi:  dushman  sifatida  qabul  qilgan  yaqinlarini,  begona  shaxslarni 

vahshiylarcha  o’ldiradi  yoki yaralaydi;  qo’liga tushgan  narsani  ongsiz ravishda  parchalaydi,  bir 

hamla bilan jonli va jonsiz narsalarni yo’qotadi. 

Ongning  namozshomsimon  qoronilashuvi  xuruji  ko’pincha  chuqur  uyqu  bilan 

almashinadi. 

Shu  vaqtdagi  xotira  butunlay  yo’qoladi,  qilingan  ishlarga  ba’zida  oir  jinoyatlariga  (yaqinlarini, 

bolalarini  o’ldirish)  boshqa  birov  qilganday qaraydi. Bunda nafaqat  haqqoniy  voqealarga, balki 

qarama qarshi o’laroq deliriyga, oneyroidga va sub’ektiv kechinmalarga ham xotira saqlanmaydi. 



Ong namozshomsimon qoronilashuvining bir qancha hodisalarida vasvasa va gallyutsinatsiya bir 

necha  minut  saqlanadi,  ammo  keyinchalik  batamom  yo’qoladi  (retardirlangan,  kechiquvchi 

amneziya). 

Ong namozshomsimon qoronilashuvining quyidagi variantlari bor: 

Vasvasa varianti: bemor xulqi ko’rinishidan odatiy, ba’zida diqqatni nazoratning, asosan 

jamlangan  diqqat  va  jimjitlik  bo’lishi  yo’qligi  tortadi.  Bu  vaqtda  bemor  tomonidan  amalga 

oshirilgan  ishlar  oldindan  tayyorlangan  va  rejalashtirilganday  fikr  uyotadi.  Bemor  ongi 

tiniqlashgach,  ushbu  holatni  birov  qilganini  takidlaydi.  Sinchkovlik  bilan  so’raganda  ong 

xiralashuvi davridagi vasvasa oyalar to’risida ma’lumot olish mumkin. 

Gallyutsinator variant gallyutsinator kechinmalar, agressiya va yaqqol buzunkor harakatli 

qo’zalish holati bilan kechadi. Ong qornilashuv holati bir qancha darajada bo’lish mumkin. Ba’zi 

hollarda  bemorlar  atrof  muhitga  elementar  mo’ljal  olib,  o’z  yaqinlarini  taniydi,  o’zlikni 

anglashni  qismlari  ko’riladi.  Vasvasa  oyalar,  gallyutsinatsilar  bo’lmasligi  yoki  o’tkinchi 

epizodlar  ko’rinishi  mumkin.  Qayu  affekti  va  qo’rquv  yaqqol  ifodalanadi.  Ongning  bunday 

xiralashuvi mo’ljal saqlangan (disforik) ongning  namozshomsimon qoronilashuvi deyiladi. 

Ongning namozshomsimon qoronilashuvi ko’proq epilepsiyada, bosh miya jarohatlarida, 

episindrom  bilan kechuvchi bosh  miya organik zararlanishlarida, kamdan  kam hollarda – o’tkir 

simptomatik, shu jumladan intoksikastion psixozlarda uchraydi. 

MASALA. 


Bemor  K., 36 yosh, milistiya xodimi.  Kasalxonaning sud-psixiatriya bo’limiga dastlabki 

qamov  kamerasidan  olib  kelindi.  Doimo  odatdagida  intizomli  shaxs  bo’lgan.  Bir  kuni 

odatdagiday  ertalab  ishga  ketish  uchun  otlanayotganda  qurolini  olgan,  ammo  to’satdan 

jazavada «Dushmanni ur!» deya hayqiri ko’chaga yugurib chiqqan. Qo’shnilari uning baqirgan 

holda  kvartal  bo’ylab  yugurganini  ko’rishgan.  Shu  joyda  o’q  ovozi  eshitilgan.  Atrof 

tinchlangach,  hushiga  kelgan  qo’shnilar  milistiya  chaqirgan.  Bemor  qo’shni  kvartalda  hibsga 

olingan,  bunda  qattiq  qarshilik  ko’rsatgan.  Jazavaga  tushib,  rangi  oqargan,  «dushman»larga 

qarata do’q po’pisa qilgan. Undan biroz narida jabrlanuvchilar  yotgan. Taxminan 1 soatlardan 

so’ng milistiyada o’ziga kelgan. Uzoq vaqt davomida sodir qilgan jinoyatiga ishonmagan. Uyida 

bo’lgandan tashqari barcha voqealar xotirasida saqlanib qolmagan. Bo’lib o’tgan voqeani to’la 

anglagach,  chuqur  iztirobga  tushib,  o’z  joniga  qasd  qilmoqchi  bo’lgan.  Bemordagi  bu  holat 

nima deb ataladi? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 

Tasvirlangan holat  ongning namozshomsimon  qoronilashuvining  barcha qismlariga  mos 

keladi.  To’satdan  boshlangan,  uzoq  davom  etmagan,  ong  xiralashuvining  barcha  davrlarini 

amneziyasi bilan tanqidiy yakunlangan. Bemorning bu davrdagi kechinmalarini faqatgina uning 

qilmishlari orqali fahmlashimiz mumkin. Faktlar shundan dalolat beradiki, ong buzilishi yaqqol 

idrok  vasvasasi,  balki  uzluksiz  gallyutsinatsiyalar  bilan  kechgan.  Bularning  bari  kuchli  azab 

affekti,  jazava  va  o’ylovsiz  agressiv  harakatlar  bilan  amalga  oshirilgan.  Gallyutsinator-vasvasa 

kechinmalari va psixomotor qo’zalish ushbu holatni ambulator transdan farqlab turadi. 


 

Test 


Ongning namozshomsimon xiralashuvida uchraadi: 

 1.  A. gipermneziya 

  B. dezorientirovka* 

  C. o´tkir boshlanishi* 

  D. tranzitorlik* 

  E. qo´rquv, qaxr-gazab vaxima affektlari* 

  F. yopishqoq fikrlar 

2. Ongning namozshomsimon buzilishiga  xos: 

 A. vasvasa* 

 B. ruxiy avtomatizm 

 C. gallyustinastiyalar* 

 D. siqilish, qaxr-azab, qo´rquv affekti* 

 E. atrof-muxitga nisbatan dezorientirovka* 

 F. asta-sekin rivojlanishi 

3. Ongning namozshomsimon buzilishi  uchraydi: 

 A. infekstion psixozlarida* 

 B. alkogolizmda 

 C. nevrozlarda 

 D. reaktiv holarda 

 E. epilepsiyada* 

 F. psixopatiyalarda 

4. Ongning namozshomsimon  xiralashuvi variantlari  

A. translar* 

B. Bambulator avtomatizm* 

C.  fugalar* 

D. absans 

E. katalepsiya 

F. somnambulizm* 



AMBULATOR AVTOMATIZM 

Ongning  namozshomsimon  qoronilashuvi  vasvasa  oyalarsiz,  gallyutsinatsiyalarsiz  va 

hissiyot  o’zgarishlarisiz  kechishi  ambulator  avtomatizm  deyiladi.  Ushbu  buzilish  bilan 

kasallanganlar  avtomatlashgan  harakat  va  faoliyatni  amalga  oshiradi.  Masalan,  uydan  aniq 



maqsadda chiqib, kutilmaganda  o’ziga tushunarsiz holatda  shaharning  boshqa  burchagiga borib 

qoladi. Bu vaqt  davomida ular ko’chalarni kesib o’tadi,  shahar transportida yuradi, uncha  qiyin 

bo’lmagan  savollarga  javob  beradi,  atrofdagilarga  biroz  parishonxotir  va  o’z  o’y  xayoli  bilan 

bandday ko’rinadi. Qisqa muddatli ambulator avtomatizmlar fuga (minutlar), trans (minutdan bir 

necha  sutkagacha)  deyiladi.  Ambulator  avtomatizm  uyqu  vaqtida  yuzaga  kelishiga 

somnambulizm yoki lunatizm deyiladi. 

MASALA 

Bemor  J.,  18  yosh,  kolledj  talabasi.  10  yoshidan  beri  epileptik  xurujlar  kuzatiladi.  Bir 

kuni ertalab psixonevrologik dispanserdagi shifokor qabuliga otlandi va oyib bo’ldi.  Izlashlarga 

qaramasdan, hech qayerda topilmadi. 3 kun o’tgach uyga kirib keldi. Paltosiz, kiyimlari juldur, 

sovqotgan  holda  edi.  O’zini  ayritabiiy  tutar:  bir  so’z  demas,  savollarga  javob  bermas,  vaqtini 

shipga qarab o’tkazar edi. Tunda deyarli uxlamadi. Ertasi kun muloqotga kirishib, yaqinlarini 

taniy boshladi. Davomiy ahvoli yaxshilanib borgach, quyidagilarni aytdi: «Dispanserga doriga 

deb  qanday  borganimni  eslayman.  Keyin  oyoim  ostida  temir  yo’l  relsini  ko’rgunimcha  hech 

narsani eslolmayman. Esimda, qandaydir joy yonida o’z o’zimga Chelyabinskgacha 10 km, 10 

km  deb  takrorladim.  Keyin  yana  hech  narsani  eslolmayman.  Chelyabinskga  yaqinlashganda 

xushimga  keldim.  Daryodagi  ko’prik  ostida  oyoimni  yuvdim,  negadir  ular  qip  qizil  va  qizib 

ketgan  edi.  Nimadandir  juda  qo’rqib  ketdim.  O’zimcha  o’yladim:  tezda  uyga  boraman  va 

barchasini  ota  onamga  aytib  beraman.  Keyin  yana  hech  narsa  esimda  yo’q».  Tanishlari  ota 

onasiga  o’illarining  yo’qolgandan  bir  kun  keyin  ko’l  bo’yi,  shahardan  10  km  uzoqda 

ko’rishganini  aytishgan.  Ularga  o’sha  vaqt  biroz  sirli,  fikrlariga  mukkasidan  ketgan,  bo’lib 

ko’rinib,  savollariga  bosh  silkitish  bilan  javob  bergan  va  ulardan  uzoqlashgan.  Bu  qanday 

holat? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 

Keltirilgan  holat  ong  namozshomsimon  buzilishlari  variantlaridan  biri  -  ambulator 

transdir.  Bemor  harakatlari,  tashqaridan  etarlicha  tartibli,  haqqoniy,  ong  nazoratidan  chiqqan, 

maqsadsiz,  o’ylovsiz,  avtomatikdir.  Uning  diqqati  tashqi  dunyoning  tor  doirali  tasodifiy 

narsalariga va esda saqlanganlarga qaratilgan. Qolgan barchasini yonidan o’tkazib yuborgan yoki 

ularni  xuddi  «namozshomda  ko’rganday»,  fragmentar  xira  idrok  qiladi.  Sindrom  nomi  ham 

shundan  olingan.  Shu  bilan  birga,  barcha  ruhiy  va  hissiy  jarayonlar  yaqqol  bo’yoqli  (noaniq 

qo’rquv  tuyusi).  Ongning  namozshomsimon  qorongilashuvi  kutilmaganda,  to’satdan  boshlanib 

odatda  bir  necha  soatdan  kungacha  davom  etadi.  Barcha  jarayon  to’laligicha  yoki  qisman 

xotiradan ko’tariladi.   

 

 



 

 

ISTERIK SINDROM 

Isterik  xolat  –  emostional  labillik  bilan  birgalikda  simpatiya  va  antipatiyaning  yakkol 

namoyon  bulishligi.  Bemorning  mimikalari,  xarakatlari,  uzini  tutishlari  teatral  va 

namoyishkorona  bulishi.  Nutki  obrazli,  dalillar  burtirilgan,  ba’zan  uydurma  (xakikatga  yakin), 

affektning burtirilishi bilan kuzatiladi.  Bemorlarda tasirchanlik, kup  xollarda  bakirik, kichkirik, 

kuz yosh, kul siltashlar, kiyimlarni yirtishlar va xushdan ketish xollari kuzatiladi.  

Bunday ruxiy xolatlar bilan birgalikda funkstional uzgarishlar, shu bmlan birgalikda rang 

barang  buzilishlar:  parezlar,  paralichlar,  ogriklar,  kurlik,  karlik,  sokovlik  xollari  kuzatiladi. 

Myunxgauzen  sindromi  –  psevdologiya  va  uz  uzini  ishontirish  xollari,  tibbiy  muassasalarga 

kayta  va  kayta  murojaat  etish,  kupincha  ogir  kasalliklar  bilan  ogrigandek  murojaat  etish.  Bu 

xollarda jarroxlik stoliga yotishgacha boradilar. Isterik tutkanoklar odatda ruxiy travmadan sung 

shakllanadi,  ongni  xiralashuv  darajalariga  botsh  kuzatiladi.  Epileptik  tutkanoklardan  farki  – 

isterik  tutkanoklarda  mushaklarni  tonik  kiskarishlari  kuzatilmaydi  shu  sababli  bemor  uzini 

asragan xolda yikiladi. Isterik tutkanokda tonik va klonik kiskarishlar kuzatilmaydi. Tutkanoklar 

tuturuksiz, murakkab, xar xil namoyishkorona xarakatlar. Tutkanoklar paytida bemor dumalaydi, 

tovoniga  va  oyok  uchiga  tiralishlar  (isterik  kamalak),  ritmik  ravishda  oyoklarni  erga  urish, 

kullarni  kimirlatish,  kichkirishlar,  uvillashlar,  aloxida  suzlar  bilan  bakirish,  ashula  aytish, 

sochlarni  yulish  va  kuylaklarni  yirtish  kuzatiladi.    kuzatiladi.  Isterik  tutkanoklar  epileptik 

tutkanoklardan  farki  katta  maydonni  egallaydi  («saxnasimon»).  Korachikni  yoruglikka  bulgan 

reakstiyasi  saklangan.  Isterik  tutkanoklardan  keyin  kupincha  bemorlar  yiglaydi,  xilma  xil 

shikoyatlar  bildiradi,  xolsizlikdan  shikoyat  kiladilar.  Tutkanok  xakida  xotiralari  uzuk  yuluk. 

Tutkanokni  tuxtanish  uchun  ustidan  sv  kuyib  yuborish  mumkin  (epileptik  tutkanokda  yordam 

bermadi).  Oxirgi  paytlarda  «klassik»  isterik  tutkanoklarni  kuzatish  kam  uchramokda.  Isterik 

tutkanoklar xozirgi kunda kattik bakirikli yishi bilan kuzatilmokda, butun badan titrashlari, uzini 

asrab  avaylagan  xolda  yikilishlar  va  ba’zi  xollarda  esa  emaklashlar  bilan  kuzatilmokda.  Isterik 

sindrom: reaktiv xolatlarda, psixopatiyada,  isterik  neroz  va isterik psixoz  xolatlarida kuzatilishi 

mumkin.  

MASALA 


Bemor  R.,  45  yosh.  Xarakteri  buyicha  kaysar,  uziga  bino  kuygan.  Xayotning  ogir 

kunlarida  bpekaror,  bir  ishni  boshlolmaydigan  bulib  kolish  kuzatilgan.  Yolgiz  ugli  armiyaga 

ketgandan  sung  uyda  uzi  kolgan.  Shu  kundan  boshlab  betuxtov  ravishda  shifokorlarda 

davolangan. Ruxiy kasallilar kasalxonasiga yotkizilganda, asosiy vaktini tushakda utkazadi. Yuz 

kurinishi  gamgin,  kullari  yonga  xolsiz  tashlangan.  Shifokorni  kurganda  ox  tortadi,  yiglaydi, 

boshini  kattik  ushlab  olish  kuzatiladi.    Umumiy  axvolining  ogirlashiga:  «Butun  tanasining 

ogrishi….,  boshi  yorilib  ketayotgandek…..  va  shu  bilan  birga  bir  dakika  xam  uykuning 

yukligiga»  shikoyat  kiladi.  Xayajonlanganda  kullarida  xar  xil  xarakatlarning  paydo  bulishi 

kuzatiladi.  Yurganda esa kalovlash, oyoklarni keng osib tashlash, atrofdagi buyumlarni ushlab 

yurish kuzatiladi. Kasalxonada yotish vaktida ikki marotaba tutkanoklar kuzxatildi. Yotgan xolda 

tusatdan  kichkirish,  dumala  shva  uz  uzini  bugish  kuzatildi.  Engil  ukolga  javob  bermas  va 

savollarga  javob  kaytarmasdi.  Pay  reflekslari  saklangan  va  «yoruklikka»  bulagn  javob 

reakstiyasi  musbat.  10  -15  dakikali  tutkanokdan  sung  tutkanokni    eslay  oladi.  Barcha  davo 

choralariga nisbat manfiy munosabatda, aytishicha unga xech nima yordam bera olmaydi. Uzini 

esa ummuman mexnatga noloik dib biladi. Voenkomat orkali ugillarini armiyadan kaytarib olib 

kelib berishlari suraydi. Fiklashlari sayoz, mantiksiz. Savollar doirasi kasalliga va maishiy muxit 

bilan bogliq. Bemorda kanday xolat? 

TUGRI JAVOB NAMUNASI 

Kursatilgan  manzaraga  karab  kasallikning  isterik  manzarasini  kuradi.  Uziga  t  ortadigan 

manzara  undaki:  fikrlashlarining  sayozligi,  atrofdagilarni  uziga  karatish  maksadi  va 

«simulyastiya» kilish,  shu bilan  birgalikda  mantikiy  fikrlay  olmaslik kuzatiladi. Barcha xolatlar 

rang  barang  va xissiy  yorkinlik bilan  namoyon  bulmokda.  Shu  bilan birgalikda bemorda isterik 

tutkanoklarning  kuzatilish  (ong  xiralashmagan  xolda),  pay  reflekslaring  saklanishi  va 

namoyishorona  xatti  xarakatlarning  kuzatilishi.  «Simulyastiya»  ning  kuzatilish  esa  (somatik 

kasalliklarsiz,  astaziya  -  abaziya)  bemorda  isterik  ravishda  ogir  xolatlarda  (yolgizlik)  uz  uzini 

ximoya kilish kuzatilmokda. Bu  xolat  ongli ravishda  emas, balki xissiy ravishda kuzatilmokda. 

Bunday  bemorlar  pssiv  ravishda  yukoridagi  simptomlarni  namoyish  kiladilar  vash  u  bilan 

birgalikda  burttiradilar.  Bu  xolat  esa  nevroz  xolati  bulib  kuzatiladi.  (E.  Bernar  i  Brisse).  Bu 

isterik sindrom. 

Test 


1.

 

Isterik sindrom simptomlarini ko’rsating 



A.

 

Hartum simptomi, Kapushon simptomi, embtional poza, tishli gildirak 



B.

 

Eholaliya.ehopraksiya, ehomimiya 



C.

 

ko’tarinki kayfiyat, karakat tezlashuvi, fikrlash tezlashuvi 



D.

 

vegetativ o’zgarishlar, hissiy buzilishlar 



 

Foydalanilgan adabiyotlar  ro’yhati 

 

1.

 



Xodjaeva N.I., Shoyusupova A.U. «Psixiatriya» T.2011 y 

2.

 



Pedagogika psihologiysi Ubodullaev U. T.2008 y. 

3.

 



Tibbiyot  psihologiysi Ubodullaev U. T.2009 y. 

4.

 



Tibbiyot  psihologiysi Ubodullaev Z. T.2012 y. 

5.

 



Korkina M.V. Uchebnik po psixiatrii 2007y.  

Qo’shimcha adabiyotlar 

1.

 



Samoxvalov B.N. Uchebnik po psixiatrii 2006g  

2.

 



Tiganov A.S. Uchebnik po psixiatrii 2006g 

Interentdan olingan ma’lumotlar: www.psychiatry.ru, www.doktor.ru, 

www.medmatrix.org, medinfo.home.ml.org. 

 

 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin