Txk va t tizimituzilmasini shakllanishi Reja



Yüklə 154,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2022
ölçüsü154,63 Kb.
#77724
1   2   3
TXK va T tizimituzilmasini shakllanishi-13

Mexanik yeyilish uch turga, ya'ni abraziv, plastik diformatsiyali, mo'rt 
yeyilishlarga bo'linadi. 


Abraziv yeyilish - ikki sirt orasidagi o'tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning 
ishqalanishidan hosil bo'ladi. 
Plastik diformatsiyali yeyilish-detallarga zo'riqish bilan kuch ta'sir etib, 
og'irligini o'zgartirmay, o'lchamlarini o'zgartirishi natijasida sodir bo'ladi. 
Mo'rt yeyilish - o'zaro bog'langan detallar sirtidagi metall qobig'i ishqalanishi 
va plastik diformatsiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan mo'rt o'zak 
qismining ezilishi natijasida hosil bo'ladi. 
Molekular mexanik yeyilish - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekular 
bir biriga ilashishi natijasida hosil bo'ladi. 
O'zaro bog'langan detallar ishqalanuvchi sirtiga noteks ishlov berilishi 
natijasida metallning o'tkir qirrali qismi bir-biri bilan o'zaro to'qnashadi. Bu 
to'qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar bir-biridan bo'linib ajraladi, bu esa yeyilish 
hisoblanadi. 
Yuqorida aytib o'tilgan ishqalanib yeyilishlar natijasida avtomobilning texnik 
holati o'zgaradi, ya'ni yomonlashadi. Ekspluatatsiya jarayonida texnik holatni 
o'zgarishiga avtomobilning tuzilishi, uni ishlab chiqarish texnologiyasi va 
foydalanilgan ashyo sifati, ishlatiladigan yonilg'i va moylash mahsulotlarining sifati, 
foydalanish sharoitlari hamda ularga TXK va T ishlarining sifati katta ta'sir 
ko'rsatadi. Yuqrida ko'rsatilgan omillar ta'sirida agregat va birikmalar detallarining 
bir biriga nisbatan ishqalanib ishlash kuchi ortadi va ularning yeyilishi tezlashadi. 
Natijada avtomobil texnik holati yomonlashadi. 
Avtomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarni yeyilishini kamaytiradi, 
ishonchliligini va uzoq ishlashini oshiradi. Masalan: dvigatelga inersion moy 
tozalagichining o'rnatilishi 98-99% changni ushlab qolishni ta'minlaydi va xizmat 
muddatini 2 barobariga oshiradi. 
Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta'sirida ishlov berilishi yeyilishning 
kamayishiga, avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab 
bo'ladi. Masalan: dvigatel silindri devorlarini yeyilishga chidamliligini oshirish 
uchun ligerlangan cho'yandan tayyorlangan va yuqori darajadagi zanglashga 
chidamlilik xassasiga ega bo'lgan qisqa gilzalardan foydalanilganda, silindrlar 
devorini 2-2.5 barobarga kamayadi. Detallarni tayyorlashda ligerlangan po'latlardan 
foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish yeyilishga chidamlilikni hamda, dinamik 
zo'riqib ishlashga qarshilikni kuchaytiradi va charchash chegarasini o'zgartiradi. 
Yonilg'i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga 
javob berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti, 
mexanizmlarning tuzilishlariga bog'liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg'i va 
moy mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko'rsatgichlar bilan 
baholanadi. Benzinning asosiy ko'rsatgichlari: mexanik qo'shimchalar borligi, quyqa 
hosil bo'lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik, detonatsiyaga turg'unlik va 
fraksion tarkibilari hisoblanadi. Dizel yonilg'ilarining qovushqoqligi, metan soni
mexanik qo'shimchalarning yo'qligi asosiy ko'rsatgichlar hisoblanadi. Dvigatel va 


transmissiya uchun qo'llaniladigan moylarning asosiy ko'rsatgichlari: qovushqoqlik 
va uning o'zgarish harorati bo'lib, bunga bog'liq holda ishqalanuvchi sirtlarga 
moylarning o'z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir. 
Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo'l sharoiti, haydash va TXK sifati 
bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig'indisini ifodalaydi. 
Avtomobil ish tartibi-uning ishlashini turli harakat tezliklarida va 
yuklanishlarda vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko'p marotaba qisman 
tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu hol o'zgaruvchan rejim deyiladi. 
Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida yetaklovchi g'ildiraklarga 
qo'yilayotgan tortish kuchi va tezligi o'zgarmas bo'lsa, bunday ish rejimi o'zgarmas 
deyiladi. Avtomobilning o'zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarni tez yeyilishiga va 
yonilg'i sarfi ortib ketishiga olib keladi. 
Yo'l sharoiti-harakat tezligiga, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini, 
balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo'lning qurilish sifatini ifodalaydi. 
Avtomobil asfalt yo'lda yurmay, tuproqli, notekis yo'lda yurganda, tirsak valining 
aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasini ulashlar soni, harakat 
tezligini qo'shib ajratishlar, harakatni to'xtatish (tormozlash) lar sonining ortishi 
natijasida yonilg'i sarfi ham (asfaltli yo'lda yurganga qaraganda) o'n barobar va 
undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal) 
larning yeyilish jarayoni tezlashadi. 
Iqlim sharoiti- havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi. 
Mustaqil davlatlar xamdo'stligi hududini yarmidan ko'prog'i sovuq mintaqali 
hisoblanib (yarim yildan ko'proq vaqt mobaynida harorat - 200S bo'lib), bu havoni 
past harorati, avtomobilni texnikaviy holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Avtomobillarni 
bunday sharoitda ishlashi hamma agregat mexanizmlarni o'ta sovib ketishga olib 
keladi. Buning natijasida, sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovutish 
tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulatorlar batareyasi elektroliti o'ta soviydi. 
Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqayotgan issiqlikni 
kamaytiradi, dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel 
siltanish (detonatsiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi 
kamayadi. 
Dvigatelning qizib ishlash yonilg'i hamda uning chala yonib chiqishi atrof 
muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi. 
Avtomobilni haydash sifati - ma'lum yo'l sharoitida haydash usulini 
ifodalaydi. Avtomobilni haydashning quyidagi usullari mavjud: beixtiyor yoki 
harakat inersiyasi bilan olg'a siljib haydash, (to'siqlaridan o'tib), to'siqlarsiz 
belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab (kombinirovanno'y). Avtomobil 
beixtiyor (impulsiv) usul bilan haydalganda, harakat to'g'ri uzatma (pryamaya 
peredacha) lar bilan (vaqti-vaqti bilan to'siqlardan o'tib) tezlatib, inersiya asosida 
haydash tushuniladi. 


Avtomobillarni haydash usullarini kuzatish natijalari shuni ko'rsatadiki, 
to'siqlardan o'tib, tezlatish (razgon va nakat) usulida haydashda yonilg'i sarfi 5-6% 
ga tejaladi, ammo dvigatel detallarining yeyilishi (boshqa usullardagi haydashlarga 
qaraganda) jadallashadi. Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa 
agregatlarga qaraganda) ko'proq ishlaydi. Ikkinchi usulning kamchiligi shundan 
iboratki, nishab yo'ldan tushishda, bevosita to'xtash ko'p marta tormozlanishlar 
natijasida, dvigatelning yeyilishi ortadi. Tajribalardan ko'rinishicha, haydashda 
(ularni usuliy afzalliklarini nazarda tutib, haydash) usullarni almashtirib turish 
maqsadga muvofiqdir, bu ta'mirlararo bosib o'tiladigan yo'lni - masofani 60% gacha 
oshiradi va yonilg'i sarfini 30 % gacha kamaytiradi. 

Yüklə 154,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin