Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov


DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH -



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə98/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
download-edfiles-16241

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir.
DEPUTAT (lotincha deputatus – ―vakil‖) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma‘lum qismi – o‘z saylov organi saylovchilarning yoki butun millatning vakili.
YOPIQ AKTSIYaDORLIK JAMIYaTI - aktsiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat.
JAMOAT FONDI – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a‘zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e‘tirof etiladi.
INSON HUQUQLARI – insonning davlatga munosabati bo‘yicha huquqiy maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va da‘volarini ifodalovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
KASABA UYUSHMALARI – kasaba uyushmasi ko‘ngilli jamoat tashkiloti bo‘lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o‘z a‘zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
KUZATUVCHI – O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonida deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar tomonidan tayinlanadigan hamda qonunda belgilangan tartibda kuzatuvchi sifatida ro‘yxatga olinadigan shaxs. Kuzatuvchilar mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarga bo‘linadi. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin