Tvdpu universiteti boshlang`ich ta`lim fakulteti 20/14 guruh talabasi



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə3/11
tarix27.02.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#85838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1Jismoniy tarbiya nazariyasi Eshmirzayeva Umida

Jismoniy madaniyat bu- pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funksional jixatdan takomillashtirish, uning xayoti uchun muxim bulgan asosiy xarakat malakasini, maxoratini, ular bilan bog’lik bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Mana shu ta’rifda jismoniy madaniyatning insonni madaniyatlashning mustaqil turi sifatidagi o’ziga xosligi ta’kidlab utilgan.
Jismoniy madaniyatga oid bo’lgan bu o’ziga xoslikning tarkibida ikkita aloxida ma’noga ega bo’lgan "jismoniy bilim" va "jismoniy sifatlarni rivojlantirish" deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» terimini yangi davrdagi jismoniy madaniyatning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit "uz vujudini madaniyat" qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi xakida gapirgan edi. Nazariy bilim - bu asosan, u yoki bu sohadagi amaliy tajribalarni umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini ob’ektiv ravishda ko‘rsatish orqali asosiy bilimlarni inson ongida namoyon bo‘lishi demakdir.
Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Jismoniy rivojlanish - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va xarakat faoliyatining o‘zgarishi jarayonidir.
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit o‘z vujudini tarbiya qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini jismoniy mashqlar ta’sirida tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlik – erishilgan amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini umumlashtirilgan ishchanlik faoliyatiga maqsadli yo‘naltirilib, faoliyatga uning samaradorli ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha tashkil topgan tayyorgarliklar natijasidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog‘liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Amaliy - kasbiy jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tarbiyaning maxsuslashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayonidir.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.
Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat harakati – ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, buning oqimida kishilarni birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ishlatish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatdir.
Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talablarga javob bera oladgan individual talantining yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog‘ligini mustahkamlash qonuni bilan murosada bo‘ladi.
Jismoniy mashq texnikasi - Harakat vazifasini oson, kam energiya sarflab, samarali hal qilish uchun tanlangan harakat faoliyati.
Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi.Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi.
Texnikaning zvenosi  deyilganda, bajarilayotgan harakatning asosiy mexanizmi- sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini o‘rganish demakdir.
Texnikaning detali- bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi.
Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o‘ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi.
Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari deganda, madaniyatning boshqa turlariga taalluqli bo‘lmagan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar tushuniladi.
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo’lganda turmushda qo’llash maxorati va ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. Pestalossi bolalarning "vujudini madaniyatlarini astoydil yoqlab chiqqan. P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy madaniyatning kengaytirilgan ma’nosi deb tushuntirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy madaniyat xaqidagi ta’limotning asosiy g’oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim g’oyasi edi.
P.F. Lesgaft jismoniy madaniyat jarayonida bolalar "ayrim xarakatlarni ajratib olishlari va ularni o’zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to’siqlarga moslashtirishni, bu to’siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan o’tishni(yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mexnat sarflangan xolda, ongli ravishda eng ko’p jismoniy ish qilishni yoxud ko’rkam va g’ayrat bilan xarakat qilishni o’rganishlari kerak, deb xisoblardi. Bu yerda gap, bir tomondan, tug’ri xarakat ko’nikmalarini xosil qilish xakida, ikkinchi tomondan, xarakatlarni bajarishga ongli munosabatda bo’lish negizida ko’nikmalardan turli xayotiy vaziyatning turli tasavvur xamda maxoratni karor toptirish xakida bormokda.
Bir butun jarayonining bu tomonlari bir-biri bilan mustaxkam bog’langan. Masalan, agarda o’quvchilar yugurish mashqlarini ko’p marotalab, uning bajarilish texnikasini o’zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o’zida xam kuch, xam chidamlilik va ayrim xollarda tezkorlik xam madaniyatlanadi. Boshka tomondan, usha yugurish mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni madaniyatlash uchun), u xolda mashq texnikasi mustaxkamlanadi va takomillashadi, shu vaqtning uzida esa ta’lim, bilim bersh vazifalari xam xal kilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni nafakat jismoniy, xattoki shug’ullanuvchilarning ruxiy xolatiga, ularning emosiyasnga (xis-tuygusiga), irodasiga, axlokining namoyon bo’lishiga xam ta’sir ko’rsatadi. Ana shular
xisobiga madaniyatviy vazifalarning xal kilinishi uchun kerak bo’lgan kulay sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy madaniyat jarayonida xamisha xam madaniyatliy, xam ta’limiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb karashga olib keladi. Kayd kilingan elementlar ko’yilgan vazifaga qarab, xar biri aloxida ko’rinishda namoyon bo’ladi. Jismoniy madaniyatda jismoniy rivojlanish qon unlari xam, jismoniy madaniyatning ijtimoiy qon unlari xam aks etadi.
Jismoniy madaniyatning sosial qon unlaridan foydalanishi xarakteri va usuli aslida jamiyatning iktisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chikadi. Bu jismoniy madaniyatga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamnyatda esa madaniyat xukumron sinflarning manfaatlariga buysundiriladi.
Jismoniy madaniyat - abadiy kategoriyadir, shu ma’nodaki, madaniyatning bu yo’nalishi jamiyat paydo bulgandan beri mavjud bo’lib, bundan ko’pi xam ijtimoiy ishlab chikarishning va inson xayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959).
Jismoniy madaniyatning ijtimoiy xodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga inson jismoniy kobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy madaniyatda uchta asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, inson jismoniy madaniyati ana shualar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, xunar- kasb jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustaxkamlashga, keng doirada xarakat malakalari va kunikmalariga ega bo’lishiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo’lishi uchun xizmat qiladigan asosiy xarakat sifatlarini rivojlantirnshga yo’naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jnsmoniy madaniyatning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lamlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan foydalanilmokda. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy madaniyatning barcha etaplarida ko’prok maktab jismoniy tarbiya tizimida, ommaviy jismoniy madaniyat ishlarida va jismoniy mashqlar bilan indivivdual shug’ullanish shakllari orkali amalga oshirilmokda.
Kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi- bu jismoniy madaniyatning mutaxassislashtirilgan aniq mexnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning xunar yoki kasbga yakin bo’lgai turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi mexnat xarakat malakalarining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mexnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashki muxit ta’sirning zararli faktorlariga karshilik ko’rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo’lib, ikkala yo’nalish xam bir-birini to’ldiradi. Sport tayyorgarligi jismoniy madaniyatda maxsus yo’nalishni ifoda etadi. Buning
vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yukori natijalarga erishishini ta’minlashdir.
Jismoniy madaniyatda sport tayyorgarligi, organizmning funksional imqon iyatlarini takomillashtirish bilan bog’lik bo’lgan, yukori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baxolash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy madaniyatga muljal sifatida juda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining sosial, iktisodiy usish darajasiga uzviy bog’lik bo’ladi.
Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoitlar maxsuli. Har bir ijtimoiy-iktisodiy formasiya jamiyat a’zolari jismining madaniyati xarakterli bo’lib bu jismoniy madaniyat jamiyat tarakkiyotining muayyan davridagi butun bir xalk boyligi, mulki bo’lib shaxsning xar taraflama barkamolligining mushtarak va majburiy sharti bo’lib qolaveradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (jismoniy madaniyat) keng, jamlovchi tushuncha bo’lib, jismoniy madaniyat «jismoniy madaniyat» tushunchasining tarkibiy qismii sifatida uch xil yo’nalishga ega bo’lgan pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi (B.A. Ashmarin, 1979).

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin