Eftaliylar davrida madaniyat, diniy e ’tiqodlar. Varaxsha shahri obidalari,
Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan be-
takror tasvirlar, o ‘ymakorlik va ganjkorlik namunalari - bular ajdodlarimiz yuksak
badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. Bu davm ing moddiy madaniyatiga oid yod-
gorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqal’a to ‘g ‘risida bir qadar m a iu m o t keltirib
o ‘tish joizdir. Uning tuzilishi to ‘g ‘ri burchakli b o iib (500x360 m), gumbazsimon
y o ia k li va burjli mudofaa devori bilan o ‘ralgan. Devom ing janubiy qismidagi dar-
vozadan ibodatxonaga tom on asosiy k o ‘cha o ‘tgan. K o‘ndalang tushgan ko‘chalar
shahami 10 ta mavzega b o ig a n . Tuproqqal’aning shimoliy-g‘arbiy qismida max
sus ko ‘tarm a supa ustiga xom g ‘ishtdan saroy qurilgan. U nga yonma-yon ark bino-
si joylashgan. Bundan tashqari, 100 ga yaqin turar joy, xo‘ja lik binolari va 8 ta sa
roy zali mavjud b o ig a n . Q al’aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va
yog‘ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlar topildi.
V -V I asrlarda diniy e ’tiqod va ta sa w u r bilan uzviy b o g iiq b o ig a n tasviriy
san’at-koroplastika-ma’budalam ing sopol haykalchalarini yasash va ularga topi-
nish keng yoyiladi. Sopol haykalchalar hududlarga ko‘ra turlicha b o iib , kiyim-ke-
chaklari, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farqlangan.
Ulkan hududdagi eftaliylar davlati ju d a ko‘p xalqlami o ‘zida birlashtirgan-
ligi sababli undagi diniy e ’tiqodlar ham turlicha b o ig a n . So‘g ‘dda zardushtiylik
keng tarqalgan b o is a , Tohariston va Sharqiy Turkistonda buddizmga e ’tiqod qi-
luvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Shaharlarda xristian va yahudiy jam oalari ham
mavjud edi. M oniylik va M azdak ta ’limoti tarafdorlari ham paydo bo‘layotgan edi.
Zardushtlar Nohid, Mitra, Siyovush kabi mahalliy m a’budalarga ham sig‘inganlar,
N avro‘z kuni Buxoro otashparastlarlari Siyovush qabri ustida xo‘roz so‘yib, qur-
bonlik qilar edilar. Janubda buddizmning ta ’siri ko‘proq b o ‘lgan edi.
Chorvador aholi turkiycha so‘zlashar, turkiy til tobora ko‘proq yoyila bosh-
lagan edi. 0 ‘troq aholining katta qismi so‘g ‘diy tilida so‘zlashar edilar. So‘g ‘diy
tili va yozuvi Yettisuv, Farg‘onadan o‘tib Sharqiy Turkistonga qadar yetib boradi.
Uning xususiy so‘g ‘d-“samarqand usuli” keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xo-
razm, kxaroshtiy, buxoro yozuvlari ham mavjud b o ig a n . Eftaliylar yozuvi baqtriya
yozuvi asosida paydo b o ig a n . Syuan Szanning yozishicha u 25 ta harfdan iborat
b o iib , xat chapdan o ‘ngga qarab ko ‘ndalangiga yozilgan. Bunday yozuv namuna-
lari Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, KofirqaPadan topilgan.
Dostları ilə paylaş: |