U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi


-jadval' AQSh hukumatining xarajatlari hamda tovarlar va



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

1-jadval'
AQSh hukumatining xarajatlari hamda tovarlar va
xizmatlarning davlat xaridi (1986- yil YalMga nisbatan % da)
barcha darajadagi
hukumat
federal
shtatlar, o‘z-o‘zini
boshqarish organlari
jami xarajatlar
37,8
24,5
13,3
tovarlar va 
xizmatlar sotib 
olish
20,5
8,7
11,8
1986- yilda federal hukumat xarajatlari YalMning 24,5 foizini 
tashkil etganligiga qaramasdan, tovarlar va xizmatlar sotib olishga 
sarflangan mablag'lar hissasi YalMning 9 foizi miqdorini tashkil 
etgan. Bu farq federal hukumat xarajatlarining kichik qismi tovarlar 
va xizmatlar sotib olishga sarflanishi bilan izohlanadi. Federal 
xarajatlarning 2/3 qismini aholiga ijtimoiy to'lovlar to'lash, shtatlar 
va o‘z-o‘zini boshqarish organlariga subsidiyalar ajratish tashkil 
etadi. Federal hukumat ijtimoiy to'lovlari, o‘z iehiga, ijtimoiy 
ta ’minot va ishsizlik nafaqasini oladi.Tovarlar va xizmatlar 
xaridining katta qismi federal hukumat tomonidan amalga oshiriladi 
va ushbu xarajatlarning yirik ulushi (YalMning 7 foizi) mudofaa 
ehtiyojlari uchun amalga oshiriladi. Shtatlar hukumatlari va o‘z-

С. Фишер и др. Экономика.
Перевод с английского. Москва. 
Дело лтд. 1995 г. Стр 514.
76


o'zini boshqarish organlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridi
aksincha, ta’lim, y o i qurilishi, shifoxonalar ta’minotiga sarflanadi. 
Umuman, davlat sektori mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsu- 
lotning qariyb 20 foizini xarid qiladi.
AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini umumiy 
muvofiqlashtirish — Federal xarid siyosati boshqarmasi (Office of 
Federal procurement Policy) tomonidan amalga oshiriladi. Bu 
organ dastlab, Byudjetni boshqarish boshqarmasida maslahatchi 
organ sifatida 1974- yilda tashkil etilgan, 1988- yildan huku- 
m atning doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida faoliyat 
yuritmoqda.
Federal xarid agentliklari tomonidan amalga oshiriladigan 
barcha xarid 1984- yilda ishlab chiqilgan davlat xaridini tartibga 
soluvchi qoidalar yig‘indisi (Federal Acquisition Regulation
FAR1) bilan tartibga solinadi. Unda xaridni tashkil etishning 
barcha bosqichlari — xaridni rejalashtirish, davlat xaridini amalga 
oshirishni boshqarish va uni tugallashgacha bo‘lgan barcha 
bosqichlar o‘z aksini topgan.
FAR dan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat ehtiyoji uchun 
xaridni amalga oshiruvchi barcha federal agentliklar tomonidan 
yagona xarid siyosatini amalga oshirish va yagona xarid qoidalaridan 
foydalanishni ta ’minlashdan iborat. FAR ning missiyasi esa, 
xaridni amalga oshirishga bo‘lgan vaqt cheklanganligini inobatga 
olgan holda, davlat buyurtmachilarini eng optimal baho-sifat 
munosabatini ta ’minlagan holda tovarlar va xizmatlar bilan 
ta’minlashdan iborat.
FAR ga asosan AQShda davlat xaridiga buyurtm ani 
joylashtirishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
— ochiq savdolar;
— ikki bosqichli savdolar;
— muzokorlar olib borish;
— xaridni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish.
Boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan sodda­
lashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli shartnoma summasi 
katta bo‘lmaganda (100 ming AQSh dollari miqdorigacha) va yiliga 
5 mln AQSh dollaridan ortmaganda qo‘llaniladi. Bunda sun’iy
77


