Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 555 International Conference
Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa fanlarga berilayotgani kabi tabiiy
fanlarga ham e’tibor juda yuqori. Respublika umumta’lim maktablarida tabiiy
fanlarni o‘qitilishini nazorat qilish va shart-sharoitlar yaratish juda muhim
hisoblanadi.
Hozirgi kunda o‘quvchilar,
talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini
rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy
bo‘lishi, bilimning sistemali va izchil bo‘lishi barobarida zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda [1].
Har bir dars o‘quvchi uchun yangi axborot hioblanadi. Ayniqsa, yangi o‘quv
materiali orqali o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim
sifatini ta’minlovchi omildir. O‘quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan
yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda
ishlash, vizuallashtirish,
mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari va rolli o‘yinlar
kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana
shularni hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida
bugungi kunda juda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda [2].
O‘quv jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar
ekan, har bir o‘qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi
kerak. Shuni e’tiborda
tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining
o‘quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish,
talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. O‘quvchi
shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil,
ijodiy
fikrlashga o‘rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida
ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha
ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi [1;3].
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish
maqsadida darslarda turli o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’yinlar vositasida darslarni tashkil etish o’quvchilar biologik qonuniyatlar,
hodisalar va hayotiy jarayonlarni o‘rganish faoliyatini
rivojlantiruvchi usullardan
biridir. O‘yinlar o‘quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish,
muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini oshiradi, tez javob topish
ko’nikmasini
rivojlantiradi, ziyrakligini orttiradi. O‘yin darslari o’qitishning faol
shakllaridan biridir. O‘yin darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv
jarayoniga qiziqishlarini orttirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir [3].
O‘yin darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishlarni
oshirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir. Tashqaridan qaraganda
o‘yin yengil, betashvish ko‘rinishda, aslida boladan maksimum energiya berilishini