Txk va t tizimituzilmasini shakllanishi Reja



Yüklə 154,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix24.12.2022
ölçüsü154,63 Kb.
#77724
1   2   3
TXK va T tizimituzilmasini shakllanishi-13

 
2. Avtomobil agregat va mexanizmlarining texnikaviy holati deganda, uning 
ishonchliligi, yonilg'ini tejashi, tezkorlik va harakat xavfsizligi tushiniladi. 
Avtomobillarning uzoq ishlashi natijasida miqdoriy ko'rsatgichlari kamayib, 
uning xossasini o'zgartiradi, shuningdek, avtomobilning texnikaviy holati 
yomonlashadi, bu esa, avtomobilning ishonchliligini qisman yoki butunlay 
yo'qolishiga sabab bo'ladi. 
Avtomobilning ishonchlilik holati deganda, unga topshirilgan vazifani
ma'lum davr ichida, bajarishga imkon beruvchi ekspluatatsion ko'rsatgichlari 
tushiniladi. 
Avtomobilning texnikaviy holati, ishonchliligini talab darajasida bo'lishi 
uchun, uning o'zgarish sabablarini bilish va o'z vaqtida bartaraf etish lozim. 
Avtomobil texnik holatini o'zgarishi o'ziga xos qonunlar asosida ro'y beradi, 
bular ishlash jarayoni (narabotka) bo'yicha texnik holatini o'zgarishi (1-tur 
ehtimolligi) va tasodifiy ehtimollik jarayonlari qonunyatlari (2-tur ehtimolligi) 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi qonuniyatlar o'z navbatida, avtomobil texnik holatini 
ekspluatatsion vaqt yoki yurgan yo'li davridagi texnik holat o'zgarishi ko'rsatgichlari 
variatsiasidir. Bu qonuniyatlar avtomobil ishonchliligini to'liq xarakterlaydi. 
TXK va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun, hafta va oy 
maboynida nechta ma'lum turdagi "ishdan chiqish" bo'lishi mumkinligini bilish, 
bizga kerakli ishchilar sonini, ishlab chiqarish maydonini, ehtiyot qismlar sarfini 
me'yorlashga imkon yaratadi. 
Avtomobil ishonchliligi ko'rsatgichlarini bir-biriga bog'liqligini uchinchi 
qonuniyat, tiklanish jarayoni-ma'lum vaqt ichidagi " ishdan chiqish " sodir bo'lishi 
va uni bartaraf etish xarakterlaydi. 
Avtomobilning ishonchlilik ko'rsatgichlari murakkab hisoblanib, ular 
buzilmasdan ishlash (bezotkaznost), uzoq ishlashlik (dolgovechnost), ta'mirlashga 
moyillik (remontoprigodnost) va saqlanuvchanlik (soxranyayemost) hisoblanadi. 
Buzilmasdan ishlash - bu ma'lum vaqt yoki yurish yo'li davrida o'zining texnik 
holatini saqlab turish demakdir. 


Uzoq ishlashlik - bu avtomobillarni ma'lum vaqt kelguncha va TX, JT ishlari 
bajarilguncha texnik holatini saqlab turish. 
Ta'mirga moyillik - bu avtomobilni tekshiruv-nazorat, TX va JT davrida 
buzilishlarni nazorat va bartaraf etishga qulayligini, imkoniyatini va moyilligini 
bildiradi. 
Saqlanuvchanlik - avtomobilni ishdan bo'sh yoki ishlash davrida o'zining 
texnik soz holatini saqlab tura olishi demakdir. 
Qaytarish uchun savollar
1.Avtomobil texnik holatining o'zgarishlarini tasnifi. 
2.Avtomobil agregatlarining texnik holatini o'zgarishiga ishqalanishning ta'siri 
3.Avtomobilning texnik holatini ishlash davriga qarab o'zgarishi. 
4.Avtomobillardan foydalanish sharoitining tasnifi. 
5.Avtomobillarning texnik xolatini o'zgarishiga yo'l sharoitining ta'siri. 
6.Avtomobillarning texnik xolatini o'zgarishiga iqlim sharoitining ta'siri. 

Yüklə 154,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin