Kotar sindromi
Kotar sindromi (melanxolik parafreniya, melanxo-lik vasvasaviy tasavvur, megalo-
melanxolik vasvasa) kup xollarda ogir xavotirli – ajitirlangan deprsessiya inkor va buyuklik
vasavasalarining birga kelishi bilan kuzatiladi. inkor jismoniy va ruxiy xususiyatlar bilan
birgalikda (vijdoni yuk, upasi yuk, miyasi chirigan), individual – shaxsiy mezonlar (ismsiz, yoshi
yuk va oilasiz), tashki olam bilan bogliq (uliklar olami, er yuzi muzladi) kuzatiladi. Bu sindrom
tarkibiga olamni ulikligi vasvasasi, azobli bokiylik va inkor etilgan buyuklik vasavasalari
kuzatiladi. Azobli bokiylikda bmor aytishi buyicha: u xech kachon ulmaydi, bokiy yashaydi v
bokiy azoblanadi, - deydi. Inkor etilgan buyuklik shunday turgun buladiki, mening
yashashimning uzi butun dunyoga takrorlanmas, kechirilmas, tiklab bulmas darajadagi zararni
keltiradi, - deydi. Masalan: ovkat eyishdan bosh tortadi, «shundok xam butun dunyni ovkatini eb
buldim, yakinda butun dunyo och koladi»; boshka bemor esa «kulansa va sassik» nafasidan
butun olam ulimga maxkum buladi, - deydi.
Kotar sindromini utkir (xurujsimon psixozlarda) va surunkali (uzuluksiz kechadigan
psixozlarda) turlari farklanadi. Kotar sindromi shizofreniya va involyustion psixozlarda
kuzatiladi.
MASALA
Bemor V., 22 yosh, askar. Utkazilagn gripp kasalligadin sung ruxiy kasallik utkir shallandi.
Psixicheskoe zabolevanie voz-niklo ostro, v svyazi s perenesennыm grippom. Shikoyatlari:
togida ogrik, aytishicha xalkum sili bilan ogriydi, tomogi chirib ketgan, «nafas» ololmaydi,
tishlari tukilib tushgan, kukrak kafasi bum bush chunki, barcha a’zolari chirib tushgan. Ovkat
eyishdan bosh tortadi «tomogi tufayli oshkozoni xam chirib ketgan», barcha a’zolari bir biri
bilan yopishib ketgan diydi. Aytishicha u ulik, lekin xarakat kilishiga sabab u orkali elektr toki
utyapti. Bulimda yolgiz yuradi, xavotirli va kayfiyati tushkun. Kanday xolat ?
TUGRI JAVOB NAMUNASI
Bemorda xissiy vasvasa. Bemorda vsvasa shunday chiroyli namoyon buladiki, xattoki
bemor notugri fikrlarini tuzatishga xarakat xam kilmaydi, tankidsiz. Inkor etishlar jismoniy
trafga yunaltirilgan («ichki a’zolari chirigan, ulik oshkozon»). Vasvasa mazmuni ipoxondrik,
ammo oddiy ipoxondriyadan farki fantastik mazmunga ega. Shu sababli buyuklik vasvasasi xam
deyiladi. Kayfiyatning tushkunligi bilan namoyon buladi. Bu Kotar sindromi.
VERBAL GALLYUSTINASTIYALAR
Gallyustinozning klinik manzarasida ko’plab gallyustinastiyalar kuzatiladi va u ong
xiralashuvi bilan kechmaydi. O’tkir va surunkali gallyustinoz, gallyustinastiyalarning turiga
ko’ra - verbal, ko’ruv va taktil ko’rinishlari farqlanadi.
Verbal gallyustinoz - monolog, dialog yoki ko’plab «ovozlar» ko’rinishidagi eshituv
gallyustinastiyalari oqimi; qo’rquv, xavotir, xarakat bezovtaligi, ko’pincha obrazli vasvasa bilan
kechadi. Xarakat bezovtaligi gallyustinoz rivojlangani sari kamayishi mumkin, bemorlar tashqi
xotirjamlikni saqlab qoladilar va ayrim vaqtlarda, ish yoki suxbatlarini tuxtatib, nimanidir
eshitishga xarakat qiladilar. Tekshiruvda surunkali verbal gallyustinozda ustunlik qiluvchi chin
yoki soxta gallyustinastiyalar aniqlanadi.
O’tkir verbal gallyustinoz (ong xiralashuvisiz) ko’rinishida o’tkir simptomatik psixozlar
kechishi mumkin. Bunday psixoz sharxlovchi xarakterdagi (odatda dialog ko’rinishida) verbal
gallyustinastiyalarning paydo bo’lishi bilan to’satdan boshlanadi, xavotir, qo’rquv va sarosima
bilan kechadi. Keyinchalik gallyustinastiyalar imperativ mazmunga ega bo’lishi mumkin.
Bunday xolatdagi bemorlar gallyustinator kechinmalar ta’siri ostida uzlari va atrofdagilarga
nisbatan xavfli xarakatlarni amalga oshiradilar. Verbal gallyustinoz kechasi kuchayadi. Verbal
gallyustinastiyalarning ko’plab yuzaga kelishi gallyustinator chalkashish deb ataluvchi xolat
rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Qon tomir genezli psixozlarda o’tkir gallyustinator psixoz ketidan surunkali verbal
gallyustinoz rivojlanishi mumkin. Surunkali qon tomirli gallyustinozda polivokal chin verbal
gallyustinoz kuzatiladi. Uning kechishi to’lqinsimon, ko’pincha rivojlanish cho’qqisida
saxnasimonga aylanadi (bemorning ommaviy taxqirlanish saxnasi va x.), odatda kechki va tungi
vaqtlarda kuchayadi, odatda taxdid qiluvchi mazmunga ega. Gallyustinozning intensivligi
vaqtning sutkalik uzgarishiga boliq. Gallyustinator kechinmalarga nisbatan vaqtinchalik tanqid
paydo bo’lishi mumkin (kamayganda). Verbal gallyustinoz intoksikastion (alkogol, nasha,
barbiturat va x.) psixozlar, bosh miyaning organik kasalliklari (jaroxatlar, qon tomir kasalliklari,
sifilitik shikastlanish), epilepsiya, simptomatik psixozlar, shizofreniyada kuzatiladi.
MASALA
Bemor S., 60 yosh, nafaqaxo’r. 5 yil avval qo’shnisi bilan kelishmovchilikdan so’ng
siqilgan, yiglagan, kechasi uxlamagan. Ertalab devor orqasidan uzi va farzandlarining joniga
qasd qilish haqida qo’shnisi va uning qarindoshlari ovozini eshitgan. Qo’rquv paydo bo’lgan,
uyda yolgiz qolishdan ko’rqqan, umumiy oshxonaga chiqishdan cho’chigan. Shundan beri, 5 yil
davomida, bemor deyarli doimo shu ovozlarni eshitadi, ular bemorga taxdid qilishadi, oynadan
sakrashga buyruq berishadi, uni xaqoratlovchi suzlar bilan atashadi. Ayrim vaqtda uz o’glining
tinchlantiruvchi va davolanishni maslaxat beruvchi ovozini eshitadi. Ovozlar devor, derazalar
orkasidan eshitiladi va bemor tomonidan real, oddiy inson nutqidek idrok etiladi. Bu nutqda
jumlalar ko’pincha bir xil takrorlanadi, bir xil tembrda yangraydi, aynan shu ovoz
modulyastiyalari bilan. Ayrim vaqtda so’zlar ritmik talaffuz qilinadi, xuddi soat chiqillashidek
yoki bemor qon tomirlari pulsastiyasiga monand. Jimjitlikda, ayniqsa, tungi vaqtlarda ovoz
kuchayganda bemor xavotirga tushadi, deraza yoniga yugurib kelib, xozir bolalarini
o’ldirishmoqchi ekanligini, ularga xech qanday yordam bera olmasligini aytadi. Shovqin xonada
va bemor bilan suxbat vaqtida «ovozlar» butunlay yuqoladi. Bu «ovozlar» kasallik oqibati
ekanligini tasdiqlaydi, biroq darxol qo’shnisi uni nima uchun uldirmoqchi ekanligini so’raydi.
Bu qaysi sindrom?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Kasallikning klinik manzarasida bemorda birinchi navbatda turun eshituv (verbal) chin
gallyustinastiyalar ko’zga tashlanadi. Gallyustinator nutqning noxush, taxdid qiluvchi mazmuni,
uzoq yillar davomida bir xil tipda kechishi ushbu gallyustinastiyalar uchun xos. Bu erda idrok,
xissiy doiraning buzilishlari birlamchi. Ta’qib qilish vasvasa oyalari «ikkilamchi» bo’lib,
gallyustinastiyalar mazmunidan kelib chiqmoqda. Kasallikning ushbu ko’rinishi uzoq vaqt
kechuvchi, surunkali verbal gallyustinoz uchun xos.
Test
1.
Verbal gallyustinoz turlarini ko’rsating
A.
monolog, dialog, yoki ko’plab «ovozlar», eshituv gallyustinastiyalari oqimi;
qo’rquv, xavotir, xarakat bezovtaligi, obrazli vasvasa*
B.
eritropsiya,ksantopsiya,porrohsiya,allesteziya
2.
Verbal gallyustinoz kuzatiladigan kasalliklarni ko’rsating
A.
alkogolizm, narkomaniya, bosh miyaning organik kasalliklari, jaroxatlar,
sifilitik shikastlanish, epilepsiya, simptomatik psixozlar, shizofreniyada
kuzatiladi*
B.
nevrozlar
GEBEFREN SINDROM
Gebefrenik (gebefren) sindrom – xarakat va nutq qo’zgalishi sababsiz xursandchilik
fonidagi gayritabiiy, namoyishkorona tentaknamo xulq-atvor bilan namoyon bo’ladi, ayrim
vaqtlarda impulsiv antisostial xulq-atvor bilan kechadi. Emostional kambagallashuv, intilishlar
yuqolishining o’sib borishi, fikrlashning uzuq-yuluqligi, shaxs parchalanishining rivojlanib
borishi xos. Vasvasa va gallyustinastiyalar fragmentar, ayrim xolatlarda kuzatilmaydi.
Gebefrenik sindrom ko’pincha katatonik qo’zgalish bilan qo’shilib keladi. Tentaknamolik, va
uzgalarga kulgili bo’lmagan xursandchilik bilan namoyon bo’ladi. Bunday bemorlar
masxaraboz singari xarakatlar bajaradilar, tilini ko’rsatadilar, yuzlarini burishtiradilar,
miyovlashadi, «qanot qoqishadi», chuchqa singari ovoz chiqaradilar, ayrim vaqtda xech qanday
ma’nosiz s’uzlarni kofiyalaydilar yoki nimanidir guldirab, xirgoyi qiladilar. Yurishlari xam
o’ziga xos bo’lib, salomlashish uchun qo’l o’rniga oyoklarini uzatadilar, atrofdagilar xarakati va
mimikasini takrorlaydilar. Katatonik buzilishlar sezilarli darajada ustunlik kilganda gebefren-
katatonik sindrom deb ataladigan xolat yuzaga keladi.Gebefrenik sindrom uzluksiz kechuvchi
shizofreniyada uchraydi.
MASALA
Bemor K., 17 yosh. O’smir yoshdaligidan kasal. Psixiatrik kasalxonada bir necha
marotaba davolangan. Ushbu kelishi q-atvorining yana o’zgarib qolganligi, mayllarining oshib
ketganligi bilan boliq. Bo’limda bemor begona insonlar, ayniqsa, erkak vrach-internistlar
atrofida bo’lganida, krovatga yotib, xalati etaqlarini ko’taradi, oyoqlarini yuqoriga ko’tarib,
uynatadi. Xamshiraning tanbexiga nisbatan qo’rs javob qaytaradi: «buning nimasi yomon?
Mening qomatim kelishgan…uni barcha ko’rsin!». Doimo yuzini burishtiradi, peshonasini
tirishtiradi, ko’zlarini yumib oladi, qovogini soladi. To’satdan, xech qanday sababsiz, baland
ovozda ma’nosiz kuladi. Ota-onasi bilan uchrashuvda salom bermaydi, muomalasi sovuq,
jizzaki. Olib kelingan maxsulotlarni paqqos tushiradi, bundan tashqari. Boshqa bemorlarning
ovqatini xam olib qo’yishga xarakat qiladi.
Shifokor bilan suxbatda bemor kechinmalarini oshkor etmaydi, savollarga formal va
xoxlamasdan javob qaytaradi. Uyga qo’yib yuborishlarini suraydi, biroq qat’iylik bilan talab
qilmaydi, uzini ruxiy kasal deb xisoblaydi. Kasalxonada 2 oydan ortiq davolanayotganiga
qaramay, gospitalizastiya qilinishi sababi bilan qiziqmaydi. Kolledjdagi oqishi uzilib qolganidan
xafa emas: «Xech narsa qilmaydi. Baribir keyingi kursga o’tkazishadi». Qarindoshlari bilan
uchrashuvda xech qanday quvonchni namoyon qilmaydi
Bu qanday psixopatologik sindrom?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Bemordagi ruxiy buzilishlar manzarasi xilma-xil. Ota-onasi, yuzaga kelgan vaziyatga,
kelajakdagi imkoniyatlariga nisbatan befarq munosabat, giperseksuallik, jaxldorlik, bemorning
muloqotga kirishmasligi aniqlanadi. Biroq, shunga qaramay birinchi navbatda tentaknamo xulq
ko’zga tashlanadi. Bemor yuzlarini burishtiradi, gayritabiiy kuladi. Kizchaning kulgusida, uning
bir xildagi raqslarida quvnoqlik, yoqimlilik yo’k. Mimika xissiyotlar xarakteriga mos kelmaydi
(paramimiya). Kasallikning manzarasida ayniqsa, tentaknamo xulq-atvor belgilariga aloxida
e’tibor berish kerak, chunki bu belgilar kasallik yomon sifatli kechishidan xabar beradi.
Bu gebefrenik sindrom.
Test
1.
Gebefrenik sindrom strukturasini ko’rsating
A.
xarakat va nutq qo’zgalishi sababsiz xursandchilik fonidagi gayritabiiy,
namoyishkorona tentaknamo xulq-atvor bilan namoyon bo’ladi, ayrim vaqtlarda
impulsiv antisostial xulq-atvor bilan kechadi*
B.
yorqin xissiy-plastik tasavvurlar oqimi, ko’plab obrazli, uzluksiz yuzaga keluvchi,
ko’rgazmali xotiralar xos.
2.
Gebefrenik sindromni xulq – atvor buzilishlari bilan qiyosiy tashhislang
A.
xarakat va nutq qo’zgalishi sababsiz xursandchilik fonidagi gayritabiiy,
namoyishkorona tentaknamo xulq-atvor bilan namoyon bo’ladi, ayrim vaqtlarda
impulsiv antisostial xulq-atvor bilan kechadi*
B.
xarakat va nutq qo’zgalishi sababsiz xursandchilik, ko’tarinki kayfiyat, harakat
tezlashuvi
DELIRIOZ SINDROM
Deliriy uchun yorqin xissiy-plastik tasavvurlar oqimi, ko’plab obrazli, uzluksiz yuzaga
keluvchi, ko’rgazmali xotiralar xos. Bu xolatda atrof-muxitga nisbatan soxta muljal olish yuzaga
keladi [Schroder O., 1905]. Deliriy uchun ayniqsa pareydoliya va ko’ruv saxnasimon
gallyustinastiyalar, ayrim vaqtda akoazma va chin verbal gallyustinastiyalar xos. Ko’pincha o’ta
tartibsiz obrazli vasvasa kuzatiladi. Kayfiyat juda uzgaruvchan. Gox vaximali qo’rquv, gox
yuqori qiziquvchanlik, goxida asabga teguvchi injiqliq va yigloqiliq, yoki eyforiya kuzatiladi.
Bemor sergap, bunda uning fikrlari uzuq-yuluq, tartibsiz va ayrim vaqtda aloxida jumlalardan
iborat. Yuz ifodasi asabiy, doimiy o’zgarib turuvchi, nigoxi gox alanglovchi, gox qotib qolgan.
Bemor notinch, tinimsiz o’rnidan turishga xarakat qiladi, qochishga intiladi va ushlab turilganda
karshilik ko’rsatadi.
Deliriyda gallyustinastiyalar saxnasimon. Bemorlar guyoki tomoshabinga aylanadilar,
yolgon kechayotgan barcha vokealarga nisbatan jonli va adekvat javob qaytaradilar. Ular
qo’rquvda yuguradilar, ximoyalanadilar, qiziqish bilan nimagadir tikiladilar. Ularning ko’z
oldida sayr qilayotgan marxumlar, maxluqlar, banditlar, xayvon va xasharotlar jonlanadilar, turli
namoyishlar ulimlar bulishi mumkin. Shu bilan birga, bemorning o’z shaxsiga nisbatan muljali
saqlangan va u uzini «ko’ziga ko’rinayotgan» kechinmalarga qarshi qo’ya oladi. Ongning
delirioz xiralashuvining chukurligi doimiy emas. Deliriy odatda ong tiniqlashuvi davrlari bilan
uzilib qoladi. Bemor atrofdagilarni taniy boshlaydi, savollarga berilayotgan javoblar mos keladi,
bemor o’z xolatini to’ri baxolaydi, yuzaga kelgan gallyustinastiyalarga nisbatan tanqid paydo
bo’ladi, kechqurun va tunda ongning delirioz xiralashuvi kuchayadi.
Delirioz davr haqida xotiralar noto’lik, ko’pincha boliqsiz. Yuqorida yoritilgan tipik
deliriy xolatidan tashqari, uning ikkita o’ziga xos ogir shakllari mavjud: mussitirlovchi va
professional deliriy.
Mussitirlovchi (valdirovchi) deliriyda tashqi ta’sirotlarga nisbatan reakstiya kuzatilmaydi,
qo’zgalish xarakatlari o’rin soxasida, chegaralangan. U koordinastiyalashmagan, bir xildagi
ushlab oluvchi xarakatlar, choyshablarni ma’nosiz ravishda tortish, «o’ranish», yoq iplarni,
tanadagi mavjud bo’lmagan narsalarni olib tashlash xarakatlari bilan namoyon bo’ladi.
Bemorning nutqi sekin, tushunarsiz guldirashdan iborat. Mussitirlovchi deliriy ko’pincha sopor
va komaga utadi.
Professional deliriy xarakat qo’zgalishlarini pareydoliya va gallyustinastiyalar oqimidan
ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Muljalni olish chuqur buzilgan, oddiy deliriyga nisbatan kam
xollarda ong tiniqlashadi. Qo’zgaluvchanlik odatdagi professional xarakatlar bilan namoyon
bo’ladi. Bu xolatda bemorlar u yoki bu avtomatlashtirilgan ko’nikmalarni bajara boshlaydilar:
mashinistka go’yoki mashinkada xarflar terayotgan xarakatlarni bajaradi, buxgalter kalkulyator
knopkalarini bosadi, oshpaz yo’k pichoqlar bilan ishlaydi, ofistiant eguliklarni tashiydi,
xaydovchi rulni aylantiradi. Bu qo’zgalish odatda sukutli, ayrim vaqtda fakatgina professional
faoliyat bilan boliq aloxida suz, jumlalar talaffuz kilinadi.
Deliriy intoksikastiyalarda (infekstion, ogir somatik, dori vositalar natijasidagi),
alkogolizmda, narkomaniya va toksikomaniyalarda, meningoenstefalitlarda, bosh miya qon tomir
kasalliklarida kuzatiladi.
MASALA
Bemor V., 37 yosh, slesar. Uch kun avval tushunarsiz xavotir, bezovtalik paydo bo’lgan.
Uning xonasi odamlar bilan to’lib ketgandek tuyulgan, qandaydir insonlar devordan baqira
boshlagan, taxdid qilishgan, «spirtli ichimliklarni ichishga» chaqirgan. Kechasi uxlamagan,
yotoi ostida emaklayotgan, kuzlari yonib turgan shoxli maxluqni, xona buylab yugurayotgan
kulrang sichqonlar, yarimmushuk-yarimkuchuklar ko’rgan, oynalar taqillashi, yordam haqidagi
ovozlarni eshitgan. Qo’rquvda uyidan yugurib chiqqan va «ta’qib qiluvchilar»dan qochib,
milistiya bo’limiga murojaat kilgan. U erdan ruxiy kasalliklar shifoxonasiga keltirilgan.
Stastionarda bemor qo’galuvchan, ayniqsa kechki vaqtda, deraza yoki eshik tomon intiladi.
Suxbat vaqtida diqqatini qiyinchilik bilan jamlaydi, qaltiraydi, xavotir bilan yon atrofiga
alanglaydi. To’satdan ustidan nimalarnidir qoqib tashlab, terisida xasharotlar yurganini,
uzining yonida «yuzini burishtirayotganlar» obrazlar mavjudligini aytadi, ularni barmogi bilan
ko’rsatadi, baland ovozda kuladi. Bu qanday xolat?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Bemorda
deliriy
ko’rinishidagi
ong
xiralashuvi
yuzaga
kelgan.
Ko’plab
gallyustinastiyalar oqimi, ayniqsa ko’ruv gallyustinastiyalarining yuzaga kelishi buni isbotlaydi.
Yorqin gallyustinator obrazlarni ko’plab yuzaga kelishi real voqealarni idrok qilishni
xiralashtiradi. Gallyustinastiyalar ta’qib qilish xissiy vasvasasi, qo’rquv, psixomotor qo’zgalish
bilan qo’shilib kelgan. Bemorning xulqida gallyustinator-vasvasali kechinmalar mazmuni
aniqlanadi. Real xodisalarni bemor noaniq, uzuq-yuluq idrok etiladi va tushunadi. Shuningdek,
gallyustinastiya va qo’zgalishlarni kechki vaqtda kuchayishi xos.
Yuqorida keltirilgan xolatda ong xiralashuvini ifodalovchi ko’plab belgilar yoritilmagan.
Xususan, bemorning vaqtga, maqonga va o’z shaxsiga bo’lgan muljali haqida xech qanday suz
yuritilmagan. Shuningdek, bemorda kasallik davri kechinmalari haqida xotirasi saqlangan yoki
yukolganligi xam yoritilmagan.
ONEYROID SINDROM
Oneyroid (ongning uykusimon fantastik – vasvasaviy xiralashuvi) real xaetda gayritabiiy
uzgarishlar bilan birgalikda yorkin, xissiy – plastik, fantastik kechinmalar bilan kechadi. Bemor
tashki muxitdan tulik uzilgan, uzligi uzgargan (kimgadir aylangan), shu bilan birga uykusimon
fantastik kechinmalarni kimirlamagan yoki ma’nosix kuzgalishlar bilan kechishi kuztiladi.
Bemor bu xolatda planetalararo sayoxatga chikadi, Marsliklar bilan yashay boshlaydi,
ular bilan janglarda katnashadi, Oyda esa kimmatbaxo toshlarni yiga boshlaydi. Ba’zilari esa
kimsasiz joylarga boradilar, ba’zilari esa gayri tabiiy joyga boradilar va ular bilan birgalikda
yashay boshlaydilar, ulr bilan birgalika namoyishlar utkazadilar. Bashkalari esa dengiz
karokchilariga boshlik va uchuvchi gollandestga karshi yurishlar kiladilar. Yana boshkalari
eramizdan avvalgi davrga tushadilar va Kadimgi Rimliklar orasiga tushib kolib ular bilan
birgalikda jannat yoki duzaxga tushadilar. Keyingilari umuminsoniy katastrofalarda – binolar
buzilishida, shaxarlar buzilishlarida, millionlab odamlar ulimlarida, vulkanlar otilishida, er
kimirlashlarida, dunyo urushlarida, katalizmalarda, planetalar tuknashuvlarida ishtirok etadilar.
Vokea xodisalar yakkolgi va kizikaliligi sababli, kechinmalar rostdek tuyilib, real xayotga
boglaydilar. Atrofdagilar va bemorlar, vrachlar xam ishtirok etgandek tuyiladi. Ular xam bemor
singari katnashuvchiga aylanadilar. Oneyroid xolati tulik rivojlangan xolatda bemor ongini
obrazli tasavvurlar amrab oladi. «Obrazlar tashki olam bilan kushilishib ketib, sub’ektiv ravishda
kushilib ketadi». [Griesinger W., 1886]. Bemorlarning barcha tasavvur va kechinmalari
tushsimon bulib tulik ravishda tashki dunyo bilan kushilishib ketadi. [Krafft-Ebing P., 1897].
Bunday fantastik kechinmalarda psevdogallyustinastiyalar kuzatiladi [Kandinskiy V.X., 1890].
Deliriyada - gallyustinator saxnalar real muxitda kuzatilsa, oneyroida esa – uykusimon
fantastik psevdogallyustinastiyalar kuzatiladi. Deliriyda bemor gallyustinator kechinmalarga
xarakatlari mos keladi va uz shaxsiga nisbatan muljal saklanadi, oneyroida esa vasvasaviy –
fantastik tasavvurlar bemor ongini kamrab olgan va uzligiga nisbatan muljalni xam buzilishi
kuzatiladi. assosastit jarayonlarning ketma ketligi buzilmaydi, deliriyda esa uzuk yuluklik
kuzatiladi.
Oneyroidda bemorning yuz kiyofasi kotib kolgan, xayrat, bir xillik va patetik ravishda
aloxida jumlalarni gapirishi bilan kuzatiladi.
Deliriydan farkli ravishda xotira saklangan va
kechinmalarni anik va tinik ravishda suzlab beradilar. Oneyroid sindrom shizofreniyada, vozutkir
metalkogol zaxarlanishlarida, simptomatik va kon tomir psixozlarida, epilepsiya va ba’zan senil
psixozlarda kuzatiladi.
MASALA
Bemor S., 25 yosh, buxgalter. 3 xafta davomida ruxiy kasalliklar kasalxonasida
davolandi: xech kim bilan mulokotga kirishmaydi. kun buyi palata burchagida utiradi,
kizikishlari yuk, yuz kiyofasi sustlshagan, nigoxi bir nuktaga karatilgan. Vakti vakti bilan
sababsiz kattik ovozda kuladi. Bemorni dikatini boshka narsaga karatish kiyinchilik tugdiradi.
kiska vakt ichida bemor savollarga bir xil javob beradi va avvalgi xolatiga yana kaytadi. Bemor
kaerda ekanligini bilmaydi, vakt va zamonga nisbatan muljal buzilgan. Kuz oldida nimalardir,
tushunarsiz narsalarni gapirayotgan insonlarni ok xalatda, kizil kuylakda kuradi. Uchinchi
xaftaning oxiriga borib bemor axvoli ancha yaxshilandi. Aytishicha shu paytgacha bemor
ertaklar olamida bulgan. Shu vakt davomida dengiz buyida bulgan. Baland toglarga chikkan v
tognining eng tor joylaridan faralarini yokib mashinalar utadi. Atrofda – xitoy tilida gapira
oladigan xitoy fanzalariga uxshash uylar. Kalin urmon ichida ketyapti va urmon ichida odamlar
boshidan yasalgan truba. Truba ilonga aylanadi va ikkita kuzi yonib turibdi. Umuman kurkuv
xissi bo’lmagan va bu narsa kizik tuyilgan. Bemor barcha vokealarni eslaydi va bularning
barcha tushdek, «xama narsani etib bera olmayman» deyapti.
TUGRI JAVOB NAMUNASI
Bemordagi xolat tushsimon – fantastik kechinmalar. Obrazli kilib aytganda, ungdagi
tushlar, fantastik kechinmalar, bemorning butun ongini kamrab oluvchi xolat. Tashki olamdan
uzilib kolish, fantastik kechinmalarga kirib ketish, bu xolatlar bemornining tashki kurinishidan
bilsa buladi. Bunday xolatda bemor mulokotga kirishmaydi yoki bulmasa kiyinchilik bilan
kirishadi. Bemor tashki olamdan tulik uzilgan, vakt, zamo, makonga nisbatan muljal buzilgan.
Bunday oneyroid chin oneyroid diyiladi. Shuni takidlash kerakki bemor ongining tulik uchishi
natijasida xam xotirnining tulik saklanib kolishi kuzatiladi. Bu oneyroid sindrom.
|