Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zo-
dagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisob-
langan. Shartli yer egaligi ham b o ig a n .
V aqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni
muassasa mutavallisi boshqargan.
Jam oa mulki: yaylov, tog‘ yonbagirlaridagi lalmi yerlar.
Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning
birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xiroj idan tushgan daromadi 116866 dir-
hamni tashkil qilgan.
Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Y er egalarining yangi
guruhi tashkil topdi. Ularning ko‘pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alptegin-
ning Xurosonda va M ovarounnahrda 500 q ish lo g i b o iib , biror shahar yo‘q ediki,
unda uning qasri yo b o g i, yoxud karvonsaroyi b o im asa. Uning tasaruffida ming-
lab otlar va chorva mollari b o ig a n .
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi nati-
jasida M ovaraunnahr va Xurosonda m a iu m barqarorlik qaror topdi. Bu holat
28
m amlakat iqtisodiy hayotiga katta ta ’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik
va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqt-
da Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o ‘lkalaridan hisoblangan. Tarix-
chilar va geograflar bu borada ju d a yaxshi ta ’riflar yozib qoldirganlar. U lar bu yer-
lar ju d a serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va shaharlar borligi-
ni, aholi uchun kerakli ham ma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.
Xuroson, ayniqsa, M ovarounnahr dehqonchilik oMkalari qatoriga kirgan. Bu
yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orishga asoslangan. K o‘plab soy va dar-
yolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan. Buxoro vohasida Sho-
purkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg‘om), Barm-
sish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlami suv bilan ta’min-
lagan. Bundan tashqari, bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va
Shoshda ham boMgan. M anbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa M utasimga
(833-842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yor-
dam so‘ragan. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor
dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Dalalarda bug‘doyning turli navlari, arpa, sholi va boshqa boshoqli ekinlar
ekilgan. Qishloq x o ‘jaligida paxta yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan. Paxta,
ayniqsa, Zarafshon, Qashqadaryo va Marv vohasida ko‘p ekilgan. Bog‘dorchilik
ham yaxshi rivojlangan. B og‘larda olma, shaftoli, nok, behi, anor, anjir, yong‘oq
kabi turli mevalar yetishtirilgan. Uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniq
sa, Samarqand, Marv, Hirotda yetishtirilgan uzumlar ju d a qadrlangan. Umuman,
Xuroson va M ovarounnahming mevalari o ‘zining turli navlari va yuqori sifatliiigi
bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda ko‘p quruq m evalar Yevropaning turli
shaharlarigajo‘natilgan.
Umuman, somoniylar davrida Xuroson va M ovarounnahr qishloq xo‘jaligi-
ning turli tarmoqlari, xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davri
da dehqonchilik bilan bir qatorda, hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqal-
gan. Shahar aholisining k o ‘p qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mash-
hur bo iish g an . M anbalarda qayd qilinishicha, Movarounnahrda, ayniqsa, to ‘qima-
chilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman
gazlam alar o ‘zining yuqori sifatliiigi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib tur-
gan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vador va Surxondaryodagi Darzangi
to ‘qim achilarining mahsulotlari faqatgina Movarounnahr va Xurosondagina emas,
balki Iroq, Eron va H indistonda ham m a’lum bo‘lgan. Xususan, Narshaxiyning yo-
zishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj ju d a katta
b o ig a n . Ibn Xavqal va M uqaddasiyning qayd etishicha, Vadorda tayyorlangan yu
qori sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida ju d a qadrlangan. Bu gaz-
lamalardan, asosan, amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar o‘zlariga liboslar tik-
tirganlar. Vador gazlamasi, hatto Xuroson parchasi ham deb atalgan. Gazlamalar-
ning turli navlari, bundan tashqari, Keshda, Nasafda, Dabusiyada va k o ‘pgina
boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.
K ulolchilik ham somoniylar davrida o ‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqich-
lariga ko ‘tarilgan. Kulolchilik charxini yanada mukammallanishi natijasida idish-
lami bezashda sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu borada katta yutuq bo ‘ldi.
29
N atijada idishlami turlari ham, shakllari ham ko‘paydi. Ularning sifati keskin dara-
jad a oshdi. Idishlar turli rangdagi sirlar bilan bezatila boshlandi. M anbalarda qayd
qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binkat va M arv kulollari tayyorlagan idishlar
o ‘zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Epigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, diqqatga molikdir.
Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik izlanishlarga qaraganda, ku-
lollar shaharlarda mahalla-mahalla boMib yashaganlar. Mana shunday mahallalar
Samarqandda, Marvda, Axsikatda, Term izda ochib o ‘rganilgan.
Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. 0 ‘rta Osiyo shishasozlari turli
shakldagi katta-kichik shisha idishlami tayyorlaganlar. Idishlar, asosan, ko'kim tir
va shaffof rangdagi shishalardan tayyorlangan. Ularning m a’lum qismi naqshlar
bilan bezatilgan. Shishasozlarning ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykand kabi
shaharlarda ochib o‘rganilgan. 0 ‘rta Osiyo shishasozlarining m ahsulotiga boshqa
o ‘lkalardaehtiyoj katta bo‘lgan.
Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritil-
gan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga qaraganda bu
davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o ‘zgarishlar ro ‘y bergan. Bu davrda Badax-
shonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib
olish davom etgan. Ustrushonaning Mink tumanida katta miqdorda tem ir rudasi,
Buttam da oltin, kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon koMida tuz, Farg‘onadagi
Nokad degan joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‘mir qazib olingan. Far-
g ‘onada neft ham borligi yozm a manbalarda qayd qilingan.
0 ‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivoj
langan. Q og‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib, un-
dagi qog‘ozlarning mahsuloti faqat 0 ‘rta Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevro-
pada ham mashhur boMgan. Samarqand qog‘ozining olti navi m anbalarda qayd qi
lingan.
Yuqorida qayd qilingan hunarmandchilik turlaridan tashqari, somoniylar
davrida 0 ‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik, duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj
topgan. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatnig paydo boMishi dehqon-
chilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlam ing taraqqiyoti, o ‘z navbatida,
ichki va tashqi savdoni yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo,
shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan, shahar va
qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivoj-
landi.
Y ozm a manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va
hatto qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa, karvon y o ila ri bo‘ylab joylashgan, shaharlar
da bir nechtadan bozorlar boMgan. Buxoro, X o‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot,
Marv, N ishopur shaharlaridagi bozorlar katta va ju d a gavjum boMgan. Istahriyning
yozishicha, Samarqandda Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga
hamma yerdan savdogarlar kelgan. M ovarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning
katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa oMkalarga tarqalgan.
Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlam ing ham o‘rni katta boMgan. Bu
borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. M anbalarda yozishlaricha, bu
shaharda somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo ‘yidagi oMkalar
30
va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib boiisligan. Slialmr hok i in lari savdogarlar uchun
ham m a shart-sharoitlarni tug'dirib berishga Imrnkal qilganlar. Shaharda o ‘nlab kar-
vonsaroylar mavjud b o ig a n , ular bo/oi>',a yaqin joylarda joylashgan. Savdo rasta-
lari karvonsaroyning o'zid a ham bo‘lgan. Karvonsaroylar y o ila rd a ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondi-
rishga qaratilgan. Hunarmandlar o ‘z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qi-
lishgan, o ‘z navbatida, dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan. 1X-X
asrlarda O 'rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi.
Bu borada ko‘chmanchilar bilan chegaradosh b o ig a n shaharlam ing ahamiyati kat
ta b o ig a n . K.o‘chnianchilar shaharlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik
mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotgan-
lar.
0 ‘rta Osiyolik savdogarlar o ‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan dav-
latlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sot-
ganlar. 0 ‘rta Osiyodan Xitoy bilan 0 ‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-
Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo ‘llari o‘tgan. Ayniqsa, 0 ‘rta Yer dengi-
zi bilan bog‘lovchi karvon y o ‘li ancha gavjum bo‘lgan. Bu y o ‘l Bag‘dod, Hama-
don, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona,
Choch, Bolasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga 0 ‘rta Osiyodan otlar va
shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlam alar keltiril-
gan. Xazar, B ulg‘or va Rus yerlariga 0 ‘rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman
gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. 0 ‘z navbatida, janubi-sharqiy Yevro-
padan 0 ‘rta Osiyoga m o‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi-sharqiy
Yevropa bilan bo'lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlam ing o‘mi katta
b o ig a n .
Dostları ilə paylaş: |