ravishda xarid hajmini pasaytirish (mayda qismlarga ajratish orqali) 
taqiqlanadi. Soddalashtirilgan usulga quyidagilar kiradi:
— baho kotirovkalari so'rovnomasi;
— juda kichik hajmdagi (2500 dollargacha ) xaridni amalga 
oshirishda Korporativ xarid plastik kartlaridan foydalanish;
— xarid uchun buyurtma joylashtirish;
— turlari ko‘p bo'lgan mahsulotni doimiy sotib olishda 
namunaviy-me’yoriy shartnomalardan foydalanish (masalan — 
buyurtmachini avtoxo'jaligi uchun ehtiyot qismlar sotib olish, 
yoki ofls uchun konselyariya tovarlarini sotib olish) va boshqalar.
AQShda davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish 
ikkita asosiy yo'nalishda amalga oshiriladi:
— joriy faoliyatni ta’minlash uchun (moddiy-texnik ta’minot);
— ma’lum davlat organini ish yo'nalishi bo'yicha xarid (awalo 
ilmiy tadqiqot ishlari, kapital quyilmalar).
AQSh xorijiy mamlakatlar orasida davlat xaridini axborot 
bilan ta ’minlash sohasida eng boy tajribaga ega mamlakat 
hisoblanadi. AQShda davlat xaridini federal darajada tartibga solish 
bo'yicha dastlabki qonun 1972-yilda qabul qilingan. Ushbu 
qonunga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish 
bo'yicha vakolat Moliya vazirlgi va Mudofaa vazirligiga berilgan.
Umuman, AQShda davlat xaridi tizimi markazlashtirilmagan 
tarzda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda federal organlar ehtiyojlari uchun xarajatni 
amalga oshirish Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi (UXB) — 
(General Services Adminstration) zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik 
va idoralaming arizalariga asoslanib, UXB tender savdolarini tashkil 
etish orqali yirik hajmdagi ulgurji xaridni amalga oshiradi. Tovarlar 
UXBning yukxonalarida saqlanadi va buyurtmachilarga ulgurji 
baholar ustiga sezilarsiz ustama qo'shish bilan (UXBning faoliyat 
xarajatlarini qoplash maqsadida qo'shiladigan) qayta sotiladi. 
Buyurtmachilarga Umumiy xizmatlar Boshqarmasi tomonidan 
markazlashgan holda sotib olinadigan 4 mln dan ortiq tovarlar 
xilma-xilligi taklif etiladi. Umumiy xizmatlar adminstratsiyasi 
tomonidan bajariladigan yana bir muhim vazifa bu — xarid etish 
jarayoni xarajatlarini pasaytirishdan iboratdir. Masalan, Umumiy
78


xizmatlar adminstratsiyasi tomonidan xarid uchun sarflangan 
xarajatlar umumiy xarajatlaming 2.07 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 
bu ko‘rsatkich 2005- yilda 1.75 foizga qisqargan.
Milliy mudofaa ehtiyojlari uchun xarid Mudofaa vazirligi — 
(Department of Defense) tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim 
ixtisoslashgan xarid turlari boshqa idoralar tomonidan ham amlga 
oshiriladi, masalan, Energitika sohasidagi tadqiqotlar va rivoj- 
lanish Agentligi — (Energy Research and Development Agency), 
Kosmik tadqiqotlar va Aeronavtika Milliy Boshqarmasi — 
(National Aeronautics and Space Adminstarion, NASA) va 
boshqalar.
Federal xarid bo‘yicha monitoringni amalga oshirish Xarid 
siyosati Federal Boshqarmasi — (Office of Federal Procurement 
Policy) zimmasiga yuklatilgan, xarid siyosati sohasida idoralararo 
muvofiqlashtirish esa, Federal xaridni tartibga soluvchi Kengash 
tomonidan amalga oshiriladi — (Federal Acquisition Regulatory 
Council).
AQShda davlat xaridini huquqiy asosini: Federal ehtiyojlar 
uchun xaridni amalga oshirish tartibi (Federal Acquisition 
Regulations, FAR) va Mudofaa ehtiyojlari uchun xaridni amalga 
oshirish tartibi — qo'shimchalar (Defense Federal Acquisition 
Regulations — Supplement, DFARS) kabi hujjatlar tashkil etadi.
Ushbu hujjatlar xarid jarayoni tamoyil va bosqichlarini juda 
ham detallashgan tarzda ifodalaydi va butun federal xaridning 
tizimini tartibga soladi.
Xarid sohasiga tegishli bolgan barcha qonunchilikni ikki 
kategoriyaga ajratish mumkin.
Birinchi kategoriya — umumfederal qonunchilik. Mazkur 
qonunlar davlat xaridini tashkil etish jarayonini tartibga soladi, 
federal darajadagi ijroiy organlar vakolatiga tegishli bo‘lgan 
xaridning ayrim turlarini amalga oshirish bo‘yicha yuridik 
me’yorlami belgilaydi.
Ikkinchi kategoriya -shartnomalar shakli va ularni amalga 
oshirish bo‘yicha maxsus qonunchilik bo‘lib, u xarid jarayonlarini 
axborot bilan ta’minlash va uning natijasini tahlilini amalga 
oshirishni tartibga soladi.
79


AQShda davlat xaridini tashkil etish, davlatning funksiya va 
vazifalariga amerikacha yondoshuvdan kelib chiqib, uchta asosiy 
tamoyilga asoslanadi:
— haqqoniylik asosida, ya’ni davlat buyurtmalari bo'yicha 
savdoda ishtirok etayotgan pudratchilar uchun bir xil raqobat 
muhitini shakllantirish;
— ochiqlik asosida va davlat buyurtmalarida korrupsiyaga 
qarshi kurashish;
— tejamkorhk va saraaralilik asosida, ya’ni tovar va xizmatlarni 
talab etilgan sifatda va arzon baholarda, xarid etish xarajatlarini 
minimallashtirishni ta’minlash.

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin