KIRISH
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, za-
monaviy davlatchilik tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratil-
di. Ushbu ustuvor yo ‘nalishdagi jadal harakatlami am alga oshirishdan o ‘zbek xal-
qining davlatchilik sohasida to ‘plagan ko‘p asrlik boy tarixiy tajribasini atroflicha
o ‘rganish va undan samarali foydalanish masalasi o ‘zining dolzarbligi bilan ajralib
turadi. Shu nuqtayi nazardan, taqdim etilayotgan fan nazariy va amaliy ahamiyatga
ega ham da “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlar-
ning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikmi qaror toptirish, tarixni
mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlari va tajribasidan
to ‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlami anglab yetishga ko'm akla-
shish va dunyo m iqyosida mavjud bo‘lgan m uam m olam ing tarixiy ildizlarini izlab
topish kabi dolzarb masalalami o ‘rganadi.
Shuningdek, “0 ‘zbekiston tarixi” fani haqidagi bilimlami qaror toptirish
mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar ham da olib borilayotgan tad-
qiqot ishlarini o ‘rganish, fan bo'yicha to'plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurt-
m achilam ing fikr, talab v a takliflarr kabi masalalami o ‘z ichiga qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: