Eftaliylar. 0 ‘rta Osiyoda eftaliylar davlatining shakllanishi, uning hu-
dudiy chegarasi. U lam ing etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy
m anbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV
asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar
Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), Xitoy solnomalaridan Beyshi (VI asr) ber-
gan m a’lumotlar shular jum lasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida “i-
da”, “yeda”, arm anlarda “ idal”, “tetal”, xeptal, arablarda “haytal”, Suriya va lotin
manbalarida ’’eptalit”, “eftalat”, “abdal” deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar
har bir til va yozuvning o ‘ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizanti
ya tarixchilarining aksariyati eftaliylami turkiy qabila - massagetlaming so‘nggi
bo‘g ‘inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. Feofan Vizantiyskiy eftallar nomini
V asrning ikkinchi yarm ida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan
bogiaydi. Biroq nim a b o ig a n d a ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston
mintaqasida ko‘pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir. Eftaliylar
hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457-yilda Chag‘oniyon (hozirgi Surxon yerlari),
Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundiradi. S o'ngra eftaliylar Sug‘dda ham
mustahkamlanib oladi. U lar ko‘p o ‘tmay o ‘z hududiy yerlarini kengaytirishda da-
vom etib, Kobil va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Koshg‘ar va X o‘tonni
(Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular a w a ld a kushonlar saltanati egalla-
gan hududlami birin-ketin qo‘lga kiritib, o ‘z siyosiy hokimiyatini kuchaytirishga
erishadilar. U lar tuzgan qudratli davlat 0 ‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston,
Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi. Eftaliylar davri-
ning yirik madaniy markazlari Poykand, Varaxsha va Balx shaharlari bo ig an .
Davlat tepasida podsho turgan (manbalarda u “sho”, y a’ni shoh deb atalgan).
Shunday qilib, Eftaliylar 0 ‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va
Sharqiy Turkiston xalqlarini yagona davlatga birlashtirib, o‘z o ‘tmishdoshlari (ku
shonlar) siyosatini davom ettirganlar.
9
|