bo‘lgan subshartnomalami ham identifikatsiyalashgan elektron
shakliga ega bo‘lish!ari shart.
Federal xaridning axborotlar tizimi, federal idoralar tomonidan
har yili tuziladigan jami qiymati 200 mlrd dollarni tashkil etadigan
(qiymati 25 ming dollardan yuqori bo‘lgan 400-500
shartnomalar
hamda kichikroq qiymatdagi 17 mln dan ortiq) shartnoraaiarning
hisob axboroti bilan ta’minlaydi. Federal xaridning Markazlashgan
axborot tizimi davlat xaridi haqidagi jamlangan axborot manbai
hisoblanadi.
2.2.3 Ochiqlik va ma’lumot olisfa imkoniyati
Federal xaridning Markazlashgan axborot tizimi m a’lu-
motlaridan Prezidentga, Kongressga va AQSh byudjet boshqar-
masiga taqdim etiladigan davriy hisobotlarni
shakllantirishda
foydalaniladi, shuningdek, ushbu ma’lumotlar federal idoralar,
ishbilarmonlar va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Markazlashgan
axborot tizimi
yillik hisobotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. Individual iste’molchi
talabiga asosan, pullik xizmat shaklida, hisobotlar taqdim etilishi
mumkin. Zarur bo£lganda, Markazlashgan
axborot tizimi muta-
xassisi talab qilinadigan hisobot tarkibini ishlab chiqishda mijozga
ko‘maklashadi.
Hujjatni tayyorlash muddati 5—7 ish kuni qilib belgilangan.
Ma’lumotlar bankidan 1 yillik m a’lumotlarni qidirish bahosi,
taxminan 400 dollar va har bir qo‘shimcha yildagi ma’lumotlar
uchun 100 dollardan qo‘shimcha haq talab etiladi. Maxsus
hisobotlar, ro'yxatlar, iqtiboslar ham qog‘ozli shaklda, ham magnit
tashuvchilarda taqdim etiladi.
Maxsus
hisobotni talab qilishda, quyidagi m a’lum otlar
ko‘rsatilishi talab etiladi:
— tadqiqot o'tkazilishi talab etiladigan vaqt oralig‘i (AQSh
moliya yili 1- oktabrdan 30- sentabrgacha hisoblanadi);
— mijozning hisobotda olishi zarur bo‘lgan m a’lumotlari
(masalan, shartnoma ijrochisining nomi, nomeri, shartnoma
shakli, summasi va boshqalar);
82
— mijozni axborotni taqdim etilishini
xohlaydigan tarkibiy
tuzilishi (masalan, yillar bo'yicha bo‘lingan holda, idoralar
bo‘yicha, ijro etuvchi nomi bo‘yicha, murakkablashgan variant-
larda).
Dostları ilə paylaş: