Turk xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. M amlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
ahvol
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon
yashab, o‘zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini ju d a ko‘plab tarixiy
m anbalar ham tasdiq etadi. M o‘tabar Xitoy manbalari, m ashhur “0 ‘g ‘iznoma”,
0 ‘rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tu
va ham da ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u,
0 ‘g ‘iz, T o‘qqiz o ‘g ‘iz, 0 ‘tuz tatar, Qarluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg‘ur, To‘qri (to-
harlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva) va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Ol
toy o ik a sid a siyosiy jarayonlar faollashadi. 0 ‘sha paytda hozirgi M o‘g ‘uliston va
qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI
asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavm lar orasida Ashin u ru g in in g mavqeyi k o ia ri-
ladi. Ashin urug' iga mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda boshqa u ru g iarn i o‘z-
lariga bo‘ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuu-
ning o ‘g i i Bumin Tele qabilasini ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobe-
likdan chiqish uchun kurashadi va 551-yilda Jujan xonining qo‘shinlarini yengib,
ularni o ‘ziga bo‘ysundiradi. Bumin 552-yilda xoqon deb e ’lon qilinadi va yangi
davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi 0 ‘tukan shahri
edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning d o v ru g i ortib borgan. U ko‘p bor Xitoyga
yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk
xoqonligiga har yili o ip o n tariqasida yuz b o ia k d an iborat ipak mato berib turish-
ga majbur b o ig a n . 553-yilda Bum inxon vafot etgach, hokim iyatga uning katta
o ‘g i i M ug‘anxon (553-572) o ‘tiradi. M ug‘anxon 558-yilda jurjanlarga so‘nggi
bor qaqshatqich zarba berib, o ‘z davlati hukmronligini Tinch okeangacha b o ig a n
hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga “Y abg‘u” - bahodir un-
voni ham berilgan) b o isa , bu davrda xoqonlik hududini g ‘arbga tom on kengayti-
rib, Yettisuv, K oshg‘ar va boshqa hududlami egallaydi. 563—567-yillar davomida
Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, 0 ‘rta Osiyo
va Kaspiy dengizigacha b o ig a n yerlarni egallashga muvaffaq b o ia d i. Buning oqi-
batida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi 0 ‘rta Osiyo yerlarini ishg‘ol et-
13
gach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Xoqonlik Eron bilan
yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o ‘m atishga intiladi. Shu maqsadda
Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yubori-
ladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffa-
qiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy
dushmanligi m a’lum boMadi. Buning boisi Eron shohining 0 ‘rta Osiyo hududlari-
ga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan
urushlar olib borishiga sabab boMadi. Istami qo‘shinlari Eron shohi Xisrav I ni ye-
ngadi. Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajm ida tovon
to ‘lashga majbur boMadi. M ug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizga
qadar hududlami zabt etib, o ‘zlariga bo‘ysundirganlar. Turk xoqonligi 568-569-
yillarda o ‘sha davm ing qudratli davlati - Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq
aloqalarini o ‘rnatishga intilib, sug‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilami u
yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida b o ia d i. Shundan so‘ng
Vizantiyaning Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu dav-
latlar o ‘rtasida o ‘zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o ‘rnatishda muhirn
ahamiyat kasb etgan. Turk xoqonlari 0 ‘rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq
o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmaganlar. U lar Yettisuv va boshqa hududlardagi
bosh qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali
boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va toMovlar bilan kifoyalanganlar.
Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy
davlat tuzilmalari, ulaming boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi
mustaqil faoliyatlari davom etgan. X oqonlik istisno hollardagina o ‘lkaning ijti-
moiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-
sotiq m asalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta ’kidlanganidek, Zarafshon,
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud
boMgan: Samarqand, Ishtixon, M aym urg4, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul
va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa, Samarqand Buxoro, Xorazm va Choch
(Toshkent) hokimliklari o ‘zlariga ancha mustaqil boMganlar. Buxorxudotlar zarb
etgan tanga pullar keng muomalada b o ‘lgan. Shu bilan birgalikda, bu nisbatan
mustaqil hokimliklar o ‘rtasida o ‘zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to ‘xtovsiz bo‘-
lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan.
Dostları ilə paylaş: |