romshoh ustidan g ‘alaba qozonib, G ‘azna shahrini vayron qilgan edi. G ‘aznaviy-
larga so‘nggi zarbani 1 1 8 6 -1 187-yiIlarda G ‘uriylar hokimi G ‘iyosiddin M uham
mad berdi. Shundan s o ‘ng G ‘uriylar hozirgi A fg‘onistonni ham da Tojikiston va
0 ‘zbekistonning janubiy hududlarini ham m a’lum vaqt egallab turdilar. Xurosonda
Saljuqiylam ing kuchsizlanganidan foydalanib, G ‘uriylar sultoni G ‘iyosiddin Mu-
hammad 1175-yilda Hirotni egalladi va Xurosonning markaziy hududlariga hujum-
lar uyushtirib turdi. Qoraxitoylaming vassali hisoblangan Xorazm shoh Takash esa
Xorazmni qoraxitoylar qoMidan qutqarish uchun katta kuch sarflashga majbur bo‘l-
di. Faqat XII asrning 80-yillarida u Xurosonning ba’zi bir hududlarini qo‘lga kirit-
di. 1187-yilda u Nishopurni, 1192-yilda Ray shahrini, 1193-yilda Marv shahrini
egalladi. Bag‘dod xalifasi N asr (1180-1225) va G ‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tug‘rul
II o'rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194-yilning mart oyida
T ug‘rul II ga qarshi urush ochdi va uni yengib, Hamadon shahrini egalladi. Tug‘rul
II csajangda o'ldirildi.
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa Nasr
qo'shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196-yilning iyul oyida xorazmliklar xalifa
qo'shinlarini yengdilar. Shu tariqa, Eronning katta qismi xorazmshohlar qo‘liga
o ‘tdi va davlati, hududi birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi
Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar va g ‘uriylar bilan chegaradosh boMib qoldi.
1200-yilda Takash vafot etdi va shundan keyin Iroqda xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi.
Bu yerdagi Xorazm q o ‘shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xuro-
songacha kelishga majbur b o ‘ldi. Xorazmshohlar ichida Takash - eng talantli lash-
karboshi va hukmdor edi. U ju d a og‘ir vaziyatda Old Osiyo va 0 ‘rta Osiyoning
katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o ‘zining xotini Turkon xotun
mansub bo‘lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi. Ularni doimo qo‘l-
lab-quw atladi. Turkon xotunning davlat ishlariga aralashuvi Xorazmdagi ichki ni-
zolarini kuchayishiga olib keldi. Takashning oMimidan keyin Xorazm taxtiga uning
o ‘g i i Alouddin Muhammad o ‘tirdi (1200-1220). 1203-yilda Muhammad qoraxi
toylam ing yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atrofla-
rini egalladi, 1207-yilda u o ‘z poytaxtiga qaytib, M ovarounnahrni bosib olish
uchun tayyorgarlik ko ‘ra boshladi. Shu yilning o ‘zidayoq M uhammad Movaroun-
nahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko‘taril-
gan xalq qo‘zg‘oloni edi. Bu qo‘zg‘olon 1206-yilda Buxoro sadri (hokimi) Mu
hammad ibn A bdulazizga qarshi qaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos barcha yo-
mon xislatlar bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar olib ularni shaf-
qatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar bo‘lishiga qaramasdan aysh-ishratga, ovga
mukkasidan ketgan edi.
Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari shahar hu-
narmandlari edi, qishloq aholisi - dehqonlar bu harakatni qo‘llab-quvvatladi. Bu
qo‘zg‘olonning boshlig‘i qalqon yasovchi ustaning o ‘g ‘li M alik Sanjar ismli shaxs
edi. Q o‘zg‘olonchilar sadr M uhammadni quvib chiqardilar. U qoraxitoylardan yor-
dam so‘radi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qi-
lib, Buxoroni bosib oldi va shu tariqa, Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo‘shib
olish boshlandi. Q o‘zg‘olonchilam ing boshlig‘i Malik Sanjar Urganchga olib ke-
tildi.
Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi kuch
sifatida qarshi oldi. M uhammad Xorazmshoh qoraxitoylam ing vassali bo‘lgan Sa
marqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do‘stona munosabat o ‘r-
natdi. Bu esa qoraxitoylaming Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular sha-
33
harni bosib oldilar. Bu vaqtda m o‘g ‘ul qabilalaridan biri b o ig a n naymanlar qora-
xitoylam ing Yettisuvdagi yerlariga bostirib kirdilar. Shuning uchun qoraxitoylar
shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘Idilar. Q oraxitoylam ing qiyin ah-
volga tushib qolganidan foydalangan X orazm shoh Samarqandni egallab (Usmon
uning vassaliga aylandi) qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210—
yilda qoraxitoylar q o ‘shini ustidan g ‘alaba qozondi. Bu g ‘alaba tufayli Muhammad
X orazm shohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xo-
razmshohning to ‘liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo‘ldi.
Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo‘lgan Samarqand
xalqi 1212-yilda q o ‘zg‘olon ko‘tardi. Katta q o ‘shin bilan Xorazmshohning o ‘zi Sa-
m arqandga kirib borib, qo‘zg‘olonchilardan shafqatsizlarcha o ‘ch oldi va kuyovi
Usmonni ham o ‘ldirdi. Shundan so‘ng u Movarounnahrdagi vaziyatni o‘z foydasi-
ga hal etish uchun Farg‘onani Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. 0 ‘zgan shah-
rini ham egalladi va shu tariqa, qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoy
lar sulolasini esa ko‘chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida tugatdilar. Xo
razmshoh 0 ‘rta Osiyoni butunlay egallagandan so‘ng, G ‘arbga yurish qildi va tez
orada Eron va A fg‘onistonni bosib oldi. Hatto Bag‘dod xalifasini ag‘darishga uri-
nib ko‘rdi.
Dostları ilə paylaş: