Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
download-edfiles-16241

1. O‟QUV MATERIALLARI
1.1. MA‟RUZA MAVZULARI BO‟YICHA O‟QUV MATERIALI
MA‟RUZA MAVZULARI
1-MAVZU: KIRISH.“O‟ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‟QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.
Darsning o„quv maqsadi: O‗zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‗liqligi to‗g‗risida biiimlar tizimini shakllantirish.
Tayanch iboralar: tarix, O‗zbekiston, fan, predmet, obyekt, nazariy- metodologik asoslar, tamoyillar,holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, o‗tmish, Movarounnahr, Turkiston, Gerodot, xitoy yilnomalari, Kvint Kursiy Ruf, Strabon, madaniyat, til, urf-odatlar, tarixiy o‗tmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya, arxeologiya, numizmatika, paleograflya, etnografiya, sharq va g‗arb, shaharsozlik, ―Avesta‖, Bexistun yozuvlari, ―Temur tuzuklari‖, Beruniy, Forobiy, madaniy meros, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alisher Navoiy, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik.
Reja:
1. O„zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari. 2. O„zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari

  1. O„zbekiston tarixini davrlashtirish.

  2. Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati.

  3. O„zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o„rni va roli.

Asosiy qism
Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o‗zi tug‗ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‗tmish tarixini bilishni istaydi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‗z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‗zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‗ziga xos bo‗lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‗zbekistonning ham, o‗zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‗tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‗ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‗lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‗lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma‘lum darajada aralashuvi sodir bo‗lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san‘ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‗unlashib ketgan.
Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‗zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‗lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‗zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‗lib, hozirgi O‗zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‗lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‗tarilganligi butun dunyoga ma‘lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‗rku-fayzini, mahobatini yo‗qotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me‘morchilik va shaharsozlik yuksak bo‗lganligidan dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‗lyozma, ularda mujassam tarix, adabiyot, san‘at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me‘morchilik, dehqonchilikka oid o‗n minglab asarlar bizning beqiyos ma‘naviy boyligimiz iftixorimizdir.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi ko‗hna shaharlarimiz bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o‗tgan ―Buyuk Ipak yoii‖ Sharq va G‗arbdagi mamlakatlar va xalqlami bir-biri bilan bog‗lab, ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz o‗tmishini ―O‗zbekiston tarixi‖ fani o‗rganadi. ―O‗zbekiston tarixi‖ predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‗tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‗lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayotini holisona o‗rganishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan.
Vatanimiz tarixi o‗zbeklarning xalq, millat bo‗lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma‘naviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini o‗rganadi. ―O‗zbekiston tarixi‖ fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari mavjud bo‗lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi, bu aholining qo‗shni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va tadqiq etish shular jumlasidandir.
O‗zbekiston tarixini o‗rganishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‗rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli ko‗rinishlarda bo‗lib, ularga qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor-qo‗rg‗onlar qoldiqlari, kundalik turmush va xo‗jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangovor qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma‘lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- ―tadqiq etish‖,
―tekshirish‖, ―voqealar haqida aniq hikoya qilish‖ ma‘nolarini anglatib, insonlar haqida, ularning uzoq o‗tmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o‗tgan taraqqiyot yo‗lini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma‘lum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‗lib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko‗rsatgan qahramonlarini, xalqimizning ma‘naviyati va ma‘rifatini ko‗tarishda jon fido qilgan o‗g‗lonlarini, qatag‗on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‗liga kirishi, mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilish tomon borganligini o‗rgatadi.
O‗zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‗zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar yig‗indisi hisoblanadi. O‗zbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‗rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat:
1. Tarixiy voqea, hodisalarni o‗rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqeahodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‗lgan bo‗lsa, shundayligicha yoritish ko‗zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‗zaro aloqada, deb o‗rganish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‗rganish jarayonida bo‗lib o‗tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‗liq bo‗lgan barcha voqeahodisalarni hech bir o‗zgartirishlarsiz, qanday bo‗lsa, o‗sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir.
Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. ―O‗zbek olimlarining kuch-g‗ayrati
bilan, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning ko‗pdan ko"p g‗oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etiladi. Shuni esda tutish muhimki, o‗tmishimizni ―oqlash‖ vazifasi umuman olganda bajarib boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir‖.
O‗zbekiston tarixini o‗rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda o‗rganishdir.
Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‗ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‗zaro bog‗lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‗ladi, deb ta‘lim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‗lab o‗rganishdangina mazkur voqeahodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‗rnini to‗g‗ri aniqlash, belgilash mumkin bo‗ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‗lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‗ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir.
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra haqiqatdan ham o‗zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‗zagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o‗tmishga qadar Okrta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‗oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi.
Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‗lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‗rinishda sodir bo‗lganligini, bu voqea-hodisa o‗z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib o‗tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo‗lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‗ldi, ikkinchidan, u o‗z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‗tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‗mi, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.
Tarixiylik uslubi xalqning o‗tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida o‗tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. O‗tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal o‗rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz.
To‗rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‗rganishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqakambag‗allar, yo‗qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bo‗lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‗g‗ri xulosalarga olib keladi.
Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‗lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‗rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatning u yoki bu yo‗ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‗rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar, din, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak.
Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik tamoyillardan tashqari faktlami taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur.
Vatanimiz tarixini mukammal o‗rganish, tadqiq qilishda uni to‘g‗ri davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga bo‘ldilar.

  1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri.

  2. Quldorlik tuzumi davri.

  3. Feodalizm tuzumi davri.

  4. Kapitalizm tuzumi davri.

  5. Sotsializm va Kommunizm davriga bo‗lindi.

Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta ―Kommunizm‖ ga olib boradi degan g‗oyani ilgari surush va o‗tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga kelib insoniyat bu g‗oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda ―sinfiy qadriyatlar‖ dan ―milliy va umuminsoniy qadriyatlar‖ ning ustunligi e‘tirof etildi.
Vatanimizning, o‗zbek xalqining boy, serko‗lam, betakror tarixi, uning o‗ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo‘lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‗ra quyidagi davrlarga bo‗lish joizdir.

  1. Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr noto‗g‗riligini XX asrda ko‗plab xalqlar taqdirida sinab ko‘rildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib keldi

  2. O‗rta asrlar davri.

  3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.

  4. Sovetlar istibdodi davri.

  5. Milliy istiqlol davri. O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi:

  1. Ibtidoiy to‗da davri.

  2. Urug‗chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri.

  3. Ilk о‗rta asrlar davri.

  4. O‗rta asrlar davri.

  5. Mustamlakachilik va milliy uyg‗onish davri.

  6. Sovetlar davri.

  7. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. 8. ―Turon tarixi‖ jurnalida A. Asqarov yuqoridagi 7 davrni ko‗rsatib o‗tadi. 3.O‗zbekiston tarixini o‗rganishda asosan moddiy va yozma manbalardan foydalanamiz. Ularni davrlashtirish nuqtai nazaridan quyidagi manbalarga ajratish mumkin.

  1. Eng qadimgi davrni arxeologik ashyolar yordamida;

  2. ―Avesto‖, Bexistun yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari asosida;

  3. Ilk o‗rta asrlarni yunon-rim, so‗g‗d, xorazm va fors tili yozma manbalari asosida;

  4. Mustamlakachilik davrini esa forsiy, turkiy, rus va xorijiy mamlakatlar ilmiy asarlari

yordamida;

  1. d) Mustaqillik davri esa Vatanamiz va xorijda chop etilgan O‗zbekiston tarixiga oid asarlar

yordamida yoritiladi.
Demak, qadimgi ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, kundalik turmushda ishlatgan jihozlari, tanga pullar, harbiy qurol-yarog‗lar, uy-joy xarobalari, qal‘alar, shaharlar, qabrlar moddiy-tarixiy manbalar deb ataladi. Arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali olib borilgan izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar asosiy manbalar hisoblanadi.
Yozuv paydo bo‗Iishi bilan savodxon kishilar o‗zi yashab turgan va borib ko‗rgan mamlakatlarini, ularning turmush tarzi, madaniyati haqidagi fikrlarini daraxtlaming po‗stlog‗iga, toshga, teriga, qog‗ozga yozib qoldirganlar. Voqea- hodisalar, xalqlaming hayoti haqida, yerni meros qoldirish, in‘om qilish, sotish, sotib olish yozma hujjatlar orqali va podsho, hokim, amir, beklaming yozma shakldagi qonun va farmonlari orqali amalga oshirilgan va saqlab qolingan. Bunday manbalar yozma manbalar deb ataladi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi hayotini o‗rganishda ―Avesto‖ kitobi qimmatli manba hisoblanadi, Vatanimiz tarixiga oid ma‘lumotlar yunon va rim manbalarida: Gerodotning ―Tarix‖, Ksenofontning ―Yunoniston tarixi‖ asarlarida uchraydi.
Xitoy yozma manbalaridan ―Tarixiy yilnomalar‖, ―Katta Xan tarixi‖ va boshqa irlarida Turkiston tarixi haqida ma‘lumotlar bor.
Mamlakatimiz tarixini o‗rganishda turkiy, fors, anab manbalarining ahamiyati tta bo‗lib, S.E Malovning ―Eniseyskaya pismennost tyurkov. Teksti perevodom‖, Sa‘dullayevning ―Qadimgi O‗zbekiston ilk yozma manbalarda‖, N.Raxmonning turk hoqonligi‖ kitobida qimmatli ma‘lumotlar mavjud.
O‗zbek xalqining etnik tarixini o‗rganishda Abulg‗oziyning ―Shajarai turk‖, I.Jabborovning ―O‗zbek xalqi etnografiyasi‖ asarlaridan foydalanish mumkin.
O‗zbek xalqining o‗rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy- adaniy hayotini o‗rganishda Abu Nasr Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖, Abu ayhon Beruniyning ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, Yusuf Xos ojibning ―Qutadg‗u-bilig‖, Mahmud Qoshg‗ariyning
―Devoni lug‗ati turk‖, ashshaxiyning ―Buxoro tarixi‖, Amir Temuming ―Temur tuzuklari‖, Mirzo lug‗bekning ―To‗rt ulus tarixi‖ kabi nodir asarlari muhim tarixiy manba bo‗lib izmat qiladi.
Turli sulolalar tarixini yoritishga bag‗ishlangan Shahobiddin an-Nasaviyning Siyrat as Sulton Jaloliddin Manguberdi‖. Nizomiddin Shomiyning ―Zafamoma‖, fizomulmulkning ―Siyosatnoma‖, Ibn Arabshohning ―Amir Temur tarixi‖, 4uhammad Solihning ―Shayboniynoma‖ asarlari qimmatli manba hisoblanadi.
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq shunoslik institutidagi '‗qlyozmalar xazinalaridan muhimi hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq |o‗lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq harq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Ana shu qo‗lyozma hujjatlar milliy ariximizni yanada to‗laroq ochishga ko‗maklashishi, tariximiz sahifalaridagi ―oq‖ va ―qora‖ dog‗larni barham topishiga yordamlashadi.
Hozirgi kunda tariximizni o‗rganishda mustaqillik davrida tarixchi, etnograf )limlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar va o‗quv qo‗llanmalari muhim ihamiyatga egadir.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek, ―Har bir fuqoroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‗z qorachigidek asrab- avaylashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‗rgatadi. O‗zimizning boy o‗tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‗ularini uyg‗otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekaninianglashga undaydi‖.
Vatanimiz tarixi yoshlarga xalqimizning o‗tmishi, tarixi haqida bilim berib qolmasdan balki ulami vatanparvar, insonparvar, ma‘naviy jihatdan komil inson boiib yetishishlarida dastur-amal hisoblanadi. Vatanimizni keyingi avlodlarga yanada obod, qudratli, har tomonlama rivojlangan holatda yetkazish davrimizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas‘uliyatli va sharafli vazifani ado etish yoshlarga, ularning ma‘naviy barkamolligiga bog‗liqdir. Bu xususda Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ―Biron bir jamiyat, ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‘naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlamay turib, o‗z istiqbolini tasavvur qilib bo‗lmaydi‖-deydi.
―...Tug‗ilib o‗sgan yurtida o‗zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‗tarib yurushi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson‖. Insonda tarixiy xotira o‗z Vatani tarixini, o‗z xalqi, avlodlari hayotini o‗rganish orqali shakllanadi.
Kim bo‗lishidan qat‘iy nazar, jamiyatning har bir a‘zosi o‗z o‗tmishini yaxshi bo‘lsa, bunday insonlami yo‗ldan urush, xar-xil aqidalar ta‘siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonlarni hushyorlikka o‗rgatadi, irodasini mustahkamlaydi‖-deb uqtiradi I. A. Karimov.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini o‗qitish barcha o‗quv maskanlarida davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin