Xo‟sh, Mustaqillikning o‟zi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Eng avvalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo‘lmagan joyda kim-dir kimgadir tobe bo‘ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o‘zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo‘ladi. Natijada biz so‘nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o‘tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so‘zining qudrati shundaki, u odamlar-ning o‘zaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani me‘yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki man-tiqsiz ta‘zim-tavozega chek qo‘yadi.
Istiqlol - o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e‘zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat!
Mustaqillik- jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbol haqida o‘ylashdir.
Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, o‘z hayotini o‘zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar buhronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe‘l-atvori jihatidan qaraganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma‘noda davlat musta-qilligiga ham qiyoslash mumkin.
Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta-qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo‘ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg‘or tajribalari asosida o‘z ravnaqining o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o‘zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo‘lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o‘zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o‘z qobig‘ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g‘oyatda zalvorli tajribasidan o‘tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo‘lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o‘z-o‘zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o‘ tirib borayotgan tarixiy voqelikdir.
Mustaqillik - tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma‘naviy-ruhiy, ma‘rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko‘rgan mustaqil mamlakatlar, xususan O‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bo‘lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo‘lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-ga yarasha ochdan o‘lmaslikka u etadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu - sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo‘lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne‘matning, hayot degan oliy tushunchaning mag‘zini chaqishga o‘zida rag‘bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg‘ulari butunlay so‘ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.