M ovarounnahr viloyatlariga Somonxudot avlodlarldan noiblar tayinla-
nishi. Somoniylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. M ovarounnahrda so-
moniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga to ‘g ‘ri keladi,
Bunda ham xalifa M a’mun o ‘ziga sodiq xizmat qilgan balxlik mahalliy hukmdor-
lardan Somonxudot 1 avlodlari (uning nabiralari)ga M ovarounnahr hududlarini
boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Nuh Samarqandga, Ahmad Farg‘ona-
ga, Yahyo Shosh va Ustrushonaga, hokimlik qiladilar. IX asr o ‘rtalariga kelib Ah
mad va uning katta o ‘g ‘li N asr M ovarounnahrning ko‘pchilik hududlarini birlashti-
rishga muvaffaq bo‘ldilar. N asr somoniy (856-888) davrida M ovarounnahr mav-
qeyi yanada kuchayib bordi. Samarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda tohiriylar
sulolasi ag‘darilgach (873), uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari ham somoniylar
tasarrufiga olinadi. N asr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874) va so
moniylar hukmronligi endilikda deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yo-
yiladi. Ammo ko‘p o ‘tmay, Ismoil o ‘z hokimiyatini kuchaytira borgach, o ‘zining
vassallik mavqeyini tan olmay, N asr hokimiyati xazinasiga to ‘laydigan yillik daro-
mad miqdorini keskin kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o ‘rtasida uzoq
muddatli o ‘zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888-yilda ular o ‘rtasida katta urush
kelib chiqib, unda Ismoil g ‘olib bo‘ladi va hokimiyatni o ‘z q o ‘liga oladi. Akasi
N asr vafotidan so‘ng (892) Ismoil Somoniy M ovarounnahrning yagona hukmdori-
ga aylanadi. Shu tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanadi va yuksa-
lib boradi. Buxoro - davlat poytaxti b o iib qoladi. Ismoilning 893-yilda sharqdagi
dashtlik qabilalarga qarshi qilgan muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o i -
ja va asirlar bilan qaytishi ham somoniylar qudrati yuksakligidan yaqqol dalolat
beradi. Ismoil Somoniy davlati qudratining o ‘sib borishidan cho‘chigan, uni zaif-
lashtirishni va o ‘z ta ’sirini qayta tiklashni ko‘zlagan Bag‘dod xalifasi M u’tazid
(892-902) Xurosondagi safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga (879-900) Xuroson
bilan birga M ovarounnahr ustidan hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon
chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900- yilda ikkala davlat o‘r-
tasida katta urushga sabab bo‘ladi. Urush natijasi esa somoniylar foydasiga hal
bo ‘lib, buning oqibatida Xuroson yerlari somoniylar q o i ostiga o ‘tadi. Shu tariqa,
xalq xalifalik istebdodidan xalos bo‘ldi. Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq
yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruvi tizimini
va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu ti-
26
zim Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn Nasr
(943-954) davrida ham takomillashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